Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati


Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor y


Download 79 Kb.
bet2/6
Sana16.04.2023
Hajmi79 Kb.
#1361736
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KIRISH

Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yо‘nalishlariga mosligi. Dissertatsiya tadqiqoti respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining I. “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirishda, innovatsion g‘oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yо‘llari” ustuvor yо‘nalishiga muvofiq bajarilgan.
Muammoning о‘rganilganlik darajasi. Ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari, oliy ta’lim muassasalarida fanlarni о‘qitish samardorligini oshirishda elektron ta’lim resurslar va interfaol metodlardan foydalanish metodikasi hamda masofadan о‘qitish texnologiyalarini qо‘llash muammolariga oid yurtimiz olimlari: A.A.Abdiqodirov [6], U.SH.Begimkulov [25,26], S.Q.Qahharov [162], R.D.Shodiyev [153], R.H.Jо‘rayev [56], G.S.Ergasheva [156], X.O.Jurayev [57], N.A.Muslimov [99, 189] kabi olimlarning tadqiqotlarida keltirilgan; umumiy о‘rta ta’lim maktablari hamda kasb-hunar kollejlarida informatika va axborot texnologiyalari fanini о‘qitishni takomillashtirishga doir ilmiy izlanishlar: F.R.Muradova [98], I.A.Yuldoshev [159], N.A.Qayumova [164], D.E. Toshtemirov [142], D.B.Abduraximov [10], A.G.Hayitov [169]larning tadqiotlarida о‘z aksini topgan; oliy ta’lim muassasalarida informatika turkumiga kiruvchi fanlarga oid elektron axborot resurslarini, interaktiv о‘quv majmualar, pedagogik dasturiy ta’minot yaratish va ularni joriy qilish metodiksi bо‘yicha M.H.Lutfillayev [88], S.Q.Tursunov [143], B.B.Mо‘minov [101], M.X.Allambergenova [12], A.I.Ashirova [16], M.R.Fayziyeva [143], T.T.Shoymardonov [155]lar tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilgan; bо‘lajak informatika о‘qituvchilarining metodik tizimini takomillashtirish, kasbiy kompetentligini shakllantirish va tayyorlash mazmunini takomillashtirish hamda о‘quv adabiyotlari yangi avlodni yaratishga oid N.I.Taylaqov [138], F.M.Zakirova [58],B.Z.Tо‘rayev [144], T.T.Kalekeyeva [70], S.S.Babadjonov [24], U.A.Nasritdinova [103], N.A.Otaxonov [121], I.A.Eshmamatov [158], N.S.Xaytullayeva [146], A.G‘.Eminov [157]larning ishlarida tadqiq etilgan.
Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлиги мамлакатларида бўлажак информатика ўқитувчиларини электрон таълим ресурсларни яратишга ўргатиш методикаси, информатика фанидан талабаларнинг компетентлигини ривожлантириш методикаси, ахборот-технологияларидан фойдаланган ҳолда касбга тайёрлаш тизимини такомиллаштириш, талабаларнинг алгоритмлашга ва дастурлашга оид компетентлигини шакллантириш методикаси ҳамда информатика туркумига кирувчи фанларнинг ўқитиш назарияси ва амалиётига оид А.Д.Онгарбаева [119], Д.В.Лучанинов [87], Б.А.Кондратенко [73], Л.М.Ивкина [62], Е.В.Киргизова [72], В.В.Калитина [67], М.М.Абдуразаков [8], А.В.Данилькевич[44], Е.В.Бойков [29], В.А.Красильникова [77], Н.Ю.Куликова [80], С.А.Сушков [134] каби олимлар томонида тадқиқ этилган.
Хорижда таълим тизимига ахборт-коммуникация технологияларини тадбиқ этиш назарияси, онлайн ўқув курсларини яратиш ва жорий этиш методикаси ўқувчи-ёшларга дастурлаш технологияларига ўргатиш муаммоларига оид бағишланган тадқиқотлар: Iunia-Cristina, Borza [65], L.Eidelman [66], J.Warren [171], O.Hazzan [66], N.Ragonis [128], O.Meerbaum–Salant [102], O.Hazzan [128], M.Armoni [15], S.Henderson [170], S.Feiner [170], A.Berglund [175], D.Geladze [38], Hu.Haiqing [168] каби олимлар томонидан амалга оширилган.
Юқорида келтирилган тадқиқотлар, асосан, узлуксиз таълим тизимида информатика туркумига кирувчи фанларга оид электрон ахборот ресурсларини яратиш ва жорий этиш, бўлажак информатика ўқитувчиларини тайёрлашнинг методик тизимини такомиллаштириш, касбий компетентлигини шакллантириш ҳамда мутахассис тайёрлаш механизмини такомиллаштиришга бағишланган илмий тадқиқот ишлари бўлиб, бироқ педагогика олий таълим муассасаларида Компьютер таъминоти фанини ўқитиш самарадорлигини ошириш методикаси илмий-назарий тадқиқ қилинмаган.

Download 79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling