Dinshunoslik


Download 0.55 Mb.
bet61/64
Sana13.12.2021
Hajmi0.55 Mb.
#180784
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64
Bog'liq
Dinshunoslik

«Ma’rifatchilar» jamoasiga 1990-yillarning o‘rtasida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida yashovchi Bahodir Mamajonov (1950 y.t.) tomonidan asos solingan. Jamoaning g‘oyaviy ta’limoti B.Mamajonov tomonidan yozilgan va noqonuniy tarzda chop etilgan, diniy va ilmiy asossiz yozilgan «Ma’rifat», «Tilak», «Namoz-Sig‘inish», «Rost-Qur’on» kitoblari hisoblanadi.

«Ma’rifat» kitobi B.Mamajonovning diniy mavzudagi fikrlari va nozil bo‘lish tartibiga ko‘ra joylashtirilgan bir necha suralarning tarjimasidan iborat. Ushbu kitob nomidan kelib chiqqan holda aholi ichida B.Mamajonovning izdoshlari «Ma’rifatchilar» deb tanilgan. B.Mamajonov esa o‘zini va tarafdorlarini «To‘g‘ri din»dagilar deb hisoblaydi.

«Namoz-Sig‘inish» kitobida B.Mamajonov tomonidan belgilangan namoz tartibi bayon qilingan. «Rost-Qur’on» kitobida ham go‘yoki «Usmon ibn Affon davrida Qur’on noto‘g‘ri tartiblangan» degan da’vo ostida suralar nozil bo‘lish tartibiga ko‘ra joylashtirilgan.

«Ma’rifatchilar»ning an’anaviy islom ta’limotiga zid da’volari:



  • Qur’on va namoz milliy tilda, ya’ni o‘zbek tilida o‘qilishi shart hisoblanib, go‘yoki «o‘zi aniq bilmagan narsaga erishish» shirk ekani e’lon qilinib, «ota-bobolarimiz ... mushrik edilar» deb hisoblanadi;

  • O‘zbekiston aholisi faqat 1990 yili «SHarq yulduzi» jurnalida chop etilgan Qur’on tarjimalari orqali haqiqiy Qur’onga (B.Mamajonovning da’vosicha – «Rost-Qur’on») erishgan, ungacha Qur’onga go‘yoki «shayton suralari qo‘shilgan» deb da’vo qilinadi hamda mavjud tafsirlar tan olinmaydi;

  • Muhammad payg‘ambarga «vositachi», «uning vazifasi faqat Qur’onni yetkazish edi» degan da’vo bilan hurmat ko‘rsatilmaydi, «xulafoi roshidin»dan keyingi xalifalar «do‘zaxi» sanaladi;

  • Qur’on - yagona muqaddas manba, hadislar tan olinmaydi;

  • dunyoviy partiya va boshqa dindagilar, shu jumladan, yahudiy va xristianlar «shaytonga ergashgan»lar deb qaraladi;

  • mazhablarga ergashish «shirk» amal hisoblanadi;

  • mayyitni kafanlash va «janoza» o‘qish islomda yo‘q amallar, deb qaraladi;

  • go‘yoki isrof bahonasida davlat bayramlari va tug‘ilgan kunlarni nishonlash, to‘y-ma’rakalar o‘tkazish, diniy marosim va urf-odatlar dindan chiqaruvchi shirk amallar qatoriga kiritilgan;

  • namoz va ibodatda ishlatiladigan sano va salovotlarning barchasi o‘zbek tilida o‘qilishi joriy qilingan, namoz vaqti va tartibi e’tiborga olinmaydi, bir sutkada besh mahal azonsiz, B.Mamajonov belgilagan vaqt va tartibda 17 rakat, kechasi 2 rakat sunnat namozi o‘qiladi.

Jamoa a’zolarining asosiy qismini B.Mamajonovning qarindoshlari va yaqinlari tashkil etadi. Ayrim a’zolar O‘zbekiston islom harakatining jangovar lagerlarida «hijrat»da bo‘lib qaytganlar. Hozirda jamoaning kam sonli a’zolari Farg‘ona viloyatining Toshloq tumani va Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida istiqomat qiladi.


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling