1 bosqichi asosiy vazifasi tovushlarni nutqga qo‘yish hisoblanadi. Tovushlarni nutqga qo‘yish individual mashg‘ulotlarda olib boriladi.
Tovushlarni nutqga qo‘yish taqlid, mexanik va tushuntirish usullaridan foydalaniladi.
Tovushlar tahlili ustida ishlashda odiydan murakkabga prinsipidan foydalaniladi. Yaьni avval talaffuz uchun oson, oddiy so‘zlardan foydalaniladi. Tovush tahlili ustida ishlashda har bir bolaga individual yondoshiladi.
II bosqichi olib boriladigan individual mashg‘ulotlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
tovushlar pastanovkasi ustidagi ishni davom ettirish;
nutqga quyidagi tovushlarni avtomotizasiyasi ustida ishlash;
eshitish diqqatini rivojlantirish;
tovush tahlili ustida ishlash;
ma’lum tovushni so‘zdagi o‘rnini aniqlash(so‘z boshida, o‘rtasida va oxirida);
tovushlarni so‘zdagi ketma-ketligi va sonini aniqlash;
so‘z boyligi, nutqning leksiko-grammatik tomonini rivojlantirish.
Fonematik idrokni rivojlantirish korreksion-logopedik ishning eng asosiy yo‘nalishidir. Shu ish tovushlar tahlili ustidagi ish bilan o‘zaro bog‘liqlik xolda olib boriladi.
Bu jarayonida quyidagi ishlarni olib borish ko‘zda tutiladi:
nutqdan tashqari ya’ni nutqsiz tovushlarni bilish va ajratish;
bir qator tovushlar ichidan ma’lum tovushni ajratish;
ma’lum tovushni bo‘g‘inlar ichidan ajratish;
ma’lum berilgan tovushga so‘z o‘ylab topish;
bir tovush bilan farq qiladigan bo‘g‘inlar tizimini qaytarish(bir-biridan uzoq va bir-biriga yaqin tovushlar asosida);
ma’lum tovushga rasm tanlash;
jarangli va jarangsiz tovushlarni ajratish(s-z, sh-j...).
III bosqichi olib boriladigan individual mashg‘ulotlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat;
nutqdagi barcha tovushlarni mustaxkamlash;
tovush tahlili ustida olib borilayotgan ishlarni mustaxkamlash;
nutqning leksiko-grammatik tomonlarini takomillashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |