Diplomsiz ziyoli


Download 0.51 Mb.
bet27/52
Sana17.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1522625
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   52
Bog'liq
Эшонов Чоршанбе 1960

Inoqov Xurshid
(1970-2021)
Xurshid Muzrabot tumanida tug’ilib, shu yerdagi o’rta maktabni tamomlaydi. 1992 yilda Termiz davlat universitetining jismoniy tarbiya bo’limiga o’qishga kirdi. Oliygohni muvaffaqiyatli tugatib, qishloq maktabida jismoniy tarbiya o’qituvchisi sifatida yoshlarga dars berdi.
Har bir o’tkaziladigan darsga ijodiy yondashib, ko’p yoshlarni sportga qiziqtirib shogirdlar tayyorlaydi. U A’zamova Nasibaga uylanib Mashrab, Nilufar, Sunatillo ismli farzandlarini kamolga yetkazdi.


BOLALAR BARIBIR UNI KUTAVERISHADI…
Jumaqulova Nodira
(1972-1990)
Hayotda inson bevaqt vafot etmasin ekan. Nodira ota-ona, qavmu qarindoshlarini yig’latib, 18 yoshida bu hayotni tark etdi. U Termiz shahrida, Qaraqul bobo va Turdixol momo xonadonida dunyoga keldi. Termiz shahridagi
2 o’rta maktabda o’qidi. Termiz tibbiyot kollejini tamomlab, bolalar bog’chasida hamshira bo’lib ishlar edi. U bolalarning jonu-dili edi. Bolalar har kuni uning ishga kelishini intiq bo’lib kutishardi. Ammo kunlarning birida u bog’chaga kelmadi. Bolalar yo’ldan ko’z uzmay uni so’rab to’polon qilishdi. Indiniga ham bu hol takrorlandi. Undan keyingi kuni ham. Keyin bolalarga sevimli opalari endi hech qachon kelmasligini tushuntirishdi. Ular bunga ishonmay kutaverishdi. Chunki Nodira texnika falokati tufayli o’sha mash’um 1990 yilda, 18 yoshida vafot etgan edi. Bolalar uni kuta-kuta ichikib qolishdi. Darband qabristoniga dafn etildi.
Xolmahmatov Najmiddin
(1970-1988)
Najmiddin Darbandda tug’ildi. Qaerda o’qib ishlaganligi, oilasi, qarindoshlari haqida ma’lumot berilmagan.

FARZANDLAR KAMOLINI KO‘ROLMAY…


Pirimov Jamshid
(1970-1999)
Jamshid Darbandning Qapchig’ay mahallasida tug’ildi. U o’rta maktabni tamomlab Muzrabot tumanidagi kolejjning hisobchilik bo’limida o’qidi. Harbiy xizmatdan so’ng Muzrabotdagi savdo tashkilotlarida ishladi. Amakisining qizi Bo’riqul Primovni qizi Gulbahorga uylanib baxtli hayot kechirayotgan bir paytda bevaqt o’lim uni o’z girdobiga tortdi. U 1999 yilning 5 avgustida vafot etdi. Ota-ona qavmu qarindoshlar bu nogohoniy o’limdan iztirobga tushib undan yodgor qolgan qizlarini bag’irlariga bosgancha vidolashdilar. Undan Elmira va Boyota ismli farzandlar qoldi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling