Diplomsiz ziyoli


Download 0.51 Mb.
bet9/52
Sana17.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1522625
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   52
Bog'liq
Эшонов Чоршанбе 1960

HAYOTDAN MUDDAO
Boboev Baxtiyor
(1962-2020)
Baxtiyor Darband qishlog’ida dunyoga keldi. O’rta maktabni tamomlab, Samarqand davlat tibbiyot istitutiga o’qishga kirdi. Bu dargohni muvaffaqiyatli tugatib harbiy vrach sifatida ish boshladi. Keyinchalik bir muddat Termiz tibbiyot kollejida, so’ngra umrining oxirigacha esa Darband qishloq vrachlik punkitida ishladi.
U qaerda ishlamasin, odamlarning hayotini saqlab qolishda mohir jarroh sifatida odamlarning yodida qoldi. Insonning hayotdan muddaosi ham shu aslida: har bir odam yodda qolishni istaydi. U mana shunday jo’n, ammo buyuk ishni amalga oshira oldi. Odamlarda iliq taassurot qoldirish shuhratparastlikdan bohsqa narsa. Birgina bu emas, yosh bolalarning qo’lini halollashda qo’li yengil jarroh edi. U rafiqasi Abdulloeva Muhabbat bilan totuv umr kechirib, farzandlari: Dilafro’z, Faxriyor, Sevinchlarni barkamol qilib o’stirdi.
UNGA BU KITOBNI O’QISH NASIB ETMADI…
Xursandova Salomat
(1962-1993)
Xursandova Salomat Termiz shahrida tug’ildi. Ota-onasi Darbandga ko’chib borgach, qishloqdagi 10 o’rta maktabni tugatdi. S.Xursandova bilan bir partaga o’tirib tahsil olganmiz. U nafaqat sinfdoshim, balki, yaxshi partadoshim ham edi. Psixologlar insonning qanday bo’lishi uning hamrohlarining saviyasigabham bog’liq ekanligini isbotlab bo’ldi. Agar shunday bo’lsa, hayotingda partadoshingning kimligi ham muhim rol o’ynasa, men quvonaversam ham bo’ladi. Menga zo’r oartdosh nasib qildi. Salomat ajoyib qizaloq, bilimdon va chaqqon, xullas, chin ma’noda salomat, sog’lom inson edi. Angor tumanidan bo’lgan yigitga turmushga chiqib Isroil, Sirojiddin, Gulnoza ismli farzanfdlarini kamolga yetkazdi. Afsuski, bu kitobni o’qish unga nasib etmadi. Partadoshim 1993 yilda fojiali vafot etdi.


IKKI UYDA YASHOVCHI BIR OILA
Bahoviddinov Chorshanbi
(1962-1994)
Marhum Chorshanbi Bahoviddinov bilan 30 yildan ortiq vaqt mobaynida qo’shni bo’lib yashab bir oiladek katta bo’lganmiz. Uning otasi Bahoviddinboy ajoyib inson edi. Qishloqda brigada boshlig’i, hosilot bo’lib ishlab, 1967 yilda avtohalokat oqibatida fojiali halok bo’lgan. Qo’shnimiz Jamol momo 7 qiz 2 o’g’ilni birovdan kam qilmasdan barkamol qilib tarbiyalab voyaga yetkazdi. U vaqtlardagi mehr-oqibat, qo’shnichilik rishtalarini tasvir etishga qalam ojiz. Negaki, u davrlarda mehr-oqibat bor edi. Odamlar bir-biriga suyanib, bir-birini qo’llab-quvvatlab yashar edi. Balki, shu boisdan yetim bolalar ham jamiyatda o’z o’rnini topib keta olardi. Kamini yashirib, ko’pini oshirib, ahil-inoqlikda qo’shnichilik udumlariga rioya etib yashashgan odamlar. Agar oila a’zosidan birontasi ranjisa yo qattiq gapirsa, “u qo’shinimizga ehtiyot bo’lib munosabat qil” deb o’zlarining cheksiz mehr-muhabbatini bayon etardi. Biz ham Jamol momo xonadoni bilan shunchalik qadrdon edikki, bordi keldi, oldi-berdimiz qo’shnichilik doirasidan chiqmasdi. Hozirgacha qo’shnilar bir-birovimizni uchratsak, soatlab suhbatlar qurib, yoshlikni, qo’shnichilik onlarini eslaymiz, e’zozlaymiz.
Chorshanbi o’rta maktabni tamomlab, harbiy xizmatni Germaniyada o’tab kelib haydovchilik kursida o’qidi. U haydovchilik va tadbirkorlik bilan shug’ullanib umrguzaronlik qildi. Kasallik tufayli 1994 yilda vafot etdi. U rafiqasi Safarqulova Farog’at bilan dilbandi Nargizani oqila qiz qilib ug’aytirgan edi.

MEN UNI YAXSHI BILARDIM…



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling