Diplomsiz ziyoli


Download 0.51 Mb.
bet30/52
Sana17.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1522625
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   52
Bog'liq
Эшонов Чоршанбе 1960

QAHRAMONNING ARMONI
Rahimov Qahramon
(1971-2002)
Mirzo Rahimovning farzandi Qahramon 1971 yilda Termiz shahrida tug’ildi. U 3 o’rta maktabning rus guruhida ta’lim oldi. O’rta maktabni tamomlab tadbirkorlik bilan shug’ullandi. Kasallik tufayli hayotdan bevaqt ko’z yumdi. Qahramonning onasi Basanda momo o’g’lining dog’ida faryodlar chekib, uning oxiratini obod qilishini Ollohdan tilaydi. Qahramon uylanmagan edi. Undan zurriyot qolmadi.
EL TINCH OROM OLSIN, DEB…
Berdiev Shuxrat
(1971-2020)
Shuxrat Termiz shahrida tug’ildi. U o’rta maktabni tamomlab Termiz qishloq xo’jalik kollejida tahsil oldi. Harbiy xizmatni o’tab kelib, bir umr chegara qo’shinlarida harbiy xizmatchi sifatida o’z burchini sharaf bilan ado etdi. Har bir topshiriqni o’z vaqtida bajarib, safdoshlari orasida eng ko’p mukofot bilan taqdirnomalarga sazovor bo’lgan edi.
Bir necha bor O’zbekiston davlat Mustaqqilligining esdalik ko’krak nishonlari hamda harbiy medallar bilan taqdirlandi. U rafiqasi Abdukarimova Ra’no bilan farzandlari: Ismoil, Zarina, Iskandarlarni hech kimdan kam qilmay kamolga yetkazdi.


AMINBOYNING TO‘NG‘ICHI
Aminov Muxiddin
(1970-2013)
Aminov Muhiddin Termiz shahrida uzoq yillar savdo sohasida sharaf bilan ishlagan hamqishlog’imiz marhum Yusuf Aminov xonadonida tug’ilgan edi. Yoshlikdan bilimga chanqoq Muhiddin o’rta maktabni a’lo baholar bilan tugatib, Toshkent oliygohida o’qidi. So’ng Termiz shahriga qaytib kelib, turli sohalarda ishlab yurdi. Biroq uning to’satdan nobud bo’lishi ota-ona qarindosh-urug’lar boshiga katta musibat keltirdi. Ayniqsa, Yusuf aka o’g’lining dabdurustdan vafot etganidan chuqur qayg’uga tushdi. Kasalmand bo’lib qoldi.
Albatta, hech bir ota-ona farzand dog’ini ko’rmasin ekan. U rafiqasi Avazova Nasiba bilan farzandlari: Lola, Zahriddin, Laylo va Charoslarni kamolga yetkazdi. Na chora, uning qolgan umrini farzandlariga bersin, deb biz tiriklar barcha qayg’u -alamlarga chidar ekanmiz. Hijron, azob, toqat faqat inson uchun yaratilgan ekan. Har qanday vaziyatda ham inson barcha kulfatga, alam-uqubatga, dardga chidar ekan.
“SHOIRAM, DEB YO‘ QLANGIZ MENI…”

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling