Dispers sistemalar va chin eritmalar


Temperatura uzgarishi bilan efirning suvda eruvchanligi ortadi. Bu quyidagi jadvaldan aniq ko‘rinadi


Download 70 Kb.
bet2/9
Sana04.02.2023
Hajmi70 Kb.
#1157241
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Eritmalar tayyorlash dispers sistemalar

Temperatura uzgarishi bilan efirning suvda eruvchanligi ortadi. Bu quyidagi jadvaldan aniq ko‘rinadi.
Temperatura ,S° 0 10 20 30 40
Efirning suv qatlamidagi miqdori 11,8 8,9 6,6 5,1 4,7
Suvning efir qatlamidagi miqdori 0,9 1,1 1,2 1,3 1,5
Bir-birida ma’lum miqdorda eriydigan moddalar temperatura ortishi bilan cheksiz eruvchan moddalarga aylanadi. Bunga suv-fenol sistemasi misol bo‘la oladi. Suv-fenol sistemada temperatura 66 S° ga ko‘tarilgunga qadar sistema geterogen, ya’ni ikki fazadan iborat (pastki qatlam- suvning fenoldagi eritmasi, yuqori qatlam fenolning suvdagi eritmasi ) bo‘ladi. Temperatura 66 S° bo‘lganda sistema o‘zaro bir-birida cheksiz eriydigan gomogen sistemaga o‘tadi
Gazlarning suvda eruvchanligi
Gaz 1 hajmi suvda yutilgan gazning hajmi miqdori Gaz 1 hajmi suvda yutilgan gazning hajmi miqdori
N2 0,01698
H2 0,1863
O2 0,03220
CO2 0,9280
Cl2 2,40
H2S 42,36
HCl 427,9
NH3 748,80


Gazlarning suyuqliklarda eruvchanligi-adsorbsiya koeffitsienti normal sharoitda bir hajmi erituvchida erigan gaz hajmining miqdori bilan ulchanadi.Yuqoridagi jadvalda ba’zi gazlarning suvda eruv-chanligi ko‘rsatilgan.
Jadvaldan kurinib turibdiki, bir hajmi suvda 748,8 hajmi ammiak va faqat 0,01698 hajmi azot eriydi. NH3, HCl, H2S va Cl2 ning suvda yaxshi eruvchanligi ularning suv bilan kimyoviy reaksiyaga kiri-shuvi bilan tushuntiriladi.
Gazlarning suyuqliklarda erishiga bosim kuchi ta’sir yetadi. Bosimning ta’sir etish qonuni J. Genri 1803 yilda kashf etgan bo‘lib, u quyidagicha ta’riflanadi: o‘zgarmas temperaturada gazning suyuqlik-dagi eruvchanligi shu gazning bosimga to‘g‘ri proporcionaldir:
Cc=K*P
Bu erda: Cc-suyuqlikdagi erigan gazning massasi, R- eritma ustidagi gaz bosimi, K-eruvchanlik koeffitsienti. U gaz va erituvchining tabiatiga hamda temperaturaga bog‘liq bo‘lib, bosimga bog‘liq emas.
Gazlarning eruvchanligini temperaturaga bog‘liqligi. Gazlarning erishida issiqlik ajralib chiqadi, ya’ni erish jarayoni ekzotermik jarayondir. Le-Shatele prinsipiga muvofik, temperatura kutarilishi bilan muvozanat chap tomonga siljiydi, suyuqlik ustidagi gaz kupayadi va eruvchanlik kamayadi. Quyidagi jadvalda ba’zi gazlarning suvda eruvchanligiga temperaturaning qanday ta’sir etishi ko‘rsatilgan.

Download 70 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling