Diologik nutq shakli, unda munosabatlarni ifodalash usullari, unda nutq madaniyatiga e’tibor berish


Download 31.6 Kb.
bet2/5
Sana14.10.2023
Hajmi31.6 Kb.
#1702113
1   2   3   4   5
Bog'liq
Diologik nutq shakli, unda munosabatlarni if~

Masalan: ”Mehr- oshkora”


“Muruvvat pinxona” -
Darsda talabalar baholanishi ham noa`nanaviy usulda bo`lib, har bir javobga qarab talabalarga qizil, sariq, yashil kartochkalar berib boriladi.

  1. O`tilgan mavzu bo`yicha tarqatmalar quyidagicha bo`lishi mumkin.

Tarqatma № 1





  1. Nutq deb nimaga aytiladi?

  2. Rahbar va xizmatchi o`rtasida qanday muomala madaniyati bo`lishi lozim?

Tarqatma № 2





  1. Til va nutq orasidagi farq nimadan iborat?

  2. Nutqiy muomala shakllariga nimalar kiradi?

Tarqatma № 3





  1. Adabiy til qanday ko`rinishlarga ega?

  2. Mantiqiy nutq qanday bo`ladi?

Tarqatma № 4





  1. til va tafakkurning bo`g`liqligi va farqi nimada?

  2. Nutqiy savodxonlik deganda nima tushuniladi?

O`tilgan mavzu xulosalanadi, darsga faol ishtirok etgan talabalarga kartochkalar berib rag`batlantirib boriladi.



  1. yangi mavzu bayoni: (20 daqiqa).

Reja:


  1. Diolog haqida ma`lumot

  2. Diologik matn turlari

  3. Diologik matnlarda gap qurilishi

Diolog grek tilidan olingan bo`lib (Dio – ikki, logos – so`z, nutq). Ikki kishi orasidagi fikr axborot almashinuvi degan ma`noni anglatadi. Diolog ikki yoki undan ortiq shaxs orasidagi uzluksiz nutq shakllaridan biri. U og`zaki nutqning keng tarqaklgan turi sanaladi. Unda har bir kishi so`zlovchi va tinglovchi sifatida ishtirok etishi mumkin.


So`zlovchi va tinglovchi nutqlari replika deyiladi. Replika birinchi shaxs tomonidan suhbatga tortish, chorlash yoki murojaat replikasi.II shaxs tomonidan esa javob replikasi xarakteriga ega bo`ladi. 1 – replika so`rog`i, 2 - replika yuzaga kelishining asosiy omili sanaladi. Replikalar chegarasi birinchi replikaning tugallanish, ikkinchi replikaning boshlanish nuqtalari bilan belgilanadi.
Diologda javob replikasining mazmuni, xarakteri murojaat replikasida qaysi so`zga mantiqiy urg`u tushganligiga bog`liq bo`ladi.
Mantiqiy urg`u gapdagi fikriy jihatdan ahamiyatli bo`lgan so`zning kuchli talaffuz qilinishidir. Bunda so`zlovchi gap ichidagi ba`zi so`zlarning ma`nosini yanada ta`kidlab, kuchaytirib ko`rsatish uchun uni boshqa so`zlarga nisbatdan kuchliroq ohang biklan talaffuz etadi. Nutqda mantiqiy urg`yu tushgan so`z ovozni balandlatish, pastlatish, pauza qilish kabi vositalar bilan ajratib aytilgani uchun tinglovchining diqatini tez tortadi.
Replikada diologik matnda to`liq yoki to`liqsiz gap shakllarida uchraydi. Diologlarda intinatsiya muhim ahamiyatga ega. So`zlovchining o`z hisiyotini ifodalashi uchun ovoz tonini o`zgartirishi, mua`yan istak, niyat harakat natijasida yuzaga keluvchi ovoz tovlanishlari intonatsiyadir. Uning yordamida turli ma`nolar ifodalanadi.
Taklif, munnatdorchilik. Tabrik, taajjub yoki hayratlanish, tilak-istak mazmunidagi diolog replikalarida quyidagi nutqiy mulozanat so`z va iboralari uchraydi.

Taklif.


  • Men sizni … taklif etmoqchiman

  • … ruxsat bering

  • keling …

  • marhamat …

Minnatdorchilik.



Tabrik.


Taajjub, hayratlanish.



  • rostdanmi?

  • nahotki?

  • Taajjub

  • aqil bovar qilmaydi

  • nega endi

Diologlar so`zlovchi tomonidan, ya`ni muallif tomondan ham berilishi mumkin. Dramatik asarlardagi qahramonlar diologi persanajlarning asl maqsadlari, niyatlari, intilishlarini, his – tuyg`ularini, fikr va tushunchalarini, ruhiy kechinmalarining va ularning bir birlari - bilan bo`lgan o`zaro munosabatlarini ochib berishga, asardagi voqealarning rivojlanib borishiga yordam beradi. Ya`ni diolog qahramon xarakterini oxchib berishiga xizmat qiluvchi vosita hisoblanadi. Ishtirokchilar diologlari avtor gapi (nutq) shaklida berilib qo`shtirniqqa olinmaydi.



Download 31.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling