Direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti qayta tayyorlov kursining


Download 35.5 Kb.
bet3/5
Sana26.06.2023
Hajmi35.5 Kb.
#1656559
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ashurmatova Noila 2 chi M. ishi. Matematika

4.MIQDOR VA KATTALIK.
BALIQ OVI” O’YINI.

Maqsad: O’yin orqali katta va kichikni farqlashni o’gatish.

Kerakli jihozlar: 4ta yoki 8ta paqircha, 4 xil kattalikda qo’lda yasalgan ko’pgina baliqlar.

O’yinningborishi: Baliq ovi o’yinini musobaqa tarzida tashkil qilinsa, bolalar uchun qiziqarli bo’ladi. Bu o’yinda 8ta 4 xil kattalikda (ya’ni 2ta katta, 2ta o’rtacha, 2ta o’rtachadan kichikroq va 2ta kichkina) paqirchalar kerak bo’ladi. Baliqlar ham 4 xil kattalikda bo’ladi. (Baliqlarni kartondan yasab, ustiga rangli qog’oz yopishtirib, chiroyli ko’rinishga keltirish lozim yoki tayyor rangli baliqlar rasmiga karton yopishtirish kerak, sababi, o’yin paytida yirtilib ketmasligi uchun).
O’yinni tashkillashda bolalarni ikki guruhga ajratib olamiz. Bitta stol ustiga ko’pgina baliqlarni sochib qo’yamiz. Stolning ikki yoniga yana bittadan stol qo’yiladi va ustiga 4 tadan paqirlarni terib qo’yiladi. Tarbiyachi o’yinni bolalarga tushuntiradi. Bolalar stoldagi baliqlardan terib, o’zlarining paqirlariga solishadi. Katta baliqlarni katta paqirga, o’rtacha baliqlarni o’rtacha paqirga, undan kichikrog’ini uchinchi paqirga va eng kichik paqirchaga mayda baliqchalarni solishadi. Tarbiyachi o’yinni boshlaganda vaqt beradi. Berilgan muddatda bolalar qancha baliq ovlaganlari va paqirlarga to’g’ri solganlariga qarab, g’olib guruhni rag’batlantiradi.

5. FAZOVIY TASAVVUR.
BOLALARGA ENG YAQIN YO’LNI KO’RSATING” O’YINI.

Maqsad: Bolalarda fazoviy tasavvurlarini mustahkamlash.

Kerakli jihozlar: Uychalar, bolalar, do’konlar, maktab, teatr rasmlari tushirilgan (rasmlar rangli) 4 A formatdagi tarqatmalar, qalam.

O’yinning borishi: “Bolalarga eng yaqin yo’lni ko’rsating” o’yinida har bir bola o’zi mustaqil shug’ullanadi. Bu o’yinda bolalarning har biriga alohida rasmlar tushirilgan varoq tarqatiladi. Varoqda har xil binolar, bittadan qiz va o’g’il bolaning rasmi tushirilgan bo’ladi. Tarbiyachi bolalarga topshiriq beradi, bolalar bajarishadi. Topshiriq quyidagicha bo’ladi: bolalar o’g’il bolaga do’stining uyiga eng yaqin yo’lni ko’rsating (bolalar qalamda bolani rasmidan uygacha yaqin yo’lni chizib borishadi), yoki qiz bolaga o’zi turgan joyga nisbatan eng yaqin do’konga yo’lni ko’rsating (do’konlar turli masofada ikkita – uchta bo’ladi, eng yaqinini qalam bilan chizib ko’rsatadi) va hokazo. O’yin shu tarzda davom etadi. O’yinni tarbiyachi kuzatib boradi va bolalarning to’g’ri yoki noto’g’ri bajarganini tekshiradi. Adashgan bolalarga to’g’ri yo’lni ko’rsatib, tushuntirib o’tadi.


Download 35.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling