Direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti qayta tayyorlov kursining


Download 35.5 Kb.
bet2/5
Sana26.06.2023
Hajmi35.5 Kb.
#1656559
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ashurmatova Noila 2 chi M. ishi. Matematika

2. VAQT HAQIDA TUSHUNCHA.
FASLGA QARAB GAP TUZING” O’YINI.

Maqsad: Bolalarda fasllar haqida tushuncha hosil qilish.
Kerakli jihozlar: Fasllar rasmi tushirilgan tarqatmalar (kartochkalar).
O’yinning borishi: Bu o’yin judayam qiziqarli bo’lib, bolalarda faqat fasllar haqida tasavvur hosil qilibgina qolmay, balki, bolalrni nutqini o’stirishda, fikrlash doirasini kengayishida yordam beradi.
Tarbiyachi har bir bolaga bittadan kartochka tarqatadi. Kartochkada biror- bir faslning rasmi tushirilgan bo’ladi. Agar guruhda 20 ta bola bo’lsa, 5 ta bolaga kuz, 5 taga qish, 5 taga bahor, 5 taga yoz fasli to’g’ri keladi. Tarbiyachi birinchi bo’lib kuz faslini olgan bolalarni turg’izib, har birlari kuz fasliga doir bittadan gap aytishlarini so’raydi. Masalan: Kuz fasli yoz faslidan keyin keladi. Kuzda juda ko’p mevalar pishadi. Dehqonlar daladagi kechki hosilni aynan kuz faslida yig’ib oladilar. Kuz faslida daraxtlar barglari sarg’ayib to’kiladi.
Qish fasliga oid gaplar: Qishda havo sovuq bo’ladi. Qish faslida qor yog’adi. Bolalar qorbola yasashadi. Qishda Yangi yil bayramini nishonlaymiz. Qishdan keyin bahor keladi.
Bu o’yin natijasida har bir fasl to’g’risida kichik bir hikoya paydo bo’ladi. Bolalarda hikoya tuzish malakalari shakllanadi.
3. GEOMETRIK SHAKLLAR.
RASMGA QARAB YASA” O’YINI.

Maqsad: Bolalarga geometrik shakllarni tanishtirish bilan birga mayda qo’l motorikasini rivojlantirish.

Kerakli jihozlar: Geometrik shakllardan hayvonlar va qushlarning rasmini yasab yopishtirilgan pano, rangli qog’ozdan qirqilgan har xil geometrik shakllar.
O’yinning borishi: Ushbu o’yinda tarbiyachi doskaga panoni ilib qo’yadi. Bolalarga turli xil rangdagi geometrik shakllarni tarqatib chiqadi. Bolalar rasmdagi hayvon yoki qushlarni geometrik shakllardan rasmga qarab yasaydilar. Bolalar yasayotganda ranglarga ham e’tibor berishlari talab qilinadi. Masalan, ko’k rangli uchburchaklardan baliqni, sariq yoki zarg’aldoq rangli uchburchaklardan tulkini, sariq rangli doirachalardan jo‘jani, havorang doira va oval shaklidan quyonni va hokazo. Panoda hayvonlar qaysi rangda bo’lsa, bolalar ham o’sha rangdan yasashlari kerak bo’ladi.


Download 35.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling