Diversifikatsiya tamoyillari uzluksiz ta’lim rivojlanishining asosiy tamoyillari sifatida
Key words: diversification, formation, development, conditions, education, pedagogical innovation. Kirish
Download 28.06 Kb.
|
SHAMSI QAMAR-TAFAKKUR ZIYO
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuga oid adabiyotlar tahlili
- Tahlil va natijalar
Key words: diversification, formation, development, conditions, education, pedagogical innovation.
Kirish.Ta’limdagi difersifikatsiyaning tub mohiyati, ahamiyati va rivojlanish tamoyillari aynan “ta’lim xizmatlari” tushunchasi bilan bog‘liq deyish mumkin. Shuning uchun bir vaqtning o‘zida “Ta’lim xizmatlari nima?”, “Bu xizmatlar kimning ehtiyojlari uchun xizmat qiladi?”, “Bu xizmatlarda mahsulot o‘rnida nima iste’molga chiqariladi?” hamda “Xizmat ko‘rsatuvchi bilan iste’molchi o‘rtasidagi munosabatlar qanday tashkiliy-huquqiy asoslarga tayanib yo‘lga qo‘yiladi?” kabi savollarga javob berish zarurati paydo bo‘ladi. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili: Y. N. Teterin ta’lim xizmatlarini nomoddiy xizmatlar sirasiga kiritadi va uning samarasi mijoz (ta’lim oluvchi)ning mutlaqo yangi muhitda bilim, malaka ko‘nikmalar shaklidagi “mahsulot”ni olishini yoki o‘zida mavjud potensialning yuzaga chiqishi bilan bog‘liq “manfaat ko‘rishi”ni ta’kidlaydi1. U yana fikrini davom ettirib, ta’lim xizmatlari aynan muayyan bir shaxsga yo‘naltirilganlik xususiyatiga ega bo‘lgani holda jamoviy ko‘rinishda ko‘rsatilishini (amalga oshirilishini), natijada esa xizmat ko‘rsatishning samaradorligi oshishini yozadi. Tadqiqotchi o‘z talqinini asoslash va mavjud talqinlar bilan muqoyasa qilish uchun yana boshqa mutaxassislarning ham ta’lim xizmatlari tushunchasiga bergan ta’riflarini keltirib o‘tadi: “V.A. Dolyatoyskiy va O.A. Mazurning qayd etishlaricha, ta’lim xizmatlari – bu shaxsning ongiga yo‘naltirilgan va uning muayyan ko‘rinishdagi bilim, ko‘nikma va malaka olishini yoki o‘z mahoratini oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishini nazarda tutuvchi faoliyat turi bo‘lib, mehnat bozorining talablari uchun xizmat qiladi2. Tahlil va natijalar: Ta’lim xizmatlarining jamiyatdagi turli qatlam vakillari uchun zaruriy xizmat turi ekanligi hamda mazkur tarmoqning jamiyatda o‘z barqaror o‘rnini yarata olishini ta’min etadigan uchta holat qayd etiladi. Birinchisi, oliy ta’lim tizimida juda ko‘p uchrab turadigan bir holni misol sifatida keltirish orqali fikrimizni oydinroq ifodalashga harakat qilamiz. Masalan, talabaning OTMda muayyan soha bo‘yicha olgan kasbiy bilimi shiddatli texnologiyalar, yangi innovatsiyalarning joriy etilish sharoitlarida to‘g‘ri ma’noda “eskirib” qolishi va kasbiy faoliyatda foydalanish uchun “yaroqsiz” bo‘lish hollari kuzatiladi. Birinchi holat bilan bog‘liq “eskirish” faqat kasbiy ta’lim yoki mutaxassisning ish beruvchi talablariga javob bera olmay qolishida namoyon bo‘libgina qolmasdan, jamiyatimizda sodir bo‘la boshlagan ijtimoiy voqeliklardan ham kelib chiqadi. Aholi turmush sharoitlarining farovonlashuvi, moddiy boyliklar yaratish sohalarining kengayganligi, bozor munosabatlarining faollashuvi kabi hodisalarning natijasi sifatida mamlakatimizda mulkdorlar qatlami shakllanganligi va yil sayin bu qatlam jamiyatning kattaroq miqyoslarini qamrab olayotgani sir emas. Globallashuv va integratsiyalashuv jarayonlarining mahsuli o‘laroq, “boshqaroq yashashga intilish”, “xorijliklarga xos taomillarni joriy etish” kabi yangi ko‘rinishdagi madaniy turmush tarzlarining kirib kelishi uzluksiz ta’lim va norasmiy ish beruvchilar bozori sohasida ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda3. Bu ta’sir, xususan, ijtimoiy sotsiumning tor doirasiga mansub vakillari potensial ish beruvchi sifatida norasmiy mehnat bozori tashkil etishlari hamda maxsus, individuallashtirilgan ta’lim xizmatlaridan foydalanish kabi voqeliklarda kuzatiladi. Ta’lim xizmatlarining jamiyat qatlamlari orasida “ommalashib” ketishiga zamin yaratadigan ikkinchi holat mehnat bozorining talablari bilan bog‘liq. Ya’ni aksar hollarda kasbga tayyorlashning an’anaviy usullarini o‘zida mujassam etgan pedagogik ta’lim bo‘lajak mutaxassis kelgusida o‘z sohasi bo‘yicha bajarishi lozim bo‘lgan vazifalarga muvofiq kelmay qoladi. Mehnat bozori esa jamiyatning ehtiyojlaridan kelib chiqib, o‘z faoliyatini boshlagan mutaxassislar oldiga tezkor va o‘zgaruvchan talablarni qo‘ya boradi. Shu o‘rinda mehnat bozori (umumiy tarzda esa jamoatchilik)ning talablari “o‘zgaruvchan” xususiyatga ega ekanligini SHetinin. V. P. pozitsiyasidan qaragan holda asoslab beramiz. “Mehnat bozorining talablari o‘zgarib turish xususiyatiga ega, zero, bu o‘zgaruvchanlik jamiyatning ishlab chiqarish, ijtimoiy, madaniy, xizmat ko‘rsatish sohalariga tatbiq etilayotgan ilmiy-texnik progress (ya’ni yangi texnologiyalar va innovatsiyalar – ta’kid bizniki) hosilasining amaliy natijasini o‘zida aks ettiradi”4. Demak, ko‘rib turganimizdek, jamiyat (ya’ni ishlab chiqarish, buning natijasida esa mehnat bozori) talablari o‘zgaruvchan. Bu hol esa mazkur “o‘zgarib turuvchi” talablarga tezkorlik bilan javob bera oladigan, yangi iqtisodiy o‘zgarishlarga moslasha oladigan mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni yanada oshiradi. Bundan kelib chiqadiki, bu ikki hodisa bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. V.A Oganesovning ta’kidlashiga ko‘ra, ta’lim xizmatlari va ta’lim xizmatlari bozorining shakllanishi ta’limga qo‘yiladigan talablarning yangilanishi va zamonaviylashishi natijasidir. Ta’lim xizmatlarining jamiyat va iste’molchilar tomonidan uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlari oldiga qo‘yadigan talablarining hosilasi ekanligini tasdiqlagan holda, diversifikatsiya sharoitida bu talablarning ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarga ega bo‘lib, aynan qanday tashkil etuvchi elementlardan iborat ekanligiga e’tibor qaratamiz. Mazkur talablar: -shaxsning atrof-borliqqa yangicha hayotiy munosabatlarini shakllantirish; -ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarda insonparvarlik tamoyillarining ustivorligiga erishish; -bilim, malaka, ko‘nikma va hayotiy tajribalarning iqtisodiy taraqqiyotning qudratli harakatlantiruvchi kuchiga aylanishiga erishish; -ta’limning tashabbuskorligi va innovatsion g‘oyalarning birlamchi manbaiga aylanishi hamda jamiyatni ochiq, variativ, tolerant va ushbu jamiyatni hosil qiluvchilarning o‘zaro munosabatlari asosida rivojlanadigan barqaror tizimga aylantirish va shu kabilardan iborat5. Demak, aytishimiz mumkinki, ta’lim va jamiyat o‘rtasida uyg‘unlikda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar va yangilanishlarning zamonaviy bosqichida uzluksiz ta’limdagi diversifikatsiya jarayonlari o‘z rivojlanish yo‘nalishlariga ega bo‘lishi tabiiy holda. V.A.Oganesov mazkur yo‘nalishlarni quydagilardan iborat deb hisoblaydi: -mutaxassislar tayyorlash hamda ta’lim sifatini nazorat qilish tizimlarining mundarijaviy va texnologik jihatdan yangilanishi; -OTMlarning ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-pedagogik muhit bilan integratsiyalashuvini ta’minlovchi mexanizmlar ishlab chiqish; -muayyan mintaqaning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda mutaxassislar tayyorlashning amaliy faoliyatga yo‘naltirilganligini ta’minlovchi mexanizmlarni takomillashtirish; -ta’limning mundarijasidagi tarbiya komponentlarining amaliy va nazariy bilim komponentlari bilan uyg‘unlashuvi uchun sharoit yaratishga qaratilgan mexanizmalarni takomillashtirish; -pedagogik tizimlarni doimiy monitoring qilib borish tizimlarini ishlab chiqish; -pedagogik mehnat bozorining markentingini tashkil etish; -jamiyat talablariga muvofiq holda mutaxassisning kasbiy, shaxsiy va ijtimoiy jihatlarining yangilanib borishi; -hududning mintaqaviy o‘ziga xosliklari va OTMning imkoniyatlarini hisobga olgan holda mutaxassis shaxsining shakllanishi uchun optimal sharoitlar yaratish orqali ularning ijtimoiy, kasbiy mobilligi va raqobatbardoshligini ta’minlash; -aholi bandligini ta’minlovchi tizimlarning faoliyatini yanada takomillashtirish orqali mutaxassislarning o‘z imkoniyatlarini namoyon qilishlari uchun sharoit yaratish6. Uzluksiz ta’limdagi diversifikatsiyaning yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan yo‘nalishlari qatoriga Djurinskiy A.N. iqtidorli bolalarga e’tibor qaratishni o‘z ichiga olgan yo‘nalishni ham ilova qiladi7. Tadqiqotchi alohida iqtidorga ega bo‘lgan, ilmning ma’lum bir sohasi bo‘yicha qiziqish va motivatsiyaga ega bo‘lgan bolalar hamda o‘smirlarning ta’lim-tarbiya olishlari uzluksiz ta’limdagi diversifikatsiyaning rivojlanishida eng muhim yo‘nalish ekanligini ta’kidlab, fikrni jahon pedagogikasida sodir bo‘lgan shu xildagi jarayonlarning keltirgan samaralari bilan asoslaydi. “Keyingi yillarda jahon pedagogik amaliyoti bu masalaga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Masalan, Yevropada Oliy iqtidorlar assotsiatsiyasi tashkil etilgan bo‘lib, uning maqsadi iqtidorli bolalarni o‘qitish msohasini tadqiq etish va rag‘batlantirib borishdan iboratdir. Bunda bolalarning iqtidorlilik darajasini tashxislovchi mezonlar ishlab chiqish, ulardagi mavjud potensialni o‘rganish va uni yuzaga chiqarishni ta’minlaydigan metodikalar hamda pedagogik shart-sharoitlarni o‘z ichiga olgan loyihalar ishlab chiqish, iqtidorli bolalarni rag‘batlantirib borish tizimini joriy etish kabi masalalarda izlanishlar olib boriladi. Yevropa Oliy iqtidorlar assotsiatsiyasi olimlari va mutaxassislari ushbu o‘rinda “iqtidorli bola” tushunchasiga ta’rif berib o‘tadilar: ularning fikricha, intellektual, adabiy-badiiy va ijtimoiy-ma’naviy sohalardan birida yuqori natijalarga erishish uchun yetarli imkoniyatlarga ega bo‘lgan yoki favqulodda psixomotor va ijtimoiy qobiliyat sohibi bo‘lgan bolalarnigina “iqtidorli bola” maqomi bilan tasniflash mumkin8. Modomiki, iqtidorli bolalarni topish va ularning qobiliyatlariga alohida e’tibor berish uzluksiz ta’limdagi diversifikatsiyani rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilar ekan va jamoatchilikning (iste’molchi sifatida) “xizmat ko‘rsatuvchi” maqomidagi ta’lim xizmatlari bozoriga qo‘yadigan talablari uzluksiz ta’limdagi diversifikatsiyaning yuzaga kelishi uchun muhim shart-sharoitlardan biri sanalar ekan, aytishimiz mumkinki, biz tadqiq etayotgan mavzu iqtidorli bolalarni tarbiyalash va ta’lim xizmatlari bozorini rivojlantirish masalalariga bevosita bog‘liqdir. Mazkur masalani esa uzluksiz ta’limdagi diversifikatsiya jarayonlarining asosiy tamoyillarini o‘rganmay hamda ularni to‘liq joriy etmasdan turib hal etish deyarli ilojsizdir9. Biz uzluksiz ta’limdagi diversifikatsiya jarayonining asosiy tamoyillarining tahliliga kirishishdan oldin jamoatchilikning uzluksiz ta’lim tizimi oldiga mutaxassis kadrlarni yetkazib berish bilan bog‘liq talablarini tuzilmaviy ravishda alohida tashkil etuvchilarga ajratish zarurati xususidagi mulohazalarga to‘xtalib o‘tishni zarur deb hisoblaymiz. Zero, mazkur talablarni mufassal o‘rganibgina, ularga javob beradigan darajadagi ta’limni yo‘lga qo‘yish mumkin. Ma’lumki, mamlakatimizdagi ta’lim tizimi maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ta’lim kabi asosiy bo‘g‘inlarni o‘z ichiga oladi. Oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichlarida ta’lim oluvchi shaxs, ta’lim subyekti sifatida shakllangan hamda ta’limning navbatdagi bosqichida uning hajm, sifat, usul, metod va vositalaridan ma’lum darajada erkin foydalanish imkoniyatlarini qo‘lga kiritadi. Biroq kuzatuvlar, muallifning shaxsiy tajribalari shuni ko‘rsatadiki, ta’lim tizimining dastlabki to‘rtta (maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi) orasida izchil bog‘lanishlarni ta’minlovchi talablar tizimi joriy etilishi lozim. Sodda qilib aytganda, boshlang‘ich sinf o‘quvchisi MTT tarbiyalanuvchisini “qanday darajada” qabul qilib olishini dasturiy-bayoniy tarzda taqdim etishi hamda MTTdagi tarbiya jarayonlariga bevosita metodik, amaliy ko‘mak berishi tizimi yo‘lga qo‘yilishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Garchi mazkur ta’lim muassasalarida amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya jarayonlari tegishli huquqiy-meyoriy hujjatlarda (ta’limning ma’lum bo‘g‘iniga oid Davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va shu kabilar) mufassal ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lsa-da, mahalliy sharoitlar hamda imkoniyatlardan kelib chiqadigan talablar ham bo‘lishi mumkin-ku? Xuddi shunday tizim ta’limning navbatdagi yondosh bo‘g‘inlari (boshlang‘ich ta’lim va umumiy o‘rta ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim va oliy ta’lim) orasida ham mavjud bo‘lishi lozim. Mazkur talablar o‘z ichiga huquqiy-meyoriy hujjatlarda belgilangan talablardan tashqari ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalari, o‘qituvchining ijodiy qobiliyati, ta’lim muassasasidagi muhit, ta’lim muassasasi joylashgan hudud (mintaqa)dagi ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda madaniy sharoitlardan kelib chiqqan holda ta’lim jarayoni ishtirokchilarining uchinchi tomoni (ya’ni ota-onalar) talablarini ham hisobga olgan bo‘lishi va sof ijodiy tarzda tuzilishi lozim deb hisoblaymiz. Bu mavzu, bizning fikrimizcha, uzluksiz ta’limdagi diversifikatsiyani yanada rivojlantirish uchun muhim faktor bo‘lgan bo‘lur edi, ammo u alohida tadqiqotlar va izlanishlarni talab qiladi. Biz uchun mazkur o‘rinda bu masalaning ta’lim tizimi oldiga jamoatchilik qo‘yadigan talablarning mohiyatini anglashimizga yordam berishdagi ahamiyati muhim. Hamonoki, gap jamoatchilikning talablari asosida ketar ekan, yuqorida keltirib o‘tilgan savollarga mazmundosh “Ta’lim tizimini tashkiliy jihatdan yangilashga majbur etayotgan sabablar nima?” degan savolga biz, aynan, mehnat bozorida tomonidan qo‘yilayotgan talablar deb javob beramiz. Bundan uzluksiz ta’limdagi diversifikatsiya iqtisodiy mazmunga ega bo‘lgan holda tijoratlilik xususiyati kasb etadi, degan xulosa kelib chiqmasligi lozim [20, 9-b]. Negaki, qator OTMlar tomonidan o‘tkazib kelinayotgan ta’lim marketingi ham ta’limning bozor tamoyillari asosida olib borishning “iste’molchilar”ga qulay tuzilmalarini axtarib topish va mahalliy sharoitlarga moslashtirishni nazarda tutib kelmoqda. Biroq mazkur izlanishlarda ta’lim oluvchining o‘zi istagan bilimni o‘zi olishi yoki uning o‘z ta’lim trayektoriyasini o‘zi yaratishga bo‘lgan urinishlarini bee’tibor qoldiradi. Shunisi ham borki, jamiyat ichida shakllangan talab hamma narsani o‘z joyiga qo‘yish lozimligini taqozo etdi va uzluksiz ta’limdagi diversifikatsiyaning sekin-asta o‘zini namoyon qila borishi bilan ta’lim xizmatlari bilan taklif etilayotgan tijorat mazmunidagi xizmatlar o‘rtasidagi chegaraning torayib borish hollari kuzatila boshlandi. Ya’ni I.V.Leushina fikricha, “foyda ilinjida fan dargohlarini tijorat muassasalariga aylantirish orqali yangicha xizmat turlari paydo bo‘ldi”10. Bu hol diversifikatsiya jarayonining innovatsion xarakterga ega ekanligi bilan bog‘liq bo‘lib, ta’limni tashkil etishning (yoki ta’lim muassasasining) barcha mavjud potensialdan amaliyotda foydalanishni va buning natijasida kelib chiqadigan ijtimoiy-iqtisodiy samarani ko‘zda tutadi. Biroq bu diversifikatsiya jarayonlari har qanday ijtimoiy-iqtisodiy manfaatni ko‘zlagan ta’lim muassasasida sodir bo‘lishi kerakligini bildirmaydi, bil’aks, mazkur jarayon faqat ta’limni rivojlantira olish uchun zarur potensialga ega bo‘lgan hamda diversifikatsiya yuzaga kelishi uchun yetarli shart-sharoitlarga ega bo‘lgan ta’lim muassasalari bazasida sodir bo‘lishigina zarur natijani beradi. Uzluksiz ta’limdagi diversifikatsiya jarayonining samarali kechishi uchun lozim bo‘lgan potensial, bizning nazarimizda, malakali mutaxassislar, moddiy-texnik baza va o‘quv-metodik majmua kabi quyidagi tashkil etuvchi elementlardan iborat bo‘lishi zarur. Xulosa. Demak, aytishimiz mumkinki, uzluksiz ta’limdagi diversifikatsiya jarayoni ta’lim jarayonidagi ustivor hodisa sifatida ikkita – innovatsion va ta’lim oluvchilarning mundarijaviy jihatdan erkinligini ta’minlovchi xususiyatlarga egadir. Biz yuqorida uzluksiz ta’limdagi diversifikatsiyaning innovatsion jarayon sifatida o‘z tatbiq etilish va rivojlanish tamoyillariga ega bo‘lishi lozimligi haqida mulohaza yuritgan edik. Mazkur jarayonning namoyon bo‘lish sharoitlari, sodir bo‘lish bosqichlari, rivojlanish faktorlari haqida yetarlicha tasavvurga ega bo‘lgan holda, endi uning rivojlanish tamoyillariga to‘xtalib o‘tamiz. Ko‘rib turganimizdek, o‘z joriy etilish tamoyillariga ega bo‘lgan diversifikatsiya jarayoni, eng avvalo, alohida insonning manfaatlari, ta’limiy ehtiyojlari, qolaversa, jamiyatda yaxlit holda shakllanadigan va vaqt davomida o‘zgarib boradigan talablarning dinamik tarzda rivojlanib borishiga bog‘liqdir. Biz ayni vaqtda “qaytariqli aloqa”ning sodir bo‘lish mexanizmini ham ko‘rishimiz mumkin: ya’ni uzluksiz ta’limdagi diversifikatsiya jarayonlari jamiyatdagi rivojlanishning talabi bo‘lgani kabi jamiyatdagi yangilanishlar ham uzluksiz ta’limdagi diversifikatsiyaning hosilasidir11. Download 28.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling