Diversifikatsiyalashning korporativ strategiyalari
Qisqartirish va tugatish strategiyasi
Download 42.17 Kb.
|
DIVERSIFIKATSIYALASHNING KORPORATIV STRATEGIYALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qayta tarkiblashtirish strategiyasi.
Qisqartirish va tugatish strategiyasi
Korporatsiya faoliyatining aniq yo‘nalishi o‘z jozibasini yuqotib qo‘ysa, bunday ahvoldan omadli chiqish yo‘li biznesni sotish hisoblanadi. Mahsulotni sotish vaqtini va zaruratini aniqlashning muhim tamoyili «Agar biz mazkur faoliyat bilan shugullanmaganimizda, xozir shu soxada ish boshlarmidik?» degan savolga javob berish hisoblanadi. Agar javob salbiy bo‘lsa, bunday korxonani sotish imkoniyatlarini hisoblab chiqish zarur. Bunday korxonadan qutilishning ikkita yo‘li bor. «Bosh» kompaniya aksiyalarini bir qismini saqlab qolgan holda yoki ulardan butunlay qutilib, bunday biznesdan chiqib ketishi mumkin. Korporatsiya mahsulotni bevosita tashqariga sotishi mumkin, lekin bu holda xaridor topish kerak bo‘ladi. Odatda sotishda «Mazkur biznesni biz kimga sotishimiz va buning uchun biz qancha olishimiz mumkin?» degan nuqtai nazardan qaramaslik kerak. Aksincha, «Kim uchun bu korxona muvaffaqiyatli xarid bo‘lishi va qanday vaziyatda ular uchun ma’qul bo’lishi mumkin?» deb so‘ralsa oqilona ish bo‘ladi. Qaysi tashkilot uchun bunday korxonani sotib olish shubhasiz foydali bo‘Isa, shu tashkilot eng yuqori bahoda sotib olishi mumkin. Barcha mavjud strategik muqobil variantlar ichida tugatish ayniqsa, yagona biznes bilan shugullanuvchi korxonalar uchun eng noxush va ayanchli hisoblanadi. Chunki ular uchun bunday vaziyat tirikchilik o‘tkazishni butunlay to'xtatishni bildiradi. Shunga qaramay ilojsiz qolgan sharoitda erta tugatish, bankrot bo‘lishga qaraganda aktsiyadorlar manfaatiga mos keladi. Qayta tarkiblashtirish strategiyasi. Portfelni tiklash tejamkorlik va qayta tarkiblash strategiyasi xandorlari qashshoqlashayotgan korxonalarda vaziyatni o‘zgartirish talab etilgan taqdirda qollaniladi. Tiklashning korporativ strategiyasi zararga ishlayotgan korxonalardan qutulishga emas, ulami qayta tiklashga urg‘u beradi. Bunday strategiyaning maqsadi xaridorlaming umumiy sonini kamayishiga «katta xissa» ko‘shayotgan korxonalarning muammolarini hal etish yo‘li bilan korporatsiyani sog‘lomlashtirishdan iborat Tejamkorlikning korporativ strategiyasi diversifikatsiyalash miqyoslarini qisqartirish va korxonalar sonini kamaytirishga o‘z e’tiborini qaratadi. Portfelni qayta tarkiblash strategiyasi tarkibni va korporatsiyaning ishbop portfelida foiz nisbatlarini tubdan qayta ko‘rib chiqishni o‘z ichiga oladi. Qayta tarkiblashga bo‘lgan ehtiyoj quyidagi vaziyatlarda paydo bol’ishi mumkin: Korporatsiyani strategik tahlil qilish portfelda sekin rivojlanayotgan, zarar bilan ishlayotgan va zaif korxonalaming katta hajmda mavjudligi natijasida kompaniyaning o‘zoq muddatdagi istiqbollari o‘z jozibasini yuqotib qo‘yganligi to‘grisida xulosa chiqarish imkoniyatini beradi. Bir yoki bir nechta kalit yo'nalishlar qiyin paytlami boshdan kechirayotgan paytlarida. Kompaniyaning yangi rahbariyati korporatsiyaning strategik siyosatini qayta ko‘rib chiqish haqida qaror qabul qiladi. Yangi texnologiyalar va mahsulotlar paydo bo‘ladi. Firmada shunday katta koixonani sotib olish imkoniyati paydo bo‘ladiki, bunday loyihani moliyaiash uchun kichik firmalami sotish zarur bo‘ladi. Portfeldagi ko‘pgina yo‘nalishlar borgan sari jozibasizroq bo‘lib boradi va ularni jiddiy ravishda qayta ko‘rib chiqish talab etiladi. Download 42.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling