Dizartriya tashxisiga EGA bolalarga korreksion yordam berish texnologiyalari


Dizartriya nutq nuqsoni haqida tushuncha


Download 0.83 Mb.
bet3/8
Sana18.06.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1586600
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
дизартрия

Dizartriya nutq nuqsoni haqida tushuncha

Dizartriya – nutq apparati inervatsiyasining organik buzilishi sababli nutqning talaffuz tomonidan buzilishidir. Dizartriya termini grekcha soʼzdan olingan boʼlib, disbuzilish, boʼlak, arthon – biriktirish degan maʼnoni bildiradi.


Dizartriya - bu markaziy xarakterdagi organik nutq buzilishi hisoblanadi. Dizartriyada nutq aʼzolarining (yumshoq tanglay, til, lablar) kam harakatlanishi natijasida nutq tovushlari artikulyatsiyasi qiyinlashadi, shu bilan birgalikda ovoz, nafas buzilishlari hamda nutqning surʼati, ritmi va ifodaliligida oʼzgarishlar kuzatiladi. Dizartriyaning ogʼir formasida nutq butunlay tushunarsiz boʼladi. Bunday hol anartriya deb ataladi. Аnartriya - termini grekcha soʼzdan olingan boʼlib, a-yoʼq, arthon – biriktirish degan maʼnoni bildiradi.
Кoʼpchilik mutaxasislar dizartriyani tasniflashda jarohatlanish oʼchʼog'ini hisobga olish tamoyiliga amal qilib, dizartriyani quyidagi turlarga ajratadilar: bulbar, psedobulbar, qobiqli dizartriya, qobiq osti va miyachali dizartriya.

Nutq apparati muskulining paralichi qanchalik diffuz va buzilish darajasi qanchalik chuqur boʼlsa, nutq tovushlari shunchalik qoʼpol buziladi. Bulbar dizartriyaning ogʼir hollarida eng sodda burun tovushlarini talaffuz eta olish qobiliyati sustlashib ketadi. Nutq apparati sustligii tufayli roʼy bergan turli klinik holatlardagi bulbar dizartriyaning toʼgʼridan toʼgʼri birlamchi klinik simptomlari past, kuchsiz ovoz, portlovchi tovushlar artikulyatsiyasidagi buzilish, jarangli tovushlarda jaranglilik shaklining soddalashuvi, ovozning burunli, dimogʼli tembri, nutq ohangdorligining buzilish kabilardan iborat.


Psevdobulьbar dizartriya. Periferik harakatlantiruvchi neyronlarning yadrosining oʼzi nerv impulslarini miya poʼstlogʼidan markaziy harakatlantiruvchi neyronlir, boshqacha qilib aytganda piramida yoʼli bilan qabul qiladi. Hozirga qadar markaziy harakatlantiruvchi neyronlarning tanasini oldingi ildizi markaziy egatlarning /Gʼng va chap/ pGʼstlogʼida maʼlum ketmaketlikda joylashgan deb hisoblanib kelinar edi. Til, lab, yutqin, tomoq harakatini innervatsiya qilishga tegishli hujayralar oldingi markaziy egatlarning pastki qismida joylashgan. Barcha piramida yoʼli tolalari birga qoʼshilib, miya poʼstlogʼi osti yadrolari orasidan yarimsharning oq moddasi boʼylab miya stvolining badal qismiga oʼtadi. Uzunchoq va orqa miya chegarasida piramida yoʼli oʼng va chap tomonlari tolalarining katta qismi bir-birini kesib oʼtadi va orqa miyaning periferik harakatlantiruvchi neyronlar hujayralrida tugaydi.
Аgar periferik paralichda barcha ixtiyoriy va ixtiyorsiz harakatlar buzilsa, markaziy spastik paralichda avvalo ixtiyoriy harakatlar zararlanadi, ixtiyorsiz harakatlar esa saqlanishi mumkin. Piramida yoʼllari tolalari kontakt yoʼlini hosil qiladi. Shuning uchun ularning shikastlanishida asosan bitta koʼp hollarda ikkita qoʼl-oyoq qismi harakati eng nozik va differentsiallangan qoʼl barmoqlarining harakati buziladi.
Piramida yoʼlining bosh miya nervlarining harakatlantiruvchi yadrolariga poʼstloq impulslarini tashuvchi tomonlariga kartikonuklear yoki kartiko – bulbar deyiladi. Ularning shikastlanishida yuzaga keluvchi muskullar paralichi markaziy spastik paralich xususiyatiga ega. Sust bulbar paralichlardan farq qilib, bu paralichlar psevdobulbar deyiladi.
Bosh miya nervining koʼpchilik harakatlantiruvchi yadrolarining ikki yoqlama poʼstloq innervatsiyasi Shuni aniqlab beradiki, kartikonuklear yoʼllarning bir yoqlama zararlanishi chaynash, yutish, tovush hosil boʼlishida jiddiy funksional chetga chiqishini keltirib chiqarmaydi. Bunday buzilish koʼrtikonuklear yoʼllarining ikki yoqlama shikastlanishda sodir boʼladi. Bunda til muskuli va yuzning pastki qismi muskulining markaziy spastik paralichi eʼtiborga olinmaydi, bu muskullar miyaning qarama-qarshi yarim sharidan keluvchi kirtikonukleor tolalar bilan innervatsiya qilinadi. Аmmo psevdobulbar dizartriya simptomlari, shuningdek, chaynash, yutish va tovush hosil boʼlishining buzilishi, odatda, til osti va yuz nervlarining ikki yoqlama paralichi mavjudligi natijasida rivojlanadi.
Shuninig uchun bir yoqlama miya markazining zararlanishi psevdobulbar dizartriyani chaqirishi mumkinmi degan savolga koʼp mualliflar yoʼq deb javob beradilar.
Psevdobulbar paralichning klinik koʼrinishining muskullar tonusi va tilning faol harakatini tekshirib borish misolida kuzatishimiz mumkin. Аgar bemorning ogʼzi ochib koʼrilganda til muskullar atrofiyasi yoʼqligini koʼrish mumkin. Til, odatda, orqaga tortilgan, oʼrta qismi koʼtarilgan va yutqinga kirish yoʼlini berkitib turgan boʼladi. Odatda, bemorlar tilini ogʼiz boʼshligʼidan chiqara olmaydilar.
Tilni oldinga chiqarib qilinadigan harakatdan til uchini burunga qarata chiqarilgandagi harakat kuchliroq buziladi. Bemor talab qilinayotgan harakatni tilning oldingi qismini pastki lab va pastki jagʼ bilan passiv koʼtarishi hisobiga bajarish mumkin. Bunda til taranglashgan boʼlib, til uchi yuqoriga qayrilmaydi va yuqorigi lab terisiga tegmaydi, tez holdan toyish sodir boʼladi va til sekin-asta yoki silkinishga oʼxshab ogʼiz boʼshligʼiga kirib ketadi.
Bemorlar uchun boshqa harakatlarga nisbatan til uchining iyakka qarata qiladigan pastga harakati birmuncha osonroqdir. Biroq tilning eng pastki uchi pastga egilmaydi va iyak terisiga tegmaydi. Tilning yon tomonga qiladigan harakati, ayniqsa ogʼiz boʼshligʼidan chiqarilganda ham kichik amplituda bilan xarakterlanadi, buning ustiga til butun massasi boʼylab joylashadi, bunda taranglashgan til uchi yon tomonga harakat qilmaydi.
Tilning paretik muskullari va shu bilan bir qatorda boshqa nutq apparatining muskulli organlarining harakatining hajmi va kuchining bunday kamayishi albatta nutq jarayonida namoyon boʼladi. Kasallar ovozi kuchsiz, eshitilmas boʼladi va soʼnib boradi. Bunda har doim birinchi boʼlib, nozik va murakkab artikulyatsion tovushlar zarar koʼradi.
Til-yutqin, adashgan va til osti nervlarining paralichi yoki markaziy parezlarida odamda asosiy rezoratorlar – yutqin va ogʼiz boʼshligʼining rezonatorik hususiyatlari tez, qattiq oʼzgarib qoladi. Boʼyin, yutqin, tomoq, yumshoq tanglay va til muskullarining spastik holati yutqinning rezonatorlik faoliyatiga yoʼl bermaydi. Spastik taranglashgan til ogʼiz boʼshligʼiga – tomoqning orqa devoriga suriladi, bu esa maʼlum yomon holatlarga olib keladi. Birinchidan, til oʼzagining orqaga joylashishi yutqin yoʼlini bekitib, tomoq-yutqin boʼlimining hosil boʼlishiga imkoniyat bermaydi. Ikkinchidan, yutqinning ovoz toʼlqinlarini toʼplash va ogʼiz boʼshligʼiga berish xossasini kamaytiradi va ovoz toʼlqinlarini burundor modikulyatsiyasi uchun sharoit yaratiladi.

Manqalikning kelib chiqishida yutqinning yuqori qismidagi muskullar spastikiliga va yutqin-ogʼiz va yutqin-burun boʼshliqlari razmerining kattaliklari oʼzgarishlarining ahamiyatini Cereene /1957/ koʼrsatib oʼtadi. Muallifning nuqtayi nazaridan bu faktorlar havoning burun orqali toʼgʼri chiqib ketishiga qaraganda ahamiyatliroqdir. Bu fikrni Berry va Eisensein /1956/ ham tasdiqlashadi.
Psevdobulьbar dizartriya shartli ravishda 3 darajaga ajratiladi: yengil, oʼrta, ogʼir.
1.Psevdobulbar dizartriyaning yengil darajasi artikulyatsion nutq apparat harakatlarida qoʼpol buzilishlarning yoʼqligi bilan xarakterlanadi. Bunda asosiy artikulyatsion qiyinchilik til, lablarda harakatni tez va aniq bajara olmasliklarida seziladi. Bunday bolalarda talaffuz kamchiliklari asosida artikulyatsion harakatlarini aniq tez bajara olmasliklari natijasida yuzaga keladi. Nutq birmuncha sekinlashgan boʼladi. Аrti-kulyatsion jihatdan qiyin bGʼlgan tovushlar: j, sh, r, ch talaffuzida kamchiliklar kuzatiladi. Jarangli tovushlar talaffuzida ovoz yetarli darajada ishtirok etmaydi.
Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar fonematik rivojlanishga salbiy taʼsir koʼrsatadi. Dizartriyaning yengil darajasida koʼpchilik bolalar tovushlar analizida bir qator qiyinchilikka uchraydi. Bunday bolalar yozuvda oʼziga xos xatoliklarga yoʼl qoʼyadilar, yaʼni harflarni almashtirib yozadilar. Nutqning lektsik grammatik tomonlarida kamchiliklar deyarli kuzatilmaydi.
2.Psevdobulbar dizartriyaning oʼrta ogʼir darajada bolada yuz muskullar harakati yoʼqolgan boʼladi. Bu holat dizartriyaning oʼrta ogʼir darajasi uchun xarakterlidir. Lab va til harakatlari chegaralangan boʼladi. Bola lablari va tillarini kerakli holatlarda harakatlantira olmaydi.
Аsosiy qiyinchiliklar bir harakatdan ikkinchi harakatga oʼtishda yaqqol namoyon boʼladi. Yumshoq tanglay kam harakatchan boʼladi. Bolada soʼlak oqishlari hamda chaynash va yutish aktlarida qiyinchiliklar kuzatiladi.
Аrtikulyatsion apparat funksiyasidagi kamchiliklar ogʼir talaffuz kamchiliklariga olib keladi. Bunday bolalar nutqi tushunarsiz boʼladi va kechikib rivojlanadi.
3. Psevdobulbar dizartriyaning ogʼir darajasi bu – anartriyadir. Bunda asosiy kamchilik muskullari ogʼir buzilishi va nutq apparatining toʼliq faoliyatsizligi bilan xarakterlanadi. Аnartirik bolalar maʼnosiz, oʼzgacha koʼrinishda boʼladi, pastki jagʼ tushgan, ogʼizlari doimo ochiq holda boʼladi. Til ogʼiz boʼshligʼida harakatsiz yotadi, lab harakati oʼta chegaralangan boʼladi. Chaynash va yutish aktlarida qiyinchilik kuzatiladi. Nutq toʼliq boʼlmaydi.
Qobiqli dizartriyada bosh miya qobigʼining oʼchoqli jarohatlanishi bilan bogʼliq patogenezga ega nutqning motor kamchiliklar guruhi namoyon boʼladi.
Qobiqli dizartriyaning birinchi shakli bosh miyaning oldingi markaziy egatchasining pastki boʼlimining bir tomonlama yoki koʼp hollarda ikki tomonlama jarohatlanishi bilan bogʼliq. Bunday xolatlarda artikulyatsiya mushaklarining markaziy parezi yuzaga keladi. Tilning ayrim mushaklarini qobiqli parezi juda nozik alohida harakatlari hajmining cheklanishiga olib keladi. Qobiqli dizartriyaning bu shaklida til oldi tovushlari talaffuzida kamchiliklar kuzatiladi. Qobiqli dizartriyani tashxisi uchun har bir aniq holatda til oldi tovushlarining zararlanishi va bu kamchiliklarning mexanizmlarini aniqlashga yordam beruvchi nozik neyrolingvistik tahlilni amalga oshirish zarur.
Qobiqli dizartriyaning birinchi shaklida til oldi tovushlaridan birinchi navbatda undoshlar, yaʼni til uchini yuqori tishlar tomon koʼtarib va biroz egilgan holda talaffuz qilinadigan undoshlar (sh, j, r) talaffuzida kamchiliklar kuzatiladi. Dizartriyaning ogʼir koʼrinishlarida bu tovushlar mutlaqo yoʼq boʼlsa, yengil koʼrinishida talaffuz jarayonida tilni oʼrta qismi yumshoq tanglay tomon koʼtariladigan tovushlar (s, z, t, d, n) bilan almashtiriladi.
Qobiqli dizartriyada apikal undoshlar, yaʼni talaffuz jarayonida til uchini yuqori tishlar va alveolalarga yaqinlashishi va tegib turishi bilan izohlanadigan tovushlar (l) talaffuzida ham qiyinchiliklar kuzatiladi.
Shuningdek, qobiqli dizartriyada undosh tovushlarning hosil boʼlishining kamchiliklari kuzatilishi mumkin.
Qobiqli dizartriyada mushak tonusining ortishi xarakterli, ayniqsa, til uchi mushaklari tonusining ortishi kuzatiladi. Bu esa nozik differentsial harakatlarni cheklaydi.
Qobiqli dizartriyaning ikkinchi shakli kinestetik praksisni yetarli emasligi bilan bogʼliq. Bu esa bosh miyaning dominant yarim shari (odatda, chap yarimsharlar) qobigʼining pastki markaziy boʼlimlarini bir tomonlama jaro-hatlanishida kuzatiladi.
Bunday hollarda shovqinli va affrikat undosh tovushlar talaffuzida kamchiliklar kuzatiladi. Аrtikulyatsiya kamchiliklari turli xil va turgʼun emasligi bilan xarakterlanadi. Nutq jarayonida zarur artikulyatsiya holatini izlash nutq tempini sekinlashtiradi va uygʼunligida kamchiliklar keltirib chiqaradi.
Аyrim artikulyatsiya holatlarini his etish va talaffuz etishda qiyinchiliklar kuzatiladi. Yuz gnozisini yetarli emasligi kuzatiladi.
Qobiqli dizartriyaning uchinchi shakli dinamik kinestetik praksisning yetarli emasligi bilan bogʼliq. Bu bosh miyaning dominant yarimsharlari qobigʼining motor sohasining pastki boʼlimlari jarohatlanishida kuzatiladi. Kinestetik praksis kamchiliklarida murakkab affrikat tovushlarining talaffuzi qiyinlashadi.
Topshiriq boʼyicha harakatlarni ketma-ketlikda bajarishda qiyinchiliklar namoyon boʼladi. Qobiqli dizartriyaning ikkinchi va uchinchi shakllarida tovushlarni mustahkamlashda qiyinchiliklar kuzatiladi.
Ekstrapiramidali dizartriya (qobiq osti dizartriya).
Ekstrapiramidali tizim tez, aniq va differentsial harakatlarni bajarish imkonini beruvchi tayyorgarlik foniniavtomatik tarzda yaratadi. U mushaklarning tonusini, mushaklar qisqarishining ketma-ketligi, kuchi va harakatchanligi boshqarishda alohida oʼrin tutadi va harakat aktlarini emotsional ifodali, avtomatik tarzda bajarishni taʼminlaydi.
Ekstrapiramidali dizartriyada tovushlar talaffuzida kamchiliklar aniqlanadi:
– nutqiy mushaklarda mushak tonusini oʼzgarish;
– zoʼriqish harakatlari mavjudligi (giperkinezlar);
– nutqiy mushaklardan propritseptiv afferentatsiya kamchiliklari; – emotsional – harakat innervatsiya kamchiliklari.
Ekstrapiramidali dizartriyada artikulyatsiya apparati mushaklarining harakatlari hajmi psevdobulbar dizartriyadan farqli ravishda yetarlicha rivojlangan boʼladi. Bola doimo oʼzgaruvchi mushaklar tonusi va zoʼriqishli harakatlar taʼsirida artikulyatsiya holatini his etishga va bajarishga qiynaladi. Shuning uchun, ekstrapiramidali dizartriyada koʼp hollarda kinestetik dispraktsiya kuzatiladi. Nutq mushaklarini tinch turgan holatida mushaklarning yengil tebranishi (dispgoniya) yoki uning maʼlum maʼnoda pasayishi (gipotoniya) kuzatilishi mumkin. His-hayajonli, taʼsirchan holatlarda nutqiy bayonni amalga oshirishda urinishlarda mushaklar tonusini va zoʼriqishli harakatlarning ortishi kuzatiladi. Til tuguncha boʼlib, ildizi tomon tortiladi, juda tez zoʼriqadi, tortiladi. Ovoz apparati va nafas mushaklari tonusining ortishi tovushni ixtiyoriy tarzda chiqishini yoʼqotadi va bola bittagina tovushni ham talaffuz eta olmaydi.
Mushak tonusining yaqqol namoyon boʼlgan kamchiliklarida nutq noaniq, tushunarsiz, ovoz manqalarining ega boʼlib, nutqning maʼno tomonida, uning intonatsiyail-ohangli tuzilishida, tempida kamchiliklar kuzatiladi. Nutqning emotsional belgilari namoyon boʼlmaydi, nutq monoton, bir xil boʼladi. Ovozni «Oʼchib qolib», tushunarsiz mingʼillashga oʼtishini kuzatish mumkin.
Ekstrapiramidali dizartriyaning xususiyatlari – bu tovush talaffuzini turgʼun va bir xil koʼrinishdagi kamchiliklarining kuzatilmasligi, Shuningdek, tovushlarni mustahkamlash jarayonining qiyinchilik bilan amalga oshirilishidir.
Ekstrapiramidali dizartriya ayrim hollarda neyrosensor karlik kabi eshitish kamchiliklari bilan birgalikda keladi. Bunda avvalo, balanda tonlarni eshitish zararlanadi.
Miyachali dizartriya. Dizartriyaning bu shaklida miyacha va uning markaziy asab tizimining turli boʼlimlari bilan aloqalari jarohatlanadi. Miyachali dizartriyada nutq sekinlashgan, jumla oxiriga kelib ovozning «Oʼchib qolishi» bilan tavsiflanadi. Til va lab mushaklari tonusining pasayishi ular uchun xos boʼlib, til ingichka holda ogʼiz boʼshligʼida beharakat yotadi, harakatlar tempi sekinlashgan, artikulyatsiya holatlari his etish va amalga oshirishda qiyinchiliklar, yumshoq tanglay osilib turishi, chaynash harakatlarining sustligi, mimikaning cheklanganligi kuzatiladi. Til harakatlari noaniq boʼlib, unda giper yoki gipometriyalar (harakatlar hajmining ortishi va kamayishi) kuzatiladi. Nozik maqsadga yoʼnaltirilgan harakatlarni bajarishda tilni bilinar-bilinmas titrashi, tovushlarni burunli talaffuz etish kuzatiladi.

Dizartriyaning diffensial diagnostikasi ikki yoʼnalishda amalga oshiriladi: dislaliyadan va alaliyadan farqlash.
Dislaliyadan farqlash 3 ta asosiy sindromlar (artikulyatsiya, ovoz va nafas kamchiliklari sindromlari) asosida amalga oshiriladi. Bunda tovush talaffuzi buzilishi, nutqning maʼno tomonidagi kamchiliklar, tovushlar talaffuzining oʼziga xos nuqsonliklarida tovushni nutqda mustahkamlashdagi qiyinchilik, Shuningdek, nevrologik tekshiruv maʼlumotlari (markaziy asab tizimida organik jarohatlar belgilarining mavjudligi) va analiz xususiyatlari (perinotal nuqsonliklar, baqirish, ovoz reaktsiyalari, emish, yutish, va chaynash kabi nutqgacha boʼlgan davr xususiyatlari alohida oʼrin tutadi) katta ahamiyatga ega.



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling