Diplomsiz ziyoli


Download 0.51 Mb.
bet18/52
Sana17.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1522625
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   52
Bog'liq
Эшонов Чоршанбе 1960

YAKKAYU YAGONA DILBAND
Bobomurodov Xoliyor
(1964-2000)
Xoliyor ota-onaning Xudodan tilab olgan yakkayu yagona farzandi edi. Shu boisdanmi, ota-ona bor mehrini, e’tiborini Xoliyorga bag’ishlab uni yaxshi parvarish etdi. Baribir bitta farzandga e’tibor qaratish o’ntaga qarashdan tamomila farq qiladi. Xullas, u oilada yaxshi tarbiya topdi. Onasi Jannat momo, otasi Bobaboy yagona dilbandlarini shunday tarbiyaladilarki, ko’rgan odam uning odob-axloqi, odamshavandaligiga havas qilar edi. Xoliyor o’rta maktabni tugatib, Samarqand zooveterinariya texnikumini imtiyozli diplom bilan bitirdi. Darbandga qaytib xo’jalikda mehnat qildi. So’ng 1987 yilda qishloqda brigada boshlig’i bo’ldi. 1990 yilda esa ombor mudiri bo’lib ishladi. U ishda ilg’or, atrofdagilar bilan munosabatda samimiy, qishloqning faol yoshlaridan edi.
Afsus umr vafo qilmadi. 2000 yil kasallikka chalinib vafot etdi. U rafiqasi bilan Odil, Olim, Shaxboz, Farangizlarni kamolga yetkazdi.

BAHRIDDIN BADAVLAT EDIMI?


Sohibov Bahriddin
(1965-2000)
Bahriddin Darbandda tug’ilib-o’sdi. U o’rta maktabni tamomlab, Tambov shahridagi pedagogika institutida tahsil oladi. O’qishdan so’ng vatanga qaytib, Muzrabot tumanidagi A.Nabiev nomli o’rta maktabda o’qituvchilik qildi. Qisqa muddatda o’zining qobiliyati, bilimdonligi bilan jamoa o’rtasida ehtiromga sazovor bo’ladi. Biroq Bahriddinning umri qisqa ekan. U 2000 yilda hayot bilan vidolashdi. Ammo tangri uni biri-biridan shirin farzandlar bilan siylagan edi. Bu jihatdan Bahriddin baxtli va badavlat edi. U rafiqasi Norqulova Gulandom bilan farzandlari: Guljahon, Gulnora, Komil, Bahodir, Baxtiyor, Gulmiralarni kamolga yetkazdi. Bunday serfarzand odamga odatda kishilar “boy ekansiz”, deyishadi. Bahriddin ham ana shunday boy edi.

ISHSIZLARNING XALOSKORI


A’zamov Isroil
(1965-2013)
Isroil Darband qishlog’ida dunyoga keldi. O’rta maktabni tahsilida so’ng Dushanbe avtoyo’l institutida o’qidi. Bu dargohdan Surxondaryoga qaytib Muzrabot tumanida savdo sohasida ishlay boshladi. Tadbirkor, sezgir inson bo’lgan hamqishlog’imiz bu yerda qator do’konlarni tashkil etib, odamlarni ish bilan ta’minlashda munosib hissa qo’shdi. Bu ishi bilan qancha uyda qorqa qozonlar yana qayanab turishini ta’minladi. Uning rafiqasi Zuxra ismli ayol edi. Ular Zebuniso, Sitora, Sanjar ismli farzandlarni tarbiyalashdi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling