Diplom loyiha ishi
Mirzaobod unversal klaster paxta tozalash korxonasi texnologik
Download 1.29 Mb.
|
олим к
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2CHTL rusumli tosh tutgich
Mirzaobod unversal klaster paxta tozalash korxonasi texnologik
jarayonining ishlashi Paxta yetkazadigan fermerlar paxta hosili kontraktatsiya shartnomasiga binoan paxtani, paxta tozalash korxonasiga qarashli paxta tayyorlash maskanining g‘aram maydonlari yoki yopiq omborlarga joylashtiriladi. Paxtani qabul qilish uchta shartli qismga bo‘lingan. 1-qismida paxtadan namuna olinadi va sifat ko‘rsatkichlari aniqlanadi, etalon asosida paxtaning sanoat navi ham aniqlanadi. 2-qismda paxta tarozida tortilib, massasi aniqlanadi va katta klassifikator qabul qilish xujjatini yozib beradi; 3-qismda esa, qabul qilingan paxta partiyaga qarab ochiq yoki yopiq omborlarga joylashtiriladi va klassifikator tomonidan qayta sifati tekshiriladi. Hisob kitoblarga asosan ochiq omborlar 15 ta, yopiq omborlar tashkil etadi. Agar paxtaning namligi yuqori bo‘ladigan bo‘lsa, ular quritish-tozalash bo‘limlari atrofiga joylashtiriladi. Quritish-tozalash bo‘limida 2ta 2SB-10 quritgichi, 2ta qatorda o‘rnatilgan UXK oqimi joylashgan. UXK oqimi boshida 1XK uskunasi va 3ta UXK tozalagichi xamda 1XK tozalagichlari o‘rnatilgan. Paxta tozalash korxonasida chigitli paxtani texnologik jarayonga berishda havotransportdan foydalanib, tashish quvurlariga 2CHTL rusumli tosh tutgich o‘rnatilgan. Ushbu moslama chigitli paxta tarkibidagi og‘ir jismlarni tutib qolishga mo‘ljallangan. Bu og‘ir aralashmalarni tutqich paxta tozalash korxonaning quritish, tozalash bo‘limlari va bo‘lim ichidagi pnevmouzatuvchi qurilmasi quvurining boshlanish qismida o‘rnatiladi. 2CHTL rusumli tosh tutgich - chigitli paxta tarkibida begona og‘ir aralashmalar havo oqimi bilan uzatish quvuri orqali aspiratsiya kamerasiga tushadi. Havo quvuriga nisbatan aspiratsiya kamerasining ko‘ndalang kesimi katta bo‘lganligi va qaytarish devoriga chigitli paxtaning urilishi sababli uning tezligi pasayadi, natijada og‘ir aralashmalar aspiratsion kamerasining pastki tomonida joylashgan og‘ir aralashmalarni tushirish lyuki orqali moslamadan chiqarilib tashlanadi. Quritish-tozalash bo‘limiga berilayotgan chigitli paxta quvur orqali havo bilan aralashib keladi. CHigitli paxtani xavodan ajratish uchun SS-15A markali separatordan foydalaniladi. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling