HAYOT DAFTARIDAGI VERGULLAR…
Boboev Shuhrat
(1968-1986)
Shuhrat Darband qishlog’ida dunyoga keldi. U o’rta maktabni tugatib, Tojikiston politexnika oliygohiga o’qishga kiradi. Ammo bevaqt o’lim uni o’z komiga tortdi. Shuhrat 1986 yili 11 dekabrda gazdan zaharlangan holatda hayot bilan vidolashdi. O’n gulidan bir guli ochilmay turib orzularini, rejalarini o’zi bilan olib ketdi. Uning hayot daftarida minglab jumlalar vergul qo’yilganicha qoldi. U bu gaplarga nuqta qo’yishga ulgurmadi. Shunga qaramay bugun biz uni eslayotgan ekanmiz, demak, u hayotda nimagadir ulgurgan, deb ayta olamiz.
YASHAB BO’LMAY UMRINI ZINHOR…
Jo’raqulov Shodi
(1965-1997)
Shodi ham shu qishloqda unib-o’sdi. U 1997 yil Muzrabotda texnika falokati tufayli vafot etdi. Mehnatkash, kamtarin hamqishlog’imizning bevaqt o’limi farzandlari, qarindoshlari qalbida jarohat qoldirdi. Sherzod, Bekzod, Zarina ismli farzandlarini tarbiyalash rafiqasi Mavludaning zimmasida qoldi.
AJOYIB KUNLARNING BIRIDA…
Bekmurodov Qorjov
(1964-1999)
Qorjov Darbandning Ko’chkak dahasida tug’ildi. U o’rta maktabni tamomlagach, tadbirkorlik bilan shug’ullana boshladi. Qorjov 1997 yilda, rafiqasi Xoliyorova Shodigul bilan baxtli umr kechirib, farzandlari: Sarviniso, Xolto’ra va Safargulni ulgaytirayotgan kunlarning birida olamdan o’tdi.
BAXTLI O‘N YIL
Boboev Amirqul
(1964-1988)
Amirqul Darband qishlog’ida dunyoga keldi. U o’rta maktabni tamomlagach, harbiy xizmatni Xabarovskda o’tadi. Armiyadan qaytgach, Sovetoboddagi texnikumda hisobchilik kursini bitirdi. U Darband jamoa xo’jaligida ishladi.
1988 yil hamqishlog’i Bibisora Muxammadinovaga uylanib 10 yil baxtli hayot kechiradi. Biroq ajaldan qochib qutulib bo’lmaydi. Amirqul 1998 yil yurak xurujidan ko’z yumdi. O’ta chaqqon, tadbirkor, ishning ko’zini biladigan hamqishlog’imizdan ezgu amallar, Behzod, Gulruxsor, Marjona, Husniddin ismli farzandlar qoldi.
ASOSIY PRINSIP
Do'stlaringiz bilan baham: |