Dinshunoslik sirtqi ta’lim yo‘nalishlari 2-bosqich bakalavriat talabalari va professor- o‘qituvchilar uchun o‘quv qo‘llanma


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/45
Sana22.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1794006
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   45
Bog'liq
Oquv qollanma Dinshunoslik

BODDHISATTVA xudoning nuri, oliy kamolotga erishgan va nirvanaga 
ko‘tarilish huquqiga ega bo‘lgan inson.
BOZKURT – Qadimiy turkiy tilda «Kulrang bo‘ri» ma’nosida kelib, 
tangrichilarning totemi bo‘lgan. 
BRAXMAN – sanskrit tilidan olingan bo‘lib «Braxmaga atalgan, o‘zini 
bag‘ishlagan», degan ma’nolarni bildiradi. 
BUTUNJAHON SOBORLARI – xristian cherkovi yepiskoplarining ma’lum 
diniy masalalarni hal qilish maqsadida o‘tkaziladigan yig‘ilishi. Ilk sobor 
milodiy 325 yilda Nikeya shahrida bo‘lib o‘tgan. Hozirgacha 21 marta 
Butunjahon soborlari o‘tkazilgan.
VARANA – Tridandinalarning markazi bo‘lib, unda tarkidunyochilikda hayot 
kechiradilar.
VAHIYNOMA – rus va boshqa tillarda Apokalipsis. «Yangi Ahd»ning tarkibiy 
qismi bo‘lib, uni «Injil» mualliflaridan biri Ioann ilohiy ilhom orqali yozgan, deb 


82 
e’tiqod qilinadi. Ushbu kitobda qiyomat va Isoning ikkinchi qaytishi bilan 
bog‘liq hodisalar bayon qilingan. 
VEDALAR – oriylar o‘zlari bilan olib kelgan muqaddas yozuvlari, sanskrit tilidan 
tarjima qilinganda «muqaddas, ilohiy bilim» ma’nolarini anglatuvchi 
Hindistonning asosiy muqaddas manbai.
VIDEVDAT – 22 bobdan tashkil topgan «Avesto»ning saqlanib qolgan eng 
mukammal bo‘limi.
VOJIB –Qur’oni karimda to‘g‘ridan–to‘g‘ri buyruq kelmagan holda bajarilishi 
shart bo‘lgan amallar. 
GALAXA – yahudiylik shariati. 
G‘ARIB – birgina ishonchli odamdan rivoyat qilingan sahih hadis. 
GEGIG – tangrichilikda Yer olami. 
GOVMARD (forscha, ho‘kiz–odam) – zardushtiylik ta’limotiga ko‘ra, birinchi 
inson.
GOHI – zardushtiylikda kunning muayyan qismida bajariladigan (Xavan goh – 
tongdan peshingacha, Rapitvin goh – peshindan so‘ng, Uzarin goh – kun 
botishdan oldin, Aivisrutrim goh – kun botgandan so‘ng, Ushaxin goh – yarim 
kechadan tongacha ibodatlari. 
DAXMA – zardushtiylikda yerdan 4–5 metr balandlikda silindr shaklida bo‘lgan 
maxsus joy bo‘lib, unga o‘liklar ustma–ust tartib bilan yotqiziladi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling