Diplomsiz ziyoli
Download 0.51 Mb.
|
Эшонов Чоршанбе 1960
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muhamadinov Zamir (1968-1983)
- BAHRIDDINNING QIRQ YETTI LAHZASI Imomqulov Baxriddin (1968-2015)
- DAVRONNING IZLARI…
Umurqulov Nurali
(1968-2013) Nurali Darband qishlog’ida dunyoga keldi. U xo’jalikda mashhur cho’pon, yilqiboqar sifatida tanildi. Nuralining hayotida ulkan qahramonlilklarni uchratmaysiz. U jamiyat hayotida olamshumul kashfiyotlar yoki gazaetalarga mavzu bo’ladigan g’aroyib ishlar bajargan emas. Bunday insonlarning oddiy hayot tarzi, odamlarga qilgan yaxshiliklari doimo gazetaga sig’may uning hoshiyalarida qolib ketadi. bu kitob har bir inson kim uchundir, kimningdir qahramoni ekanligini bayon etadi. Taraqqiyot sahnasidagi ijrochilarni ham, sahnaorti qahramonlarini ham qamrab oladi. Nurali ana shunday sahnaorti ijodkorlaridan edi. U oilaparvar inson edi. Rafiqasi Nazarova Basanda bilan farzandlari: Hotam, Mirali, Ramziddin va Qudratoylarga ziyoli oila muhitini yaratib berdi. Muhamadinov Zamir (1968-1983) Dar dehai Darband tavallud yoftaast. Solhoi 1975-1985 dar maktabi deha tahsil girifta borho dar ozmunhoi fanni choyi namoyonro ishg’ol namuda bud. Afso’s margi bemahal o’ro dar sinni 15-solagi darrabud.Xotirai neki o’ dar dilu didai hamdehagon boqi memonad BAHRIDDINNING QIRQ YETTI LAHZASI Imomqulov Baxriddin (1968-2015) Har bir kasb egasining taqdiri, xalqiga xizmat qilgani o’zi bir kitob. Agar el-yurt uni eslasa, u haqida gapirib gurunglarda “u zo’r odam edi”, deb tilga olsa, demakki, u barhayot. Har doim vafot etgan hamqishloqlar haqida odamlardan yaxshi bir xotira eshitsak, kishining qalbiga iliqlik inadi. Ayniqsa, shifokorlar haqida gap ketganda butun viloyat bo’ylab Bahriddin Imomqulovning nomini ko’p kishi mamnuniyat bilan tilga oladi. Uning zukkoligi, o’z kasbini yaxshi bilgani, eng muhimi, butun kuch-g’ayratini xalq salomatligi yo’lida baxshida etgani haqida to’lqinlanib gapirishadi. Ha, yaxshi insonlar xotirasi abadiydir. Ularning savobli ishlari asrlar osha yod etiladi, kitoblarga yoziladi. Hamqishlog’imiz Qiziriq tumanida taqvodor oilada, ya’ni Mulla Umar sulolasining davomchisi, uning farzandi Ro’zimurod akaning xonadonida tug’ildi. Ro’zimurod aka o’zi bilimdon, qur’onxon, ziyoli kishilardan edi. Farzandlarini ham tarbiyali etib voyaga yetkazishga harakat qildi. Jumladan, o’g’li Baxriddin 1993 yilda Toshkent tibbiyot institutining davolash fakultetini tugatgan hamqishlog’imiz o’z faoliyatini viloyat 1 sonli shifoxonasining travmatologiya bo’limida boshladi. Butun umrini insonlar salomatligiga bag’ishlagan Baxriddin oliy toifali travmatolog-ortoped sifatida xalqimizning e’tiboriga tushdi. Uning ijobiy fazilatlari, kamgapligi, xushmuomalaligi, mehribonligi, vafotidan so’ng ko’p insonlarni qayg’uga soldi. Uzoq tog’li qishloqlardan fotihaga kelgan insonlar uning xonadonida uvvos solib yig’lab, shifokor haqidagi xotiralarini gapirib qarindosh-urug’larga, farzandlariga tasalli berishdi. Insonning umri qisqa. Qisqa umr davomida ham odamlar yuz yil yashab orttirolmaydigan ezgu amallarga yarasha ehtiromni qisqa umr davomida ham olish mumkin ekan. Hammaga har xil fursat, har xil miqdor berilar ekan. Bahriddin o’ziga berilgan lahzalarni isrof qilmadi. U shu qisqa fyrsat ichida odamlar asr osha amalga oshirolmaydigan ishlarni bajarib, xalqimizning ehtiromiga sazovor bo’ldi. U Safarova Umida bilan osuda hayot kechirib, Islom, Ilhom, Maxfuza ismli farzandlarni kamolga yetkazdi. DAVRONNING IZLARI… Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling