Diplom loyiha ishi


SS-15A - rusumli separator


Download 1.29 Mb.
bet4/19
Sana15.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1484189
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
олим к

SS-15A - rusumli separator - havo bilan aralashgan chigitli paxta katta tezlikda quvur orqali separatorning separatsiya kamerasiga tushadi. Paxtani bir qismi o‘z inersiyasi bilan separatsiya kamerasi devori orqali siljib vakuum - klapanning aylanuvchan kurakchalari ustiga qulaydi, bir qismi esa, separatorni ikki cheti devoridagi to‘rli yuzaga havo ta’sirida yopishadi va aylanuvchi qirg‘ich yordamida to‘rli yuzadan sidirib pastga, vakuum klapanga tushadi va separatordan tashqariga chiqarilib tashlanadi. Havo bo‘lsa kamera ichida o‘zining dastlabki tezligini yo‘qotadi, keyin yo‘nalishini o‘zgartirib kameraning ikki yonboshidagi to‘r teshiklaridan ventilyatorning so‘rishi hisobiga havo uzatuvchi quvur orqali chang tutish moslamalariga yo‘naltiriladi. Vakuum-klapani va RM-350 reduktor o‘qlari elastik mufta bilan biriktirilib elektromotor yordamida harakatga keltiriladi. Vakuum-klapan o‘qini ikkinchi tomonidan harakat qayishlari orqali qirg‘ich o‘qini aylantirish uchun xarakat uzatiladi.
Separatordan so‘ng 2SB-10 rusumli chigitli paxta quritish barabaniga beriladi. Agar chigitli paxtanining namligi yuqori bo‘ladigan bo‘lsa, quritish jarayoni 2 marotaba amalga oshiriladi. Issiq xavo quvuri orqali berilayotgan issiqlik natijasida chigitli paxta tarkibidagi namlik ajraladi.
2SB-10 rusumli quritish barabani - ichiga ta’minlagich yordamida issiq havo bilan birgalikda beriladi. Barabanning aylanishi sababli chigitli paxta ma’lum bir balandlikka ko‘tarilib, titilgan holda qulashi natijasi xamda quritish agenti bilan aralashishi sababli o‘ziga issiq oladi va namlikni ajratadi, keyin qurigan chigitli paxta, chiqarish novi orqali uskuna ichidan keyingi uskunaga jo‘natiladi. Ishlatilgan quritish agenti esa uzatish shaxtasi orqali tashqariga chiqib ketadi.
Quritish barabanlaridan samarali foydalanish uchun doimiy uning quritish agenti xaroratini, xajmini, chigitli paxtaning namligini nazorat qilish kerak. SHu bilan bir qatorda chigitli paxtaning ifloslik darajasi, iflosliklar bilan birgalikda quritilgan chigitli paxta miqdori ham nazorat qilinadi.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling