Bobur she’riyati. - Boburning o’zbek tilidagi devoniga 120 ga yaqin g’azal, 210 ruboiy hamda qit’a, fard, tuyuq, masnaviy-nomalar, muammo va masnu’lar o’rin olgan. Ular orasida son jihatidan ko’pchilikni g’azal va ruboiylar tashkil etadi.
- Boburning lirik she’rlari an’anaviy g’azal, ruboiy, tuyuq, fard va boshqa janrlarning shakliy xususiyatlarini davom ettirishi bilan bir qatorda o’ziga xos ayrim xususiyatlarga ham ega. Bulardan biri ko’pchilik g’azallarning 5-7 baytlik bo’lishidir. Ruboiylarda taxallusni ko’proq ishlatish kuzatilsa, tuyuqlarda esa ba’zan qit’a shaklida qofiyalanishlar ham uchraydi. Masalan:
- Qilmasa ul oy nazar manga ne tong?
- Tengri tole’ chun manga yorotmadi.
- O’qi yorar erdi ko’nglum dardini,
- Netayin, ko’nglum uchun, yor otmadi.
- (Bobur. Devon, 106-bet).
Bular Boburning an’anaviy janrlar xususiyatlarini saqlagan holda ularga ayrim yangiliklar kiritishga ham harakat qilganidan dalolat beradi. - Bular Boburning an’anaviy janrlar xususiyatlarini saqlagan holda ularga ayrim yangiliklar kiritishga ham harakat qilganidan dalolat beradi.
- Bobur yoshligidan she’riyat olamiga
- kirib kelgan bo’lsa-da, o’zining birinchi
- tugal g’azalini 18 yoshida, ya’ni 1501
- yilda yozgan. Bu g’azalning matla’i
- quyidagicha:
- Jonimdin o’zga yori vafodor topmadim,
- Ko’nglumdin o’zga mahrami asror topmadim.
- (Bobur. Devon, 37-38-betlar).
- Bu g’azalning Toshkent va Xo’jand oralig’idagi Turoq chorbog’ida yozilishi sabablari «Boburnoma»da (907-hijriy yil voqealari) bayon etilgan. Keyinchalik umrining oxirigacha turli janrlarda she’r yozgan.
Bobur g`azaliyoti - Bobur lirik she’riyatining, jumladan g’azaliyotining mavzusi, bir tomondan, mumtoz g’azalchilikda yetakchi o’rin egallagan ishq mavzusi bo’lsa, ikkinchi tomondan, shoirning hayot hodisa-voqealaridan olgan taassurotlari: muvaffaqiyatlar shodiyonasi, muvaffaqiyatsizlik tufayli zamon va uning jafokorligidan nolish; o’zi tug’ilgan vatandan uzoqlashgani tufayli vatan va vatandoshlarini qo’msash, o’rni bilan pand-nasihat berish kabi mavzulardan iborat. Masalan, oshiqona mavzudagi quyidagi g’azalda yor - mahbubaning yog’lig’i-boshga o’raydigan ro’molchasi tasvirlangan. Bu tasvir shunchalik go’zalki, uni o’qigan kishi shoirning yog’liq-rumolcha bahonasida yoriga bo’lgan samimiy muhabbatini anglay oladi. G’azalning matla’ va maqta’i quyidagichadir:
Do'stlaringiz bilan baham: |