Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana19.04.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1366739
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
masofaviy-online-ochiq-kurslarda-pedagogik-ta-lim-innovatsion-klasteridan-foydalanish

 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 
Talim tizimida o’quv jarayonini yangidan isloh qilish, yangi informatsion 
texnologiyalarga asoslangan o’qitish usullarini ishlab chiqish, ularni keng joriy qilish 
bugunning talabidir. Bunda masofaviy talim tizimini joriy qilish maqsadga 
muvofiqdir. 
90 yillarning boshlarida İnternetning keng ommalashishi, ayniqsa WWW 
(World Wide Web-Butun dunyo wrgimchaklari twri) tizimining joriy etilishi talim 
tizimiga yangi «masofaviy talim» yo’nalishini olib kirdi. 


Academic Research in Educational Sciences 
VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1364-1369 
Google Scholar 
Scientific Library of Uzbekistan 
Academic Research, Uzbekistan 1365 www.ares.uz 
Masofaviy talim (MT) - bu informatsion va kommunikatsion texnologiyalar - 
Elektron pochta, İnternet, video konferentsiya, audio, video malumotlar va 
multimedia o’quv qo’llanmalariga asoslangan uzoqdan turib o’qitish, o’rgatish 
usulidir. Masofaviy talimda talabadan doimiy faoliyat – interaktiv o’qitish talab 
etiladi. Bu esa mutaxassisning bilimi va qobiliyatini sifat xarakteristikasini oshiradi. 
MTning texnologiya elementlari hatto 20 yillardan beri kwrib kelinadi. Bunga 
Rossiya tajribasidan misol qilib general A. M. Shanyavskiy nomidagi Moskva Xalq 
Universiteti, Naxotka shahridagi Morexodnaya maktablarini olish mumkin. Bu erda 
V. P. Chernov 1987 yili masofaviy o’qitishni joriy etgan. 
Birinchi marta ta’lim klasteri atamasi Maykl Evgeniy Porter tomonidan ilmiy 
qo'llanishga kiritildi. U ilmiy ishlarida klasterga shunday ta’rif beradi: "klaster - bu 
bir -biriga bog'langan kompaniyalar, ixtisoslashgan etkazib beruvchilar, xizmat 
ko'rsatuvchi provayderlar, tegishli sohalardagi firmalar, shuningdek, ma'lum 
sohalardagi faoliyati bilan bog'liq bo'lgan, raqobatlashadigan, lekin shu bilan birga 
birgalikdagi ishlarni olib boradigan tashkilotlardir.[2] 
Maykl Porter nazariyasiga ko'ra, klaster geografik jihatdan qo'shni bo'lgan o'zaro 
bog'liq kompaniyalar (yetkazib beruvchilar, ishlab chiqaruvchilar va boshqalar) va 
muayyan sohada faoliyat yurituvchi tashkilotlar (ta'lim muassasalari, davlat organlari, 
infratuzilma korxonalari) guruhidir deb izoh beradi. 
Tizimli yondashuv nuqtai nazaridan esa, klaster - bu yagona tashkiliy 
tuzilishga birlashtirilgan, elementlari o'zaro bog'liq va o'zaro bog'liq bo'lgan, ma'lum 
maqsadlar uchun birgalikda faoliyat ko'rsatadigan, bir -biri bilan bog'liq bo'lgan turli 
tarmoqlarning xo'jalik yurituvchi sub'ektlari yig'indisidir [3].
M. Porter shuni ko'rsatdiki, kompaniyaning raqobatbardoshligi ko'p jihatdan 
uning iqtisodiy muhitining raqobatbardoshligi bilan belgilanadi, bu esa o'z navbatida 
klaster ichidagi asosiy shartlar (umumiy resurs) va raqobatga bog'liq. 
Ta'kidlash joizki, M. Porter mahalliy hududda joylashgan va bozorga kirishda 
umumiy vazifalar bilan birlashtirilgan firma va kompaniyalar uchun ko'rib 
chiqilayotgan kontseptsiyani kiritdi. Ammo uning tadqiqotlari internet hali keng 
tarqalmagan paytda nashr etilgan edi. Bugungi kunda hududiy yaqinlik klaster 
komponentlari o'rtasidagi aloqalarni saqlab qolish uchun tobora muhim ahamiyat 
kasb etmoqda. Hozirgi vaqtda hatto yangi kontseptsiya - aholi klaster zonasidan 
ancha uzoq masofada joylashgan masofali klaster joriy etilmoqda. Bunday holda, 
klaster doirasidagi obektlarning tarmoqdagi o'zaro ta'siri haqida gapirish mumkin [4]. 



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling