Diplomsiz ziyoli


Download 0.51 Mb.
bet21/52
Sana17.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1522625
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   52
Bog'liq
Эшонов Чоршанбе 1960

FAQAT AJAL MAG‘LUB ETDI…
Ramazonova Sabohat
(1967-2002)
Bu hamqishlog’imiz Muzrabot tumanining Yangiobod massivida tug’ildi. Otasi To’ra bobo Ramazonov, onasi Imomqulova Zulayxo edi. U Boboavaz qavmidan edi. Yoshlikdan izlanuvchan, aqlu zakovatli bo’lgan bu ayol o’rta maktabni a’lo baholar bilan tamomladi. Keyinchalik hamqishlog’imiz Sherxonov Nosirga turmushga chiqib Xusrav va Firdavs ismli farzandlarni kamolga yetkazdi. Ammo uning umri qisqa ekan. Sabohat kasallik tufayli olamdan o’tdi. Bu ayol umri davomida ko’p musibatlarni boshidan kechirdi. Yetti farzanddan ikkitasigina tirik qoldi. Uning ham bittasi keyinchalik vafot etadi. Xudo bu ayolga shuncha sinov berdi. U bu sinovlardan insoniyligini yo’qotmay mardonavor o’tdi.
Ammo o’limga hali hech kim bas kelolmagan. U o’n gulidan bir guli ochilmay xazon bo’ldi.


DIYONAT TASHVIQOTCHISI
Imomqulov Faxriddin
(1968-2020)
Inson berilgan qisqa umri davomida o’zining nomini tarixda qoldirishi hech gap emas. Faqat shunga intilishi, mehnat qilishi, aql bilan ish tutib butun bilimi, qobiliyatini yuzaga chiqarish uchun tinmay o’qib o’rganib, hayotga ijodiy yondashishi kerak. Ana shundagina har bir kishi ko’zlagan maqsadiga yetishi, xalqining qalbida abadulabad manzil topishi mumkin.
Bu qahramonimiz ham qisqa umri davomida xalqining e’tiborini qozonib, dinu diyonatga oliy darajada yondashib, elni to’g’ri yo’lga hidoyat etish, ularning dinimizga bo’lgan mehrini oshirish, e’tiborini kuchaytirib saxovatpeshalik oliyhimmatlik, eng muhimi, Alloh izmida bo’lib Vatannning rivoju ravnaqiga salmoqli hissa qo’shishga undadi. O’zi ham o’qituvchilik bilan birga odamlarning diniy savodxonligini oshirishga harakat qildi. To’yu-ma’rakalarda berilgan savollarga to’g’ri javob berib dinni targ’ib etish, to’g’ri yashash, hallolik poklikka intilib yashashga da’vat etdi.
Denov tumanining Hazorbog’ qishlog’ida dunyoga kelib oilalari Qiziriqqa ko’chib kelgach 1974 yili shu tumanninig beshinchi xo’jaligidagi 12 sonli maktabga tahsil olib maktab davridayoq to’garaklarga ishtirok etib o’zining bilimdonligi zukkoligini namoyon etgan hamqishloqlardan biri edi. 1985 yilda Tojikiston Texnika Universitetini qurulish fakultetiga o’qishga kirib uni muvaffaqiyatli tamomlab o’zi o’qigan 12 sonli maktabda matematika fani o’qituvchisi sifatida faoliyat ko’rsatdi.
Dushanbeda talabalik paytidayoq o’zini iqtidorini namoyon etgan, baquvvat bo’lganligi bois karateda qatnashib, Dushanbe shahri bo’yicha o’tkazilgan musobaqada faxrli o’rinni egallab, diplom va sovg’alar bilan taqdirlangan edi.
Shu davr mobaynida u ilm-fan bilan jiddiy shug’ullanib, bobolaridan meros qolgan (Mulla Mirzo Umar donishmand shoir yozuvchi yigirmanchi asrda yashab dinu diyonatli bo’lganligi bois qatag’onga uchrab qamalib 17 yil Sankt-Peterburgning Nikolaevsk turmasida yotib chiqib kelgan inson, she’riy kitoblari mustaqilliik davrida “Munojot” nomi bilan chop etilgan.) qo’lyozmalarini she’r tartibiga keltirishi, diniy-dunyoviy bilimlarni o’rganishga jiddiy kirishdi. Chunki bobosi mulla Mirzo Umardan yoshlikdan “Qur’oni karim”ni o’rganib uni yod olgan edi.
Afsus umr vafo qilmadi. Ko’p ijodiy ishlari qolib ketdi. Kasallik bois nogironlik nafaqasiga chiqqan hamqishlog’imiz 2020 yilda olamdan o’tdi. U rafiqasi Devonaqulova Dilbar bilan farzandi Muhammadni kamolga yetkazdi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling