Taqrizlar Davlat attestatsiya komissiyasiga himoya kunidan kamida 5 kun avval topshiriladi. Taqrizlar Davlat attestatsiya komissiyasiga himoya kunidan kamida 5 kun avval topshiriladi. Taqrizning mazmuni oʻquvchiga bitiruv malakaviy ishi himoyasidan kamida 3 kun avval yetkazilishi kerak. Bitiruv malakaviy ishi himoyasidan oldin Davlat attestatsiya komissiyasiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: - Davlat tarmoq standarti;
- Davlat attestatsiyasini oʻtkazish boʻyicha yoʻriqnoma;
- kasb-hunar kolleji direktorining oʻquvchilarni Davlat attestatsiyasiga qoʻyilishi haqidagi buyrugʻi;
- kasblar boʻyicha amaliy imtihon natijalari;
- ishlab chiqarish amaliyoti oʻtkazilgan korxona bergan razryad (toifa) haqidagi guvohnoma (agar berilgan boʻlsa);
- oʻquvchilarning oʻquv rejada kiritilgan barcha fanlarni oʻzlashtirishi haqidagi maʼlumotnoma;
- oʻquvchilarning reyting daftarchalari;
- Davlat attestatsiya komissiyasi majlislar bayoni kitobi.
Bitiruv malakaviy ishi himoyasida har bir oʻquvchiga oʻz ishini taqdimot qilishi uchun 15-20 minut vaqt ajratiladi, bunda oʻquvchi: - ishning mavzusini, uning maqsadi, dolzarbligi, amaliy ahamiyatini;
- ishning qanday qismlardan iborat ekanligini, ularning mazmuni qisqa va aniq tushuntirib berishi lozim;
- ish boʻyicha maket, qurilma elektron talqinini namoyish qilishi mumkin.
Baholash varaqasida yakuniy bahoni belgilashda quyidagilar hisobga olinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |