Диссертация Куйсинов rtf


Somon to‘shamasida oziq moddalarining o‘rtacha miqdori


Download 299.08 Kb.
bet21/30
Sana30.04.2023
Hajmi299.08 Kb.
#1405590
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30
Bog'liq
Куйсинов Одил Алмуратович

Somon to‘shamasida oziq moddalarining o‘rtacha miqdori, (%)

Ns

To„shama xili

N

P2O5

K2O

CaO

Namligi (% hisobida)

1

Kuzgi bug„doy

0,50

0,20

0,90

0,30

14,3

2

Jaydari bug„doy

0,45

0,26

1,00

0,30

14,3

3

Suli

0,65

0,35

1,60

0,40

14,0

4

Torf

0,80

0,10

0,07

0,22

25,0

5

Past qatlamdagi torf

2,25

0,30

0,15

3,00

30,0

6

Daraxt barglari

1,10

0,25

0,30

2,00

14,0

7

Qipiq

0,20

0,30

0,24

1,08

25,0


Somondan noan’anaviy o„g„it tayyorlashning 2 ta varianti tavsiya etiladi.
1-variant: ho„llangan somon (g„alla o„simliklari) qat-qat qilib yotqiziladi.
Qatlam kengligi xom ashyo zaxirasiga bog„liq. Qatlam qalinligi 10 sm dan oshmasligi lozim. Parchalanishni tezlashtirish va sifatli borishi uchun qatlamlar orasiga 10 kg/m3 hisobida changli kremnezem (kaolinit) yoyib yotqiziladi. Namlik 60% dan kam bo„lmasligi kerak. Somonni suv bilan namlash mumkin, agarda somon suyuq go„ng bilan ho„llansa juda yaxshi bo„ladi. Suyuq go„ngda azot ko„p bo„lganligi sababli, birinchidan, parchalanish tezlashadi va ikkinchidan, olinadigan noan’anaviy o„g„it azotga boy bo„ladi. Hosil bo„lgan uyumning usti tuproq bilan berkitiladi.
2-variant: quruq somon (g„alla o„simliklari) 50 sm qalinlikda qatlam qilib yotqiziladi. Qatlam kengligi xom ashyo zaxirasiga bog„liq. Har bir qatlam zichlanadi. Zichlangan qatlam ustiga 50 sm qalinlikda yangi go„ng qatlami yotqiziladi va zichlanadi, 80% bo„shliq suv bilan to„ldiriladi. Parchalanish o„rtacha tezlik bilan boradi. Noan’anaviy o„g„it hosil bo„lish muddati 1-2 oyga cho„ziladi. Go„ngning o„rniga siderat, gazon o„tlarini, sabzavot, poliz mahsulotlari va oshxona chiqindilarini ishlatish mukin.
Somondan o„g„it sifatida samarali foydalanish uchun uni azotli, fosforli mineral o„g„it yoki suyuq go„ng bilan aralashtirib, kuzda yerni shudgorlash vaqtida tuproqqa qo„shib, haydab tashlash kerak bo„ladi. Shuningdek, somonni dukkakli o„simliklar ekiladigan tuproqlarda haydab tashlash ham yaxshi samara beradi (13- rasm).
Somonga aralashtiriladigan azotning miqdori gektariga 40-50 kg yoki somon massasining og„irligiga nisbatan 0,5-1,3% ni tashkil qilishi kerak.
O„g„it solingandan keyin chizel yoki lushilniklar bilan 5-7 sm chuqurlikda ko„mib, 2-3 haftadan keyin, ya’ni somon parchalana boshlagandan keyin haydab tashlanadi.
Organik o‘g‘it sifatida qo'llanadigan somonning samaradorligini
oshirish usullari


*—' —
Azotli mineral o„g„itlarni qo„shish

To„shamasiz go„ngni qo„shish

I
Dukkakli ekinlarni ekish

Qator orasiga ishlov beriladigan dalalariga solish

»
Somonni ko„kat o„g„itlar bilan birlashtirish

1 tonna somonga 10- 20 kg mineral o„g„itlarni qo„shish C : N - 20 : 1

1 tonna somonga 6-8 monna go„ngni qo„shish

SoMon Somon azotfiksayani faollashtiradi

Azot yetishmasligi ishlov berilganda mobilizatsiya ta’sirida qoplanadi

Azotli mineral o„g„itlarni tejashga yordam beradi


11-rasm. Noan’anaviy o‘g‘it sifatida qo‘llangan somonning samaradorligini oshirish usullari
Somonni kuzda haydab tashlashning foydali tomonlari shundan iboratki, uni chirishi natijasida tarkibidan ajralib chiqadigan o„simliklar uchun zararli bo„lgan fenol birikmalari tuproq tarkibidan yuvilib ketadi.
Ilmiy tadqiqot institutlarining ma’lumotlariga ko’ra, texnik va boshqa ekinlarga gektariga aralashtirilgan somondan 5-10 t ishlatilsa, uning samaradorligi oddiy go„ngnikidan qolishmas ekan.
Go‘ngdan tez tayyorlanadigan noan’anaviy o‘g‘it
Ma’lumki, qoramol, ot, qo„y-echkilarning go„ngi juda qadimdan dehqonchilikda organik o„g„it sifatida ishlatib kelinadi. Go„ng tuproqni mikroorganizmlarga, gumus va gumus moddalarga, ferment, o„stiruvchi moddalarga hamda ko„plab makro-mikro va ultra mikroelementlarga boyitadi. Bundan tashqari, atmosfera havosining tuproq ustidagi 10 m qatlamida karbonat angidrid gazini ko„paytiradi. Bularning hammasi o„simlikning oziqlanish sharoitini yaxshilaydi. Go„ngning hajmini ko„paytirib, sifatini yaxshilash mumkin. Buning uchun har xil go„nglardan kompostlash yo„li bilan noan’anaviy o„g„itlar tayyorlash lozim. Bu jarayonda go„ngga qo„shimcha har qanday organik massa, ayniqsa, azotga kambag„al sekin parchalanadigan massalarni ham bemalol qo„shsa bo„ladi. Go„ng ularni tez parchalanishini ta’minlaydi. Go„ng tarkibidagi oziq elementlar nisbatini ekiladigan ekin talabiga moslashtirish uchun unga tarkibida oziq elementi bo„lgan mineral massalarni yoki o„g„itlarni ham qo„shish mumkin. Qo„shilgan har bir massa nafaqat oziq elementlar tarkibini o„zgartiradi, balki go„ngning umumiy hajmini ham bir necha barobar ko„paytiradi. Go„ngni kompostlash qo„yidagicha bo„lishi mumkin:

Download 299.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling