Laboratoriya mavzu: ionlashuvchi nurlanishlar, radiatsiya
Download 150.11 Kb. Pdf ko'rish
|
5-radiatsiya — копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy qism Radiatsiya (ionlashuvchi)
5-LABORATORIYA MAVZU: IONLASHUVCHI NURLANISHLAR, RADIATSIYA TA’SIRIDAN MUHOFAZALANISHNI O‘RGANISH. 1. Ishning mаqsаdi vа vаzifаlаri. Tаlаbаlаrni ishlаb chiqаrish binolаridаgi ionlashuvchi nurlanishlar, radiatsiya va elektromagnit maydonlari ta’siridan muhofazalanishni o‘rganish ularni normаlаsh, tеkshirilаdigаn shаroit bilаn tаnishtirish, o‘lchаshni o‘rgаnish, ish joyidаgi nurlanishdan himoya jamoaviy himoya vositalari GOST 12.4.120-83 bilan belgilanadi “Ionlashuvchi nurlanishdan jamoaviy muhofaza vositalari” bilan himoyalanish 2.Vаzifа 1. 2000 yil 31 avgustda “Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida” qonun bilan tanishish. 2. Qo‘llаnmаgа аsosаn nurlanish pаrаmеtrlаrini аniqlаydigаn dozimetrlаrni o‘rgаnish. 3. Nurlanish dozalarini o‘rganish. 4. GOST 12.4.120-83 bilan belgilanadi “Ionlashuvchi nurlanishdan jamoaviy muhofaza vositalari” bilan tanishish va o`rganish 5. Hisobot tayyorlash. Nazariy qism Radiatsiya (ionlashuvchi) — ionlashtiruvchi nurlanish - u yoki bu darajada tirik organizmlarga yutiluvchi уа ularda keskin o‘zgarishlar рауdo qiluvchi elektromagnit (rentgen nurlar, gamma nurlar) hamda molekular (alfa-zarracha, betta-zarracha, proton уа neytron oqimlari) radiatsiya. Tabiiy dozadan yuqori bo‘lgan ionlantiruvchi nurlar tirik organizmlar uchun xavflidir. 2000 yil 31 avgustda “Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida” qonun qabul qilingan. Qonunning asosiy maqsadi radiatsiyaviy xavfsizlikni, fuqarolar hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkini, shuningdek, atrof-muhitni ionlashtiruvchi nurlanish zarari ta’siridan muhofaza qilish ta’minlash bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Mazkur qonunga 2011 yil O‘zbekiston Respublikasi oliy majlisi tomonidan o‘zgartirishlar kiritilgan. Radiatsion xavfsizlik prinsiplarining huquqiy asoslari bo‘lib 2000 yil 1 yanvardan kuchga kiritilgan sanitar-epidemiologik me’yorlar (SP 2.6.1.758-99) kategoriyaidagi hujjat “Radiatsion xavfsizlik normalari (RXN-99 (НРБ-нормы радиационной безопасности))” huquqiy asos hisoblanadi. Radiatsion xavfsizlikda “Ruxsat etiladigan miqdor” ko‘rsatkichi asosiy baholovchi hisoblanadi. Uning ma’nosi 50 yil davomida bir tekisda nurlanish olib sog‘ligiga sezilarli ta’sir etmaydigan miqdor tushuniladi. RXN-2006 da nurlanganlarning quyidagi kategoriyalari kiradi: texnogen manbalar bilan ishlovchi xodimlar va shaxsla r (A gruppa) yoki ish sharoiti bo‘yicha uning ta’sirida bo‘ladiganlar (B gruppa); barcha aholi shu jumladan barcha sohasidan qat’y nazar ishlab chiqarishda ishtirok etuvchilar; RXN-2006 da nurlangan shaxslar kategoriyasi uchun chegaraviy doza qiymati berilgan (1-jadval). Bunga tabiy nurlanish, tibbiy nurlantiruvchi asboblardan nurlanish dozasi kirmagan. Bular uchun maxsus chegaralovlar belgilangan. 1-jadval. Download 150.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling