Direktori: B. Xollozov " " 2020 yil


Protuberaneslar — alanga «til»lari


Download 246 Kb.
bet3/4
Sana22.05.2020
Hajmi246 Kb.
#108822
1   2   3   4
Bog'liq
QUYOSH eng yaqin yulduz


Protuberaneslar — alanga «til»lari

Protuberaneslar Quyoshda sodir bo‘ladigan eng chiroyli hodisalardan desak mubolag‘a bo‘lmaydi (4-rasm). O‘rta asrlar qo‘lyozmalarida Quyosh to‘la tutilganda, protuberaneslarning kuzatilganligi haqida ma’lumotlar uchraydi. Quyoshning fotosferadan yuqori qatlami xromosfera deyilib (grekcha «xromos» — rang degani), balandligi 14000 km gacha boradi. Bu qatlamda uchraydigan ulkan obyektlardan biri — protuberaneslardir. Quyoshdagi bu obyektlar tashqi ko‘rinishi bilan gulxan alan- gasining «tili»ni eslatadi. Alanga «til»larining spektri ularda gaz bosimi, temperaturasi va harakati kabi fizik kattaliklarini aniqlashga imkon beradi.

A
4- rasm. Xromosfera ulkan obyektlaridan biri — protuberaneslar
yniqsa, 1920- yilda fransuz olimi Y.Petit taklif qilgan va ayni paytda qo‘llaniladigan usul, xromosfera spektrining maxsus chiziqlarida ularni katta tezlik bilan kinoga olishga (sekundiga 16 kadr) imkon berib, tez o‘zgaradigan protuberaneslarning evo- lutsiyasini o‘rganish uchun juda qo‘l keldi. Protuberaneslar ham xromosferaning nurlanishi kabi kalsiyning ionlashgan chiziqlari


(H va K) va vodorodning qizil (Ha — to‘lqin uzunligi 6562 A) chizig‘ida kuchli nurlanadi. Shuning uchun ham u ko‘plab observatoriyalarda (jumladan, Toshkent observatoriyasida ham) shu chiziqning to‘lqin uzunligiga to‘g‘ri kelgan nurni o‘tkazuvchi monoxromatik filtrlar bilan qurollangan teleskoplarda o‘rganiladi.

Bu nurda (6562 A) olingan xromosferaning tasvirida protubera­neslar, Quyosh diskida proyeksiyalanib, cho‘zinchoq egilgan qora tolalar ko‘rinishida bo‘ladi. Quyosh diametrini bilgan holda bu tola (protuberanes)larning o‘lchami aniqlanganda, ularning eni 6000—10000 km, uzunligi esa bir necha yuz ming kilometrgacha borishi ma’lum bo‘ladi. Alanga tili ko‘rinishida Quyosh chetidan ko‘tarilgan protuberaneslarning balandligi ham bir necha yuz ming kilometrdan kam bo‘lmasligi, Quyoshda ular naqadar ulkan jarayonlardan ekanligidan darak beradi.

Protuberaneslarning rivojlanishida magnit maydonining roli katta. Ularga tegishli magnit maydonining kuchlanganligini o‘lchash bunday eksperimentning biroz bo‘lsa-da murakkabligi tufayli faqat o‘tgan asrning 60- yillaridagina yo‘lga qo‘yildi.

Protuberaneslar, atrof xromosferaga nisbatan ancha zich plazma bulut (temperaturasi 5000—10000 °C, zichligi — 1 kub santimetrda 1010—1012 zarraga to‘g‘ri keladi) dan iborat bo‘lib, qariyb yuz marta issiqroq quyosh toji bilan o‘ralgan. Protubera­neslar Quyosh gardishi chetida tepalik, pichan g‘arami, sirtmoq- simon va voronka kabi turli ko‘rinishlarda bo‘ladi. Ular aktivligiga ko‘ra bir-biridan farqlanuvchi sokin, aktiv va eruptiv guruhlarga ajratilib o‘rganiladi. Aktiv va eruptiv protuberaneslar Quyosh dog‘lari bilan bevosita bog‘lanishda bo‘ladi.

QUYOSH CHAQNASHLARI



Q

Download 246 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling