Diplomsiz ziyoli


Download 0.51 Mb.
bet16/52
Sana17.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1522625
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   52
Bog'liq
Эшонов Чоршанбе 1960

Latipov Safar
(1965-1996)
Safar ham shu qishloqda tug’ildi. O’rta maktabni tamomlagach, 1987 yilda Dushanbe hisob-iqtisod texnikumida o’qidi. Vatanga qaytgach, Muzrabot tumanida savdo sohasida ishladi. Ishda uning asosiy prinsipi halollik edi. Undan Suxrob, Sirojiddin, Farzona, Siyovush ismli farzandlar qoldi.
ILG‘OR MUHANDIS
Madatov Baxriddin
(1965-2021)
Darband qishlog’ida tavallud topib o’rta maktabni tugatgan Baxriddin Muzrabot tumanidagi qishloq xo’jalik texnikumiga o’qishga kiradi. Bu yerdagi o’qishni muvaffaqiyatli tugatib tuman paxta zavodiga master sifatida ishga joylashdi. Ish jarayonida o’zining ijobiy tomonlarini namoyon etgan hamqishilog’imiz keyinchalik zavodda muhandis vazifasini bajara boshladi.
U o’z ishini mukammal egalladi. So’ngra taqdir taqozosi bilan chet elga ishga ketdi. U yerda ham bir necha yil ishlab vafot etdi. Rafiqasi Boybo’lova Muhabbat bilan farzandlari: Sadriddin, Nasiba, Sirojiddinni kamolga yetkazdi. Hamqishlog’imiz Darband qabristoniga dafn etildi.

OCHILMAY SO’LGAN G‘UNCHA


Ramazonova Saida
(1965-1986)
Saida Muzrabot tumanining Yangiobod xo’jaligida tug’ildi. Ibn Sino nomli o’rta maktabda tahsil olib 1981-1985 yillarda Termiz Davlat Universitetining rus filologiyasida o’qiydi. O’qishdan so’ng 39 o’rta maktabda o’qituvchi, so’ngra xo’jalik aloqa bo’limida xodim sifatida ishlaydi. O’qimishli 4-5 tilni mukammal biladigan zukko hamqishloqlardan edi. Afsuski, hali yoshlik hissiyotini tark etmagan qalb 1986 yil 21 yoshida bu hayot bilan vidolashdi. Uning olam-olam orzulari qalbining tub-tubida yuzaga chiqmay qolib ketdi.

FARZANDIM OMON QOLSIN…”


Safarboeva Muhtaram
(1974-2002)
Muhtaram Darbandning Machiti Safed guzarida tug’ildi. O’rta maktabni tamomlagach, Tangriqulov Abdusattorga turmushga chiqib, 5 nafar farzandni dunyoga keltirdi. Afsuski, navbatdagi farzandi tug’ilayotgan paytda vafot etdi. Hayotini farzandiga baxshida etdi. Undan Sarvinoz, Zebuniso, Salomat, Muxlisa, Feruza ismli farzandlar qoldi.
OQMACHITLIK DIN PESHVOSI

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling