Dizartriya tashxisiga EGA bolalarga korreksion yordam berish texnologiyalari
Nutq buzilishining yuzaga keltiruvchi sabablari, belgilari
Download 0.83 Mb.
|
дизартрия
- Bu sahifa navigatsiya:
- Organik sabablar
- Funksional buzilishlar
- Ijtimoiy-psixologik sabablar
- Ekologik sabablar
Nutq buzilishining yuzaga keltiruvchi sabablari, belgilari
Bolalarda nutq buzilishini yuzaga keltiruvchi sabablarga tashqi (ekzogen) va ichki (endogen) omillar, shuningdek, atrof-muhitning tashqi sharoitlari kiradi. Nutqiy nuqsonning turli sabablarini ko‘rib chiqishda evolyusion-dinamik yondoshuvga asoslaniladi. Bu yondoshuv nuqsonning yuzaga kelish jarayonini tahlil qilish, nuksonli rivojlanishning umumiy qonuniyatlarini va har bir yosh davrida nutqning rivojlanish qonuniyatlari, bosqichlari va xususiyatlarini hisobga olishni ko‘zda tutadi. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga asoslanib, nutq nuqsonlarining quyidagi sabablarini keltiramiz. 1. Organik sabablarga. Bunday sabablarga homiladorlik (postnatal), tug‘ruq (natal) va tug‘ruqdan keyingi ilk yosh (prenatal) davrlarda bosh miyaning rivojlanmaganligi yoki shikastlanishi, shuningdek periferik nutq organlarining organik buzilishlari kiradi. Nutq buzilishlarining organik sabablari ularning yuzaga kelish o‘rniga ko‘ra yana ikki turga bo‘linadi: markaziy (bosh miyaning nutq markazlari) va periferik (artikulyatsion, ovoz va nafas organlari) buzilishlar. Markaziy xarakterdagi organik nutq buzilishlariga alaliya, afaziya, dizartriya nutq kamchiliklari kirsa, periferik xarakterdagi organik nutq buzilishlariga rinolaliya, prognatiya, progeniya kiradi. Organik sabablarning kelib chiqishiga er-xotinning qarindosh bo‘lishi, ota-onaning rivojlanishidagi orqada qolishlari yoki surunkali kasalliklari, onaning surunkali og‘ir anamnezi (irsiy kasalliklar, homiladorlik paytidagi toksikozlar, abortlar, onaning ginekologik yoki infeksion kasalliklari, virusli va endokrin kasalliklar, jaroxatlar, onanining rezus-faktorga mos kelmasligi) misol bo‘la oladi. Tug‘ruq paytidagi asfiksiyalar, homilaga yetkaziladigan jarohatlar, tug‘ruq davrining cho‘zilib ketishi, tug‘ruq vaqtining tez kechishi, sun’iy tug‘ruqlar natal davrdagi sabablar qatoriga kiradi. Tug‘ruqdan keyingi ilk yosh (prenatal) davrda bolalarda kechadigan somatik kasalliklar, bakterial-virusli infeksiyalar natijasida orttirilgan kasalliklar, bola rivojlanishining birinchi yilidagi bosh miya kasalliklari (meningit, ensefalit) ham nutq buzilishlariga olib kelishi mumkin. 2. Funksional buzilishlar sabablarini M.E.Xvatsev markaziy nerv sistemaining qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari nisbatlarining buzilishi haqidagi I.P.Pavlov ta’limoti bilan izohladi. Funksional nutq buzilishlarini bola organizmiga salbiy ta’sir etuvchi quyidagi omillar ham keltirib chiqarishi mumkin: bachadon ichidagi patologiya yoki homilaning chala tug‘ilishi bilan bog‘liq umumiy jismoniy zaiflik va psixik sustlik, ichki organlarning kasalliklari, raxit, modda almashinuvining buzilishi. Ular nutq organlarining organik o‘zgarishiga emas, balki ularning faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Funksional xarakterdagi nutq buzilishlariga dislaliya, disfoniya, duduqlanish kabi nutq nuqsonlari kiradi. 3. Ijtimoiy-psixologik sabablar deganda bola o‘sib unayotgan va rivojlanayotgan muhitning, uni o‘rab turgan yaqin kishilarning xatti-harakatlari bilan bog‘liq ta’sirlar kiradi. Bunda avvalam bor oiladagi nutqiy muhitning ahamiyati katta. Uning yetishmasligi (ota-onaning bolaga e’tiborsizligi, kar bo‘lishi, intellektual saviyaning pastligi, ota yoki onaning ichkilikbozlik, nashavandlikka berilganligi va h.k.) nutq shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy sabablardan biri bo‘lishi mumkin. Bunda oilada bolaning go‘daklik davri va ilk yoshida ijobiy hissiy muloqotning yetishmasligini ham nutq rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan sabab sifatida ko‘rsatib o‘tish lozim. Shu bilan birga hali nerv sistemai mustahkamlanmagan, ona tilining fonetik va leksik-grammatik jihatlarini yaxshi o‘zlashtirib olmagan bolaga boshqa tillarning o‘rgatilishi (ikki, uch tillilik) ham uning nutqida turli kamchiliklarni keltirib chiqaradi. Nutq kamchiliklarini keltirib chiqaradigan ijtimoiy-psixologik sabablarga tibbiy, tashxisning o‘z vaqtida qo‘yilmasligi va korreksion yordamning o‘z vaqtida berilmasligi ham kiradi. 4. Ekologik sabablar: ichki va tashqi radiatsiya; ishlab chiqarish va avtotransportdan chiqqan zararli gazlar; qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan pestitsidlar; harbiy poligonning zararli ta’sirlari; oziq-ovqat va suv ta’minotining sifatsizligi va h.k. Nutq kamchiliklarini va ularning sabablarini barvaqt aniqlash, nutq kamchiliklariga ega bolalarni maxsus ta’limga erta jalb etish, ularni har tomonlama rivojlantirish va sog‘lomlashtirish, insonparvarlik, fidoyilik ruhida tarbiyalash, o‘qitish, kasbga yo‘naltirish, ijtimoiy hayotga moslashtirish amaliy logopediyaning bosh vazifalaridir. Nutqiy aloqa til orqali amalga oshiriladi. Ona-tili fonetik, leksik va grammatik vositalar sistemasidan iborat. Gapiruvchi o‘z fikrini bayon etish uchun zarur bo‘lgan so‘zlarni tanlaydi, ularni til grammatikasi qoidalariga asoslanib bog‘laydi va nutq a’zolari artikulyatsiyasi orqali talaffuz etadi. Bola o‘z rivojlanishida ona tilining og‘zaki shaklini oilada, atrofidagilardan taqlid asosida o‘rganadi. 6-7 yoshga kelib, bola ona tilining murakkab sistemaini o‘zlashtirgan bo‘lishi lozim. Bolaning maktabga tayyor ekanini belgilovchi standart me’yori bo‘yicha u ona tilining hamma tovushlarini to‘g‘ri talaffuz etishi, nutq tovushlari va so‘zlar o‘rtasidagi farqlarni anglashi, so‘zlarni grammatik jihatdan to‘g‘ri o‘zlashtirgan bo‘lishi, jumlalarni va gaplarni to‘g‘ri tuza olishi, qisqa ertak va hikoyalarni mustaqil qayta hikoya qilaolishi, she’rlarni yoddan bilishi lozim. Maktab ta’limida esa bola ona tilini ilmiy jihatdan o‘rgana boshlaydi va savodini chiqaradi. Nutq faoliyatining ayrim tomonlarini rivojlantirishga qo‘yiladigan talablarni aniqlash maqsadida qo‘yidagi maxsus ishlar amalga oshiriladi: - talaffuz va fonematik idrokni shakllantirish; - atrof-muhit bilan tanishtirish va nutq o‘stirish. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling