Diplom loyiha ishi
XK rusumli mayda iflosliklardan tozalash uskunasi -
Download 1.29 Mb.
|
олим к
- Bu sahifa navigatsiya:
- UXK rusumli mayda va yirik iflos aralashmalardan tozalash uskunasi
1XK rusumli mayda iflosliklardan tozalash uskunasi - chigitli paxta ta’minlash valiklari ustiga o‘rnatilgan shaxtaga tushiriladi. Bir-biriga qarshi aylanuvchi ta’minlash valiklari chigitli paxtani qoziqchali barabanga bir tekis uzatadi. Qoziqchali baraban soat strelkasi bo‘yicha aylanib o‘z navbatida chigitli paxtani titkilab qobirg‘ali panjara ustidan olib o‘tganda spiralsimon sirtga duch keladi. Bunday xolatda chigitli paxtaning tezliklari qiymati har xil bo‘ladi. Natijada chigitli paxta tarkibidagi aktiv mayda iflosliklar tezroq ajraydi. SHu tartibda chigitli paxta hamma barabanlarda tozalanib mayda iflosliklardan ajratiladi. Ajratilgan iflosliklar barabanlar tagidagi kolosnikli panjara oralaridan ifloslik bunkerlarining kiya devorlari bo‘ylab pastga tushadi va pnevmatransport bilan so‘rib olinadi. Tozalangan chigitli paxta esa uskunadan chiqarilib keyingi texnologik jarayoniga uzatiladi.
UXK rusumli mayda va yirik iflos aralashmalardan tozalash uskunasi - Qoziqchali barabanlarda mayda iflosliklardan tozalanib, paxta yirik iflosliklardan tozalash uchun arrachali barabanlar bo‘limiga uzatiladi. Uzatuvchi cho‘tkali baraban paxtani arrachali baraban yuzasiga tashlab beradi va ilashtiruvchi qo‘zg‘almas cho‘tka paxtani arrachalarga ilashtirib beradi. Arrachali barabanning aylanishi va uning ostida joylashgan kolosnikli panjaralarga paxtani borib urilishi natijasida yirik iflosliklar tozalanadi. Tozalangan paxta arrachali baraban ustida joylashgan uzatuvchi barabanga va u orqali keyingi jarayonga uzatiladi. Kolosniklar orasidan iflosliklarga qo‘shilib ketgan paxta regeneratsiya bo‘limida ajratib olinib, umumiy paxta oqimiga qo‘shiladi. Ajratilgan iflosliklar uskunaning ostida joylashgan ifloslik shnegi orqali uskunadan tashqariga chiqariladi. UXK uskunasi ketma ket 3 ta o‘rnatilagan bo‘lib, ulardan so‘ng 8 ta qoziqchali bo‘limi o‘rnatilgan 1XK uskunasida qayta mayda iflosliklardan tozalanadi. Chigitli paxta kuritish-tozalash bo‘limida quritilib, iflos aralashmalardan tozalangandan keyin korxonaning bosh ishlab-chiqarish binosiga jinlash uchun yuboriladi. Jinlash paxtani dastlabki ishlash texnologik jarayonining asosiy jarayoni xisoblanib, bunda paxta tolasi chigitdan ajratiladi. Bu binoda jin, linter, press va tola tozalovchi uskunalar o‘rnatilgan. Dashtobod paxta tozalash korxonasi bosh binosida 130 ta arrali 2 dona 4DP-130 rusumli jinlar ishlab turibdi. Linterlar alohida bo‘limda bo‘lib, 2 ta qatorda 5 tadan 5LP linterlari o‘rnatilgan. Press qurilmalari tola uchun 1 ta DB-8237 gidropresslari, momiq uchun esa 1ta DA-8237 gidropress qurilmalari ishlatiladi. Tolani havo yordamida tashish uchun 5KV tola kondensorlaridan, momiqni tashish uchun esa KL momiq kondensorlaridan foydalaniladi. Arrali jin quydagicha ishlaydi: paxta taqsimlash shnegidan PD taminlagichiga uzatilib unda titiladi va mayda iflosliklardan tozalanadi. Jinning unumdorligi uning taminlash valiklarining aylanishi tezligini o‘zgartirishga bog‘liq bo‘ladi. Taminlagichlardan paxta tarnovlar orqali ishchi kamerasiga tushirilib, unda arra silindri tishlari tasiriga uchraydi va xom ashyo valigini hosil qiladi. Arra silindri tishlari hom ashyo valigidagi paxta tolalarini ilib, kolosniklar orasiga olib kiradi va chigit sirtidan yulib oladi. Arra tishlaridan tolalar sopladan 55-65 m/s tezlikda chiqayotgan havo oqimi bilan ajralib, umumiy tola quvuri orqali tola tozalash dastgohiga uzatiladi. Kolosniklarning ishchi qismida tirqishlar kengligi 3.2 mm dan kata bo‘lmagani uchun chigit o‘tib keta olamaydi, aylanib turgan chigit paxta valigiga qo‘shilib ketadi va hamma tolalari ajralmaguncha aylanishda davom etadi. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling