Diplomsiz ziyoli


Download 0.51 Mb.
bet12/52
Sana17.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1522625
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   52
Bog'liq
Эшонов Чоршанбе 1960

SAMAD HAQIDA YOZSAM…
Jumaqulov Samad
(1963-2008)
Sinfdoshimiz Samadboy haqida yozish meni qayg’uga soladi. Negaki, biron kishiga yomonlik tilamagan, o’z rizqiga qanoat qilib, solih oila barpo etib uchta o’g’lonni dunyoga keltirgan hamqishlog’imiz hayotdan bevaqt ketdi. Uning vafoti qarindoshlar qalbini larzaga soldi. Darband eli qayg’uga tushib, uning oilasiga, qarindosh-urug’lariga taskin berdi. Ajal ayamas ekan. Sen boy, sen kambag’al, sen yosh, sen qari, demas ekan. Chunki Samadning otasi Annaqul bobo Darband elining oqsoqollaridan nomdor nondor qavmidan edi. Ocharchilik yillarida ko’p kishiga yaxshiliklari o’tgan inson bo’lgan. Aynan og’ir damlar insonning maslaklarini, insoniyligini sinovdan o’tkazadi. Uning yaxshi inson bo’lganligini hamqishloqlar hech qachon unutmaydi. Samad rafiqasi Norqulova Ozoda bilan Mahmasharif, Samrad, Sardor ismli farzandlarni kamolga yetkazdi.
KUY AVJIDA UZILGAN TOR…
Ostonova Zebo
(1963-1997)
Zebo 1963 yil 3 iyunda Boysun tumani Sayrob qishlog’ida dunyoga keldi. U 1970-1980 yillarda Gagarin (hozirgi Muzrabot) tumani Halqobod qo’rg’onida joylashgan 33 maktabda tahsil oladi. Keyinchalik 1981-1984 yillarda Sovetobod plan-iqtisod texnikumida o’qiydi. Ko’p yillar bozor va do’konda tijorat mollari savdosi bilan shug’ullandi. Afsuski, umri qisqa bo’ldi. U 1997 yil 15 aprelda avtohalokatdan vafot etdi. Mehribon, oilaparvar hamqishlog’imizdan Qurbonov Dilmurod ismli farzand qoldi.

U HECH KIMNI AYBLAMADI…


Hotamova Bo’rixol
(1962-2021)
Bo’rixol Darband qishlog’ida tug’ildi. U o’rta maktabni tamomlab Termiz kooperativ texnikumida tahsil oladi. Shundan so’ng hamqishlog’imiz Muzrabot tumaniga kelin bo’lib tushdi va shu yerda savdo sohasida ishlay boshladi. Keyinchalik Termiz shahriga kelib yashay boshladi. Xushmuomala, adolatparast, aybingizni betingizga ayta oladigan, har bir ishni, har bir narsaning o’z joyida bo’lishini xohlaydigan saranjom-sarishta ayol edi.
Afsuski, hayot hech kimni ayab o’tirmaydi. U birinchi turmushidan ajralib, bolalarini o’zi katta qildi. Bu yillar ichida u har xil kunlarni boshidan kechirdi. Har xil sinovlarda toblandi. Uni birovlar yig’latdi, birovlar dalda berdi. Odam bunday lahzalarda hayotning imtihonidan o’tadi. Otaning o’rni bo’lakcha ekan. U ham ayol, ham erkak bo’lishiga to’g’ri keldi. Ma’naviy ma’noda, albatta. O’zi yig’lab o’zini o’zi yupatdi. O’zi dardini aytdi, o’zi eshitdi. Bu suronli yillarda mo’rt odam sinib ketadi. Hayotdan, odamlardan o’ch oladi. Kuchli odamni esa bu to’siqlar yanada kuchli qiladi. Uning ham e’tiqodi, qalbi butun ekan. O’sha og’ir kunlarda u hech kimni ayblamadi, birovni ranjitmadi, do’stlarning yaxshiligini oshirdi, yomonligini yashirdi. O’z rizqiga qanoat qilib hamqishloqlar bilan birgalikda ularning to’yu ma’rakasida ishtirok etar edi. Bu ayol ham yaxshi ona, ham yaxshi ota, ham yaxshi qo’shni bo’lishni bir vaqtning o’zida uddalagan edi.
1993 yilda orzu havas bilan o’g’illarining sunnat to’yiga Tojikistonning mashhur xonandasi Karomatullo Qurbonni Muzrabot tumaniga olib kelib kontsert tashkil qildi. Hayotda to’g’ri turib, to’g’ri yurib, to’g’ri eshitib, to’g’ri yashab o’tdi. U Ilhom, Bahrom, Iroda, Umida ismli farzandlarni katta qildi. Bo’rixol Termiz qabristoniga dafn etildi.

BEMINNAT XIZMATLARI TUFAYLI…



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling