3. Normal konsentratsiya 1 l eritmada erigan moddaning ekvivalentlari soni bilan ifodalanadi va N yoki n har fi bilan belgilanadi.
1000 g erituvchida erigan moddaning mol sonlari bilan ifodalanadi. Masalan, 1000 g suvda 1 mol, ya’ni 180 g glyukoza erigan bo‘lsa, bunday eritma 1 molyal eritma deb ataladi.
Suyultirilgan eritmalarning xossalarini o‘rganish moddaning gaz holati uning eritmadagi holatiga o‘xshashini ko‘rsatadi. Gaz mole-kulalari o‘zining tartibsiz har akati tufayli idishning butun hajmini mumkin kadar egallashga intiladi. Ular bir-biridan shunday masofada joylashadiki, molekulalarning o‘zaro ta’siri amalda nolga yakin bo‘ladi, shuning uchun ham gaz molekulalari istalgan yunalishda har akat qladi. Xuddi shunga uxshash hodisa suyultirilgan eritmalarda ham kuzatiladi. Erigan modda molekulalari eritmaning konsentratsiyasi yuqori joydan konsentratsiya past joyga kuchish hodisasi diffuziya deyiladi.
Diffuziya jarayoni o‘z- o‘zidan borishi natijasida molekulalar butun hajmi buylab barobar taqsimlanadi.
Osmotik bosim.
Agarda eritma bilan erituvchi yarim o‘tkazgich parda-tusik (membrana) yordamida ajratib kuyilsa, bu yarim o‘tkazgichdan erituvchi molekulalari bemalol o‘ta oladi, ammo erigan modda molekulalari o‘ta olmaydi. Bunda diffuziya bir tomonlama bo‘ladi. Bunday yarim o‘tkazgich parda vazifasini tirik organizmning ichak devorlari, terisi hamda o‘simliklarning bargi, sun’iy tayyorlangan membranalar (jelatina, cellofan va boshqalar ) bajaradi.
Erituvchining eritmaga bir tomonlama diffuziyasi osmos deyiladi . Yarim utkazgich–membrana sirti birligiga to‘g‘ri keladigan osmos kuchi eritmaning osmotik bosimi deyiladi.
Osmos hodisasini bevosita osmometrda kuzatish mumkin. Agar erituvchili idish(V) ga eritmali idish (A)ni tushirsak, erituvchining molekulalari yarim utkazgich tusik orqali o‘ta boshlaydi va natijada ichki idish(A)dagi suyuqlikning satxi ingichka qismi buyicha k o‘tarila boradi. Eritmaning bunday kutarilishidan hosil bo‘lgan ustun(h) ning gidrostatik bosimi erituvchinng sirtdan ichkariga kirayotgan mole-k o‘lalarning yarim o‘tkazuvchi t o‘sik orqali sirtki idishga chiqshga 1 yordam beradi. Nixoyat ichki dish (A) da eritmaning ko‘tarilishi to‘xtaydi. Suyuqlik k o‘tarilgan ustun h eritmaning konsentratsiyasiga va temperaturaga bog‘liq bo‘ladi.
Sistemadagi muvozanat holatga to‘g‘ri keladigan ushbu gidrostatik bosim osmosning miqdoriy har akteristikasi bo‘lib, osmotik bosimni tashkil kiladi. Shunday qilib, osmotik hodisasini tuxtatadigan gidrostatik bosim osmotik bosimga teng bo‘ladi. Osmotik bosimni miqdoriy ulchamlari birinchi marta V.Pfeffer (1877 y) tomonidan o‘tkazilgan va u quyidagi qonuniyatni yaratdi:
Do'stlaringiz bilan baham: |