120. Qiyin eriydigan tuzlar gidrolizi. Alyuminiy sulfid Al2S3 yoki xrom sulfid Cr2S3 kabi tuzlar tto’liq gidrolizlanadi, chunki ularning gidrolizlanishi natijasida qiyin eriydigan asos va kam dissotsilanadigan kislota hosil bo’ladi. Al2S3 ning suv bilan o’zaro tasiri quyidagi tenglama bilan ifodalanadi;
Al2S3 + 6H2O ↔ 2Al(OH)3↓ + 3H2S↑
Demak kuchsiz kislota va kuchsiz asosdan hosil bo’lgan tuzlar: ham kation va ham anion bo’yicha gidrolizga uchraydi, muhit neytral bo’ladi. pHi = 7.
M; Fe(NO2)2, Fe(NO2)2, NH4S, Al2S3, (NH4)2SO3, NH4NO2, ZnF2, Al2(SO3)3
121. Tuzlarning birgalikdagi gidrolizi. Birgalikdagi gidroliz. Kuchli asos hamda kuchsiz kislotadan hosil bo’lgan tuz va kuchsiz asos hamda kuchli kislotadan hosil bo’lgan tuzlar eritmalarini aralashtirganimizda ular bir-birining gidrolizlanishini kuchaytiradi. Chunki bunda hosil bo’layotgan H va OH- o’zaro birikib suv hosil bo’ladi va muvozanat o’ngga siljiydi. Bunday gidrolizni birgalikdagi gidroliz deyiladi.
Agar gidroliz jarayonida bir nechta tuz ishtirok etsa gidroliz oxirigacha boradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |