Diplomsiz ziyoli


HAR TOMONLAMA ISHONCHLI HAYDOVCHI EDI…


Download 0.51 Mb.
bet5/52
Sana17.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1522625
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Bog'liq
Эшонов Чоршанбе 1960

HAR TOMONLAMA ISHONCHLI HAYDOVCHI EDI…
Sharipov Abdulaziz
(1961-1996)
Bu hamqishlog’imiz Sho’rchi tumanining Sovjiron qishlog’ida tug’iladi. U hali 6 yoshdaligida ota-onasi Muzrabot tumaniga ko’chib kelgan. O’rta maktabni tamomlab, harbiy xizmatni Germaniyada o’tadi. Shundan so’ng haydovchilik kursini tugatib Muzrabotda haydovchi bo’lib ishladi. U yo’lovchilar uchun o’zini bosib olgan, qoidalarni hurmat qiladigan ishonchli haydovchi sifatida eslaydi. Yo’lovchilar ba’zi haydovchilarning mashina boshqarishidan qo’rqishadi. Lekin Abdulaziz har tomonlama ishonchli haydovchi edi. Qoldirilgan buyumlardan biron marotaba bo’yin tovlagan emas. U uzoq davom etgan kasallikdan so’ng vafot etdi. Rafiqasi To’raqulova Saida bilan farzandlari: Gavhar, Noroy, Bahromni halol insonlar qilib tarbiyaladi.
HAZORBOG‘DA TUG‘ILGAN DARBANDIY
Imomov Abdumurod
(1960-2014)
Abdumurod Denov tumani Hazorbog’ qishlog’ida tug’ildi. O’rta maktabni tugatib, harbiy xizmatni o’tagach, xo’jalikda paxta brigadiri bo’ldi. 1984 yilda hamqishlog’imiz Madatova Shodigulga uylanib to’rt nafar faarzandni voyaga yetkazd: Gulinor, Jonibek, Jomi, Gulandom.
MEN” VA “VATAN” SO‘ZLARINING MA’NOSI
Hojiev Sobir
(1960-2019)
Qishlog’imizing haqiqiy jonkuyar farzandlari haqida - el-yurt xizmatidan tolmay mehnat qilib shu vatan uchun o’zining huzur-halovatidan kechgan hamqishloqlar haqida qancha yozsak ham o’zimizni ularning ruhi poklari oldida qarzdor, deb hisoblaymiz.
Barcha kishilarga ma’lumki, Darband qishlog’ida uchta katta qavm yashab o’tgan. Bular aka-uka farzandlari bo’lgan Momoaligi, Buchagi, Shodaxo’jagi urug’laridir. Bu uch aka-ukaning farzandlari shunday ahil-ittifoq yashaganki, ular tufayli katta bir qishloqning aholisi dunyoga kelgan va bugungi kunda ham bu uchta urug’ biri-biri bilan do’st, quda-anda, aka-uka, opa-singil bo’lib yashab kelmoqda.
Amakimiz Sobir Hoji ham ana shu urug’larning momaligisidan edi. Butun umri, bilimi, g’ayratini shu vatanga baxshida etgan inson darbandiy hamqishloqlar orasida ma’lum va mashhur rahbarlardan edi. U uzoq yillar mahalla qishloq soveti raisi, mustaqillik yillarida tuman hokimligining turli vazifalarida ishlagan, o’ziga taalluqli vazifalarni erinmay o’z vaqtida ijro etishga intilgan hamqishloqlardan edi.
U bu sharafli yo’lni qanday bosib o’tdi? Sobir o’rta maktabni tamomlagach, 1978-1980 yillarda Termiz kooperativ texnikumida tahsil oladi. U 1987-1992 yillarda Termiz davlat pedagogika institutiga o’qib, 1983-1990 yillarda qishloq komsomol qo’mitasi kotibi, Darband davlat xo’jaligi xalq nazorati guruhi raisi sifatida ishlaydi.
1992-1998 yillarda xo’jalikda kadrlar bo’limi boshlig’i, 1998-2017 yillarda Darband mahalla fuqarolar yig’ini raisi, 2017-2019 yillarda Boysun tuman mahalla xayriya jamoat fondi boshlig’i lavozimida ishladi.
U qaerda ishlamasin, o’zining ijobiy jihatlarini namoyon etib, xalq manfaatini himoya qilish, vatanning rivoj-ravnaqiga hissa qo’shish, eng asosiysi, o’ziga qarashli har bir vazifani o’z vaqtida bajarishga intilgan. Sobir o’zi uchun yashash, deganda vatan uchun yashashni tushunardi. Men va yurt so’zlarining ma’nosi bir edi u uchun. Shuningdek, u qishlog’imizda uzoq yillar polvon sifatida kurashib, elimizning olqishiga sazovor bo’lgan insonlardan edi. Uning oilaviy hayoti ham ibrat maktabi edi. Rafiqasi Hojieva Nasiba bilan Gulchehra, Gulandom, Rustam, Shahboz, Yulduz, Laylo ismli farzandlarni o’z g’oyalari bilan insonparvarlik ruhida tarbiyaladi.
S.Hojiev ko’p marotaba viloyat va tuman faxriy yoriqlari, O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining esdalik ko’krak nishonlari hamda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 25 yilligi esdalik nishoni bilan taqdirlangan edi.
Vafotidan so’ng fuqarolarni o’zi-o’zini boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha Respublika kengashining 2019 yil 23 setyabrdagi 2 son qaroriga asosan ”Mahalla iftixori” esdalik ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.
Ha, bunday sharafli insonlar darbandimiz tarixida ko’pchilikni tashkil etadi. Ularning Vatan oldidagi burchini ado etishga butun g’ayratini sarflagani xalq va jamiyatda halol mehnat qilganliklarini vatan, xalq hech qachon unutmaydi.



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling