N. N. Lange
Jahon psixologiyasi faniga o’zining durdona asarlari bilan tanilgan olimlardan biri-bu rus psixologi N. N. Lange hisoblanadi. U o’zining "Irodaviy diqqat nazariyasi" degan kitobida (1893 yilda bosilgan) diqqatning nazariyasiga baqishlangan jamiki ishlarning xronologik tarzda turkumlarga (gurushlarga) ajratib xayrli ishni amalga oshirgan.
N. N, Langening nazariy muloshazalarini turkumlashtirish muammosi yuzasidan fikrlar
P. Ya. Galperinning asarida ham keng joy ajratilgan ( P. Ya. Galperin, S. L. Kabilniskaya. Formirovanie (eksperimentalnoe) vnimaniya. M. : MGU, 1974). N. N. Lange diqqat muammosini o’rganishning qadimgi davrdan boshlab, to XIX asrgacha bo’lgan rivojlanish bosqichini sakkiz turkumga ajratgan holda tashlil qiladi va ularning har birini o’ziga xos xususiyatlari atroflicha ochib beriladi.
Ch.Sherrington ”Voronkasi” yoki umumiy harakat maydoni nazariyasi.
Diqqatning fiziologik asoslari haqida gap yuritilganida, yana ikki muhim hodisa: nerv jarayonlarining irradiatsiyasi va dominantlik haqida aytib o’tish joiz. CH. SHerrington tomonidan belgilangan va akademik I.P. Pavlov tomonidan keng qo’llanilgan nerv jarayonlarining induktsiyasi qonuniga binoan,
bosh miya po’stlog’ining biror sohasida yuzaga keladigan qo’zg’alish
boshqa sohalarining tormozlanishiga sabab bo’ladi (baravar induktsiya) yoki miya ushbu sohasining tormozlanishi bilan almashinadi (ketma-ket induktsiya). Irradiatsiya hodisasi sodir bo’ladigan bosh miya po’stlog’i sohasida qo’zg’alish uchun qulay sharoitlar yaratilgani uchun darajalar oson ishlab chiqariladi, yangi shartli aloqalar samarali tarzda o’matiladi. Bu fiziologik jarayonlar diqqatni ta’minlaydi
Optimal qo`zg`alish o`chog`i va I.P.Pavlovning orientirovka refleksi.
Odamga har bir daqiqada ta'sir qilib turadigan qo’zg’atuvchilar turlicha reflekslarga sabab bo’ladi. Chunki har qanday refleks organizmning tashqi ta'sirotga beradigan qonuniy javob reaksiyasidir.
Diqqaming nerv-fiziologik asosida orientirovka yoki tekshirish deb ataladigan maxsus refleks yotadi. Bunday refleksni akademik I.P.PavIov maxsus ibora bilan "bu nima gap refleksi" deb ham ataydi. Ana shu refleks odatda organizmga to’satdan birorta yangi narsaning ta'siri yoki haddan tashqari kuchli ta'sirot orqali hosil bo’ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |