Diplomsiz ziyoli


Download 0.51 Mb.
bet31/52
Sana17.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1522625
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   52
Bog'liq
Эшонов Чоршанбе 1960

Cho’ponova Gulandom
(1971-2021)
Har bir insonning hayoti bir tarix. Kimdir erta, kimdir kech bu dunyoni tark etadi. Biroq umrini yashab, oshini oshaganlarga boqib dil taskin topadi. Endi hayot ta’mini totib farzandlarini voyaga yetkazib, nabiralar davrasida huzur-halovat qilaman, deganda vafot etgan kishilarning taqdiri kishini iztirobga soladi. Hamqishlog’imiz Gulandom ham bir umr vatanga munosib xizmat qilib farzandlarining oliy ma’lumot olishlariga sharoit yaratib berib, uyli-joyli qilishga ulgurib to’satdan vafot etgani hamqishloqlarni qayg’uga soldi.
U Muzrabot tumanida tug’iladi. O’rta maktabni bitirgach, 1990 yilda hamqishlog’imiz Ashurboev Nusratilloga turmushga chiqdi. Gulandom 1997-2004 yillarda Termiz shahridagi maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyachi vazifasida ishladi. Faqat bu orada bir narsani yozib qoldirishni o’zimning burchim, deb bilaman. Negaki, bu ayol ro’zg’ori uchun ko’p mashaqqat chekkan, halol mehnat qilgan, shuning barobarida ishonasizmi-yo’qmi, she’rlar bitgan shoira ayol edi. U she’rlar yozar, lekin hech kimga ko’rsatmas, faqat o’zining tan marhami bo’lgan Nusratilloga bir ikki marotaba “men she’r yozyapman, hatto ham tojik va o’zbek tilida ravon she’r yozyapman”, deb aytganida u esa uni kulgiga olib: “Sen qaydayu she’riyat qayda?!”, deb ishonqaramay e’tibor bermaganidan bugun afsusda…
Ha, hayot o’zi tasodiflardan iborat. Ajal o’zi insonni ogohlantirarmikan, uni sezamizu birovga aytolmaymiz. Agar shunday bo’lmasa, bu farishta ayol xuddi o’limini sezgandek, “Shoiram deb yo’qlangiz meni”, deb yozmas edi.
Ana shunday hamqishlog’imiz bo’lgani uchun ko’zlarim yoshga to’ldi. U hayotdan o’tgandan so’ng uni turmush o’rtog’i Nusrat Ramazonov ko’zlaridan duv-duv yosh to’kib, uning yozgan she’rlarini kitob tayyorlash jarayonida menga olib keldi. O’qib ko’rdik. Bir nechtasini kitobga joylashtirdik. Mana, do’stlar, bir hamqishlog’imizning ichki hissiyotlari, adabiyotga, she’riyatga bo’lgan hurmat-e’tibori. Undan Umidillo, Shohruh, Farzona ismli farzandlar qoldi.
Xazon, kelib o’tganda bahor,
Guloyim, deb eslangiz meni,
Qiyomatda qolganda diydor,
Shoiram, deb yo’qlangiz meni.

Bulbul yashar, yashnasa chaman,


Inson yashar umri boricha,

Umrim tugab, qolmasa bir on,


Mohiram, deb eslangiz meni.

Umrim o’tar o’tgandek karvon,


Gohi g’amli, gohida shodon,
Rangim so’lib, qolmaganda jon,
Jonginam, deb yo’qlangiz meni.

Mag’rur boshim ko’kka yetsa ham,


Ajal yetsa bo’larman taslim,
Qolmasa-da hech bir armonim,
Mag’rurim, deb eslangiz meni.

Ba Nusratillochon..


Dilam sardu saram dardmand,


Nadonistam chi xislat shud,
Naxodki manzilam nazdik,
Naxodki umram oxir shud.

Hamon ro’zek ki man miram,


Tu boshi chsoni shirinam,
Makun hargiz faromo’sham,
Tu ey ro’zgori shirinam.

Hamon umre ki bo tu bud,


Bahore budu bigzasht,raft,
Mashav g’amgin,maso’z chonam,
Namonda hech armonam.

Doram se gavhari noyob,


Yakesh mohu duyash oftob,
Nigohbon shav tu onhoro,
Ditlu chonu samarhoro.

YURGAN DARYO



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling