Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0


Academic Research in Educational Sciences


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana19.04.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1366739
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
masofaviy-online-ochiq-kurslarda-pedagogik-ta-lim-innovatsion-klasteridan-foydalanish

 


Academic Research in Educational Sciences 
VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1364-1369 
Google Scholar 
Scientific Library of Uzbekistan 
Academic Research, Uzbekistan 1367 www.ares.uz 
MUHOKAMA 
Taʼlim tizimida mavjud kamchiliklarni oʻrganish va ularning tahlili shuni 
koʻrsatdiki, pedagogik taʼlim yoʻnalishlarini muvofiqlashtirish, istiqbolni 
rejalashtirish, taʼlim bosqichlari oʻrtasidagi aloqa va integratsiyaning sustligi, taʼlim 
subyektlari faoliyatidagi tarqoqlik hududlarda pedagog kadrlarga boʻlgan ehtiyojning 
qondirilmasligi va taʼlim sifatining pasayishiga sabab boʻlgan.
Pedagogik taʼlimning jamiyat barqaror rivojlanishidagi yuqori ijtimoiy ahamiyatidan 
kelib chiqqan holda zamonaviy talablar, tizimdagi muammolar va ularni hal qilishda 
fan va taʼlim boʻgʻinlari oʻrtasidagi aloqadorlikni taʼminlash uzluksiz pedagogik 
taʼlimni klaster rivojlanish tizimiga oʻtkazish zaruratini taqozo etmoqda. 
Pedagogik taʼlim innovatsion klasteri uzluksiz taʼlim tizimidagi barcha taʼlim turlari, 
ilmiy tadqiqot institutlari va markazlari, amaliyot bazalari, ilmiy va ilmiy-
metodik tuzilmalarning bir butunligi boʻlib, ularning birgalikdagi vazifalar 
taqsimlangan faoliyati pedagogik taʼlim tizimini sifat jihatidan yangi darajaga 
koʻtarish imkonini beradi. Binobarin, klasterning asosiy maqsadi oʻz tarkibiga 
kiruvchi taʼlimiy-ilmiy-innovatsion salohiyatni nafaqat yuqori fuqarolik va kasbiy 
layoqatlilik darajasi bilan, balki raqobatbardoshligi, yangiliklarni qabul qila olish 
qobiliyati, yangi taʼlim dastur va texnologiyalarini loyihalash hamda amalga oshira 
olish qobiliyatiga ega zamonaviy taʼlim mutaxassislarini tayyorlash uchun 
birlashtirishdir. 
Quyidagilar klaster tizimining subyektlari sifatida ishtirok etadi: 
– talabalar, magistrantlar va doktorantlar pedagogik amaliyot oʻtaydigan, taʼlimiy, 
ilmiy tadqiqotchilik, innovatsion va loyihalashtirish faoliyatini olib boradigan oʻquv 
va tajriba eksperimental baza vazifasini oʻtaydigan maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta 
maxsus, oliy va qoʻshimcha taʼlim muassasalari; 
– taʼlimning turli darajalaridagi yangilanishlarga muvofiq ravishda kattalarning 
qoʻshimcha taʼlimi tizimi muassasalari, bolalar va oʻsmirlarning maktabgacha, 
umumiy oʻrta, oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi pedagogik kadrlarini qayta tayyorlash 
va malakasini oshirish muassasalari; 
– hamkorlikdagi ilmiy tadqiqot faoliyati bilan shugʻullanayotgan va uni belgilaydigan 
ilmiy va ilmiy-metodik tuzilmalar, markazlar, ilmiy tadqiqot institutlari; 
Klaster tizimi har biri alohida faoliyat olib boradigan subyektlarni umumiy 
maqsad atrofida birlashtiradi va ayni paytda har bir subyekt umumiy maqsaddan kelib 
chiqqan holda xususiy manfaatdorlik asosida ish yuritadi. Klaster tizimi 
subyektlari bir-birini qoʻllab-quvvatlaydi va nazorat qiladi, har biri alohida 



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling