85
PRESVITER (lotincha, «oqsoqol, jamoa boshlig‘i») –
xristian ruhoniylik
iyerarxiyasida yuqori o‘rinni egallovchi diniy lavozim. Qadimda yepiskoplar
ham presviter deb atalishgan.
RIM PAPASINING QARORLARI – turli davrlarda Papa tomonidan chiqarilgan
din sohasidagi qarorlar. Rim katolik cherkovi
aqidasiga binoan Papaning
qarorlari ham muqaddas ahamiyatga ega.
ROHIB (yunoncha, monax – «zohid») – xristianlikda dunyoviy lazzatlardan
tarkidunyochilik qilib, faqat ibodat bilan shug‘ullanuvchi shaxs.
SANGHA – «oliy haqiqat»ga
yetishgan avliyolar, Budda asos solgan va
hozirgacha faoliyat ko‘rsatib kelayotgan rohiblar jamoasi.
SAOSHYNTA –
xaloskor, zardushtiylikka ko‘ra, dunyoga 3 nafar saoshyanta
kelishi lozim. Ular Zardusht ta’limotini qayta tiklaydi, Qiyomatga yaqin ularning
oxirgisi Anxra–Maynyu
bilan jang qilib, barcha yovuzlik kuchlarini mag‘lub
etadi.
SINAGOGA (yunoncha, «sinagoge» – «yig‘ilish», ibroniycha «beyt kneset» –
«yig‘ilish uyi») – yahudiylikda asosiy ibodat va marosimlar o‘tkaziladigan joy.
SUNNAT – islom shariatiga ko‘ra, zimmaga yuklanmagan, lekin bajarilishi talab
qilingan amal. U Payg‘ambar (a.s.)ning pokiza sayratlari, turmush tarzlari, diniy
yo‘llaridir. Uchga bo‘linadi: qavliy, fe’liy va taqririy.
Do'stlaringiz bilan baham: