Diplomsiz ziyoli


OZARBAYJONDAN KELGAN TOBUT


Download 0.51 Mb.
bet29/52
Sana17.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1522625
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   52
Bog'liq
Эшонов Чоршанбе 1960

OZARBAYJONDAN KELGAN TOBUT
Safarov Xudoyberdi
(1970-1989)
Xudoyberdi Boysun shahrida tug’ildi. Otasini Safarov Ahmad deyishardi. Onasining ism-sharifi esa Rustamova Sharbat edi. U oilaning yakkayu yagona o’g’il farzandi edi. Ana shu erka o’g’il o’rta maktabni tamomlab Termiz savdo texnikumida o’qidi. O’ta sho’x, odobli-axloqli bo’lgan Xudoyberdini opalari, qarindoshlar shunchalik yaxshi ko’rganki, u o’zining shirinsuxanligi, mehribonligi bilan bunga loyiq bo’lgan edi. Xudoyberdi 1989 yil harbiy xizmatni Ozarbayjonda o’tayotgan paytda texnika falokati tufayli vafot etadi. U ham yurt uchun jon berganlardan biri edi. Xolam o’g’lining izidan Ozarbayjonga yetib boradi.
Biroq harbiylar tobutni Boysunga olib kelgan bo’ladilar. Ozarbayjon ko’chalarida baqirib yig’lagan xolamni ko’rgan kishilar, harbiylar unsiz yig’lab unga hamdardlik bildirib, iloji boricha tezroq uni vataniga qaytarishga ko’maklashadilar. Xolam Boysunga yetib kelganda tobutni ochmay olib o’tirgan opalar, qarindoshlar qon yig’lab onani kutib oladilar. Bu fojia onaizorni kasallikka chalintirdi. Biroq hali ham xolam 90 yoshdan o’tgan bo’lsalar-da yolg’iz o’g’illarini xotirlab ko’zlaridan duv-duv yosh to’kiladi. Men quyidagi maqolani xolamnining qalbiga taskin bo’lishi uchun yozdim. Xolam meni judayam yaxshi ko’radi. U menga: “Agar mabodo rixlat qilgudek bo’lsam, mening boshimga kelib Xudoyberdijon o’rniga “onam”, deb yig’laysan, deb vasiyat ham qiladi...
Mening onam 58 yoshlarida vafot etdi. “Onaning hidi xoladan keladi”, degan gap bor. Hozirda har doim borib xolamni ko’rib, duolarini olaman. Chunki bizlar endi katta bo’lib xizmatlarini qilamiz, degan payt onajonimiz to’satdan qazo qildi. Onamning ortidan sakkiz nafar farzand izzillashib yig’lab qoldik. G’am otamizning qaddini bukdi. U onam va ukalarining dog’iga chidayolmay besh yildan so’ng hayotdan ko’z yumdi. Oilamiz sarobonsiz qoldi. Dilimizda armon qoldi. Shundanmi, hammamizning xolamizga mehrimiz bo’lakcha. Iloho, baxtimizga yuz yoshga kirsinlar. Omin...
Iskandar Mirzo ONA NIDOSI


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling