Diplomsiz ziyoli


Download 0.51 Mb.
bet13/52
Sana17.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1522625
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   52
Bog'liq
Эшонов Чоршанбе 1960

Jang’aboev Bahodir
(1963-2020)
Darband qishlog’ining Xami kabud massivida mashhur Jang’aboev Mahammadin xonadonida tug’ilgan Bahodir yoshlikdan chayir, mehnatkash, dilso’z inson sifatida o’zining tinib-tinchimasligi, beminnat xizmatlari bilan el orasida tezda tanildi. U har bir ishni o’z vaqtida bajarishga harakat qilardi. Muzrabotda yashab, tadbirkorlik bilan shug’ullanib, solih farzandlarni voyaga yetkazdi. Xushmuomalaligi, mehribonligi, mehnatkashligi bois xalqimizning hurmatiga sazovor bo’lgan edi. Rafiqasi Eshonova Basanda bilan osuda umr kechirib farzandlari: Baxtiyor (2021 yilda vafot etgan) Xoliq, Nargiza, Nigora, Niginalarni barkamol qilib tarbiyaladi. U Muzrabot qabristoniga dafn etildi.

SOG‘LOM TURMUSH TARZINI YARATISH UCHUN…


Elbekov Yo’ldosh
(1963-1998)
Elbekov Yo’ldosh Muzrabotda tug’ildi. U A. Rudakiy nomli o’rta maktabni tamomlab, Termiz savdo texnikumida tahsil oldi. Butun umr savdo va sport sohasida ishladi. Sog’lom turmush tarzini yaratishda jonbozlik ko’rsatdi. Madaniyatli, bilimli hamqishloqlarimizdan biri edi u. Rafiqasi Sohibqulova Salima bilan Sadina, Sarvar, Gulnora ismli farzandlarni kamolga yetkazdi.
MANSURNING TASHABBUSI
Tog’aev Mansur
1964-2020
Hoji Yusuf Tog’aev xonadonida tug’ilgan Mansurjon oilada o’z xulq-atvori, mehrIbonligi bilan ajralib turardi. Yoshlikdan bilimga, mehnatga chanqoq bo’lgan Mansur o’rta maktabni tugatadi. Shu yili Tojikiston Politexnika institutining PGS fakultetiga o’qishga kirib, 1988 yilda uni muvaffaqiyatli bitirdi. O’sha vaqtlarda ish beruvchilar Mansur kabi salohiyati yuqori kadrlarning yo’lini poylab o’tirishardi. Shunday bo’ldi: u shu yilning o’zida Dushanbe shahrida texmontaj korxonasida muhandis sifatida ishlay boshladi.
1990 yilda Muzrabot tumaniga kelib ishlab chiqarish qurilishlarida ishlaydi. 1991 yildan toki 1998 yilgacha Muzrabot tumani Gagarin massivida joylashgan yirik korxona SPMK boshlig’i lavozimida ishladi. U 1998 yili “Maftuna” xususiy firmasini tashkil etib, mustaqil ishlay boshladi. Beshqo’ton massivida uning tashabbusi bilan bitta g’isht ishlab chiqaradigan zavodini ishga tushiradi.
Shundan biroz vaqt o’tib u tuman markazida yangi mehmonxona binosini qurishni boshlagan kunlarning birida bevaqt o’lim uni ayni navqironlik chog’ida oramizdan olib ketdi. Rafiqasi Tog’aeva Farog’at bilan Azizjon, Mavjuda, Maftuna, Azimjon singari oqil farzandlarni kamolga yetkazdi. Zamonamizning ilg’or shaxlaridan biri Mansur Tog’ayev Darband qabristoniga dafn etildi.
SO‘NGGI LAHZA YOXUD UNING IMZOSI QOLDI…

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling