Dissertasiyadan


Download 168.07 Kb.
bet1/3
Sana13.04.2023
Hajmi168.07 Kb.
#1351509
  1   2   3
Bog'liq
Диссертация lotin

Dissertasiyadan ....

3.2. Yuz tasvirini geometrik normallashtirish


Ko‘rilayotgan yuz tasvirlari turli rakursda bo‘lganda uni normallashtirish (to‘g‘rilash) talab etiladi. Chunki turli rakursda olingan yuz tasvirlari uchun identifikasiya algoritmlarini yaratish mushkul. Yuz tasviri normallashtirilgandan so‘ng undagi yuz elementlari va ko‘rsatkichlar to‘g‘ri topiladi. Yuzni normallashtirishda asosan yuz tasviri biror yo‘nalish bo‘yicha burib to‘g‘rilanadi [Error: Reference source not found, Error: Reference source not found]. Old (frontal) yuz tasviri chapga yoki o‘ngga egilgan bo‘lsa (3.18-rasm), uni to‘g‘rilash mumkin. Buning uchun yuzdagi ko‘zlar qorachiqlari joylashgan koordinatalar aniqlangan bo‘lishi lozim.





3.18-rasm. Bosh chapga (a) va o‘ngga (b) egilgandagi yuz tasvirlari.

Agar bosh biror burchakka egilgan bo‘lsa (3.19-rasm), topilgan ko‘z nuqtalari orqali boshning burilish burchagini topamiz:




, (3.13)
bu yerda M – ko‘z qorachiqlari orasidagi gorizontal farq,
H – ko‘z qorachiqlari orasidagi vertikal farq.
Agar  burchak 0 ga yaqin bo‘lsa, ya’ni bosh deyarli to‘g‘ri holatda bo‘lsa, tasvirni burish shart emas. Agar boshning og‘ish burchagi yetarli darajada katta bo‘lsa, u holda topilgan  burchak bo‘yicha tasvirni burib to‘g‘rilaymiz.



3.19-rasm. Burilish burchagini aniqlash.

3.3. Yuz elementlari bo‘yicha gyeometrik ko‘rsatkichlarni hisoblash va belgilar fazosini shakllantirish


Yuz elementlari orasidagi masofalar bo‘yicha olingan nisbatlar turli odamlarda turlicha bo‘ladi. Shunga asoslanib, turli odam yuzlarini farqlash mumkin. Demak, biz identifikasiya ko‘rsatkichlari sifatida yuzning geometrik nisbatlarini olishimiz mumkin. Topilgan yuz elementlari (nuqtalar) orasidagi masofalarning nisbatlari bo‘yicha ko‘rsatkichlarni aniqlab olamiz. Buning uchun avvalo yuzning identifikasiya nuqtalari orasidagi masofalar aniqlanishi lozim. Masofalarni o‘lchashning turli usullari bor. Tadqiqot ishida nuqtalar orasidagi masofani o‘lchash uchun Yevklid masofasidan foydalanildi. Birinchi nuqtani P(x,y) va ikkinchi nuqtani Q(u,v) deb olsak, ular orasidagi Yevklid masofasi quyidagicha aniqlandi:




. (3.15)
Yuzda topilgan qoshlar, ko‘zlar, burun va og‘iz bo‘yicha olingan masofalar (bir odam misolida) 3.1-jadvalda keltirilgan. Bu yerda shuni ta’kidlash kerakki, bu masofalar qiymati yuz tasvirining katta-kichikligiga qarab turli tasvirlarda turlicha bo‘lishi mumkin.

3.1-jadval


Yuz elementlari orasidagi masofalar




Download 168.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling