Dinshunoslik sirtqi ta’lim yo‘nalishlari 2-bosqich bakalavriat talabalari va professor- o‘qituvchilar uchun o‘quv qo‘llanma


MAKRUH – bajarilishi yomon sanalgan amal.  84  MANDUB


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/45
Sana22.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1794006
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Bog'liq
Oquv qollanma Dinshunoslik

MAKRUH – bajarilishi yomon sanalgan amal. 


84 
MANDUB – bajarilishi tark qilinishidan afzal bo‘lgan amal. 
MAHSHAR – qiyomat kuni bandalar yig‘iladigan va savol–javob bo‘lib o‘tadigan 
joy 
MASHHUR – isnod yo‘llarining har birida uchta va undan ortiq shaxslar 
tomonidan rivoyat qilingan va mutavotir darajasiga yetmagan hadislar. 
MEDITASIYA – «fikrlash, o‘ylash», shaxsning o‘z ruhiy faoliyatiga chuqur 
berilish holati, muroqaba, hikmat va haqiqat haqidagi ilm. 
MIRO MOYI (yunoncha, «xushbo‘y moy») – xristianlikning yetti sirli 
marosimlaridan birida tanaga suriladigan xushbo‘y moy. Ushbu moy cherkov 
yepiskopi tomonidan oliy navli zaytun moyiga oq uzum vinosi, atirgul 
yaproqlari, binafsha, zanjabil ildizlari, muskat, atirgul, chinnigul va limon 
moylari kabi mahsulotlarni qo‘shib qaynatish orqali tayyorlanadi. 
MITRA (avesto, do‘stlik, kelishuv) – inson vafotidan so‘ng uning ruhini himoya 
qiluvchi ezgulik yazatlaridan biri. 
MONASTIR – xristianlikda ruhoniylar jamiyatdan ajralib, faqat ibodat bilan 
shug‘ullanadigan joy, muassasa. Ayollar va erkaklar uchun mo‘ljallangan 
monastirlar mavjud. 
MUQADDAS RUH – xristianlikda Xudoning uch ko‘rinishidan biri. Muqaddas 
Ruh dunyoning yaralishida ishtirok etgan, Bibi Maryam ham u orqali Isoga 
xomilador bo‘lgan.
NAQLIY DALIL – aqliy dalildan farqli ravishda naqliy dalil faqat Qur’on va 
sunnatga asoslangan. 
NIRVANA – inson ichki dunyosining mukammalligi, orzu–istaklari, yashash 
hissi, qanoat, tarki dunyochilik kabi ruhiy holatni o‘z ichiga olgan oliy intilish.
NOUS – inson vafotidan so‘ng undan qolgan suyaklar saqlanadigan maxsus 
quticha bo‘lib, u daxmaga qo‘yilgan.
OQ VA QORA RUHONIYLAR – pravoslav ruhoniylari qatlami. «Oq» 
ruhoniylar oila qurish huquqiga ega, «qora» ruhoniylarga esa oila qurishi 
mumkin emas.
ORIYLAR – oq tanli qavm hisoblanib, Hazar, ya’ni, hozirgi Kaspiy dengizining 
shimoliy, Yevropaning shimoli yoki Turkmaniston mintaqasida miloddan 
avvalgi XVII – XVI asrdan XII asrgacha turli qabila va guruhlar shaklida 
yashaganlar.
OTA XUDO – Xristianlikda Xudoning uch ko‘rinishidan biri va asosiysi. Ota 
Xudo dunyoni yaratgan bo‘lib, uchlikning qolgan ko‘rinishlari (O‘g‘il Xudo va 
Muqaddas Ruh) undan kelib chiqqan. 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling