Диссертация илмий раҳбар: доц. Мисиров. К


 Ikkinchi bob bo’yicha xulosalar


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/42
Sana17.06.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1521491
TuriДиссертация
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   42
Bog'liq
bilvosita soliqlar xisobi va taxlilini takomillashtirish

 
2. Ikkinchi bob bo’yicha xulosalar 
Mazkur 
bobda 
bilvosita 
soliqlarning 
moliyaviy 
hisobi 
va 
uni 
takomillashtirish yo’nalishlari munozarali tarzda o’rganildi. Olib borilgan 
tadqiqotlar natijasida bilvosita soliqlarning moliyaviy hisobini takomillashtirish 
bo’yicha quyidagi xulosalar olindi: 
1. Respublikamizda hozirgi vaqtda aksiz solig’iga tortiladigan mahsulotlar 
ro’yxatida ijtimoiy va birlamchi ahamiyatga ega bo’lgan mahsulot, masalan 
o’simlik yog’i mavjuddir. Ushbu mahsulotni aksiz solig’iga tortish jahon aksiz 
solig’iga tortish amaliyotida keng tarqalgan mahsulotlar ro’yxatida mavjud 


55 
emas.Shu sababdan ushbu mahsulotni aksiz solig’iga tortish ijtimoiy nuqtai 
nazarda maqsadga muvofiq emas. 
2.Bilvosita soliqlarni hisoblash va moliyaviy hisobda aks ettirishda schyot-
fakturalar muhim rol o’ynaydi. Ilmiy tadqiqotlarimiz natijasida amaldagi schyot-
fakturaga ba’zi o’zgartirishlar kiritilishi maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. 
Amalda bo’lgan schyot-fakturada mahsulot (tovar) to’g’risidagi ma’lumotlar bilan 
birga QQS stavkasi va summasi aks ettirib kelinayotgan bo’lsada, aksariyat 
tovarlar uchun respublikamizda aktsiz solig’i ham qo’llanilishini nazarda tutadigan 
bo’lsak, schyot-fakturaga aktsiz solig’i stavkasi va summasi to’g’risidagi 
ma’lumotlarni ham kiritish hamda yakuniy natijada aktsiz va QQSni hisobga olgan 
holda etkazib berish qiymatini aniqlash taklifini beramiz. 
3. QQS hisobini nol darajali (0) stavka asosida yuritishiga alohida to’xtalib 
o’tish joiz deb hisoblaymiz. Dunyo tajribasiga asosan eksport uchun sotilgan 
tovarlarga QQS ning nol darajali stavkasi «tayinlangan mamlakat» printsipiga 
asosan qo’llaniladi. Bunda eksport qilingan tovarlar soliqqa tortilmasdan, import 
qilingan tovarlar ushbu mamlakatning milliy soliq qonunchiligiga binoan soliqqa 
tortiladi. Nol darajali stavka, bu tovarlar, xizmatlar va ishlarning qiymatlaridagi 
qo’shilgan qiymat solig’i umuman yo’q, ya’ni nolga teng degani. 
Nol darajali stavka faqatgina Soliq kodeksining 212-moddada nazarda tutilgan 
hollardagi tovarlar, ishlar va xizmatlar realizatsiyasiga nisbatan qo’llaniladi. Soliq 
to’lovchi ushbu stavkani tovarlar, ishlar va xizmatlar realizatsiyasi bo’yicha 
qo’llaganidan keyin uni huquqiy jihatdan to’g’ri qo’llaganligini tasdiqlovchi hujjatni 
taqdim etishi kerak. Soliq to’lovchi nol darajali (0) stavkani huquqiy jihatdan to’g’ri 
qo’llaganligi tasdiqlovchi, soliq organiga taqdim etishi lozim bo’lgan hujjatlarning 
ro’yxati Soliq kodeksining 213-moddasida keltirib o’tilgan. Xo’jalik sub’ektlari ishlab 
chiqarish faoliyatini iqtisodiy qo’llab-quvvatlash asosida, ya’ni eksport-import 
operatsiyalari yuritilishida ularga QQS hisobi bo’yicha nol darajali (0) stavka 
qo’llaniladi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling