Laboratoriya mavzu: ionlashuvchi nurlanishlar, radiatsiya
Download 150.11 Kb. Pdf ko'rish
|
5-radiatsiya — копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- Integral detektorlar
- Rentgenmetrlar.
- Radiometrlar
Elektromagnit nurlanish - bu elektromagnit manbadan tashqariga qarab
harakatlanadigan energiyani yutuvchi zarralar oqimini tavsiflash uchun ishlatiladigan atama. Ushbu oqimlardagi energiya quvvat jihatidan juda xilma-xil bo‘lishi mumkin va elektromagnit spektr bilan o‘lchanadi. Ushbu turdagi nurlanish manbalari, nurlanish darajasi va ta'sir qilish davomiyligiga qarab, odamlar uchun foydali, zararsiz yoki o‘ta xavfli bo‘lishi mumkin. Nur kasalligi odam tanasiga 1-2 Zv (zivert) qabul qilinganda boshlanadi, buni shifokorlar 1- darajasi deb baholaydi. Bunda doimiy tekshiruvni boshlash lozim. 2-3 Zv nurlanish qabul qilingani 2-daraja nurlanish deyiladi va davolashni talab etadi. Davolash o‘z vaqtida boshlansa o‘lim holatga tushish kamroq bo‘ladi. Davolab bo‘lmaydigan miqdor 6 Zv nurlanishdan boshlanadi, asosan o‘lim bilan yakunlanadi. Integral detektorlar – ular ionlashtiruvchi nurlanishlarnining to‘liq oqimi to‘g‘risida ma’lumot beradi. Dozimetrlar – nurlanishning ekspozitsion va yutilgan dozalarini o‘lchashga mo‘ljallangan yoki talluqli ravshda rentgen va gamma nurlanish doza quvvatini o‘lchashga belgilangan. Ular doza birligi yoki doza quvvatiga graduirovka qilingan bo‘ladi. Rentgenmetrlar. Ular rentgen va gamma – nurlanish dozasini o‘lchashga mo‘ljallangan. O‘lchash oralig‘i rentgenning yuzlardan bir qismidan bir necha yuz rentgengacha (R/s). Unda datchik sifatida ionlashtiruvchi kamera yoki gazrazryad schetchik ishlatiladi. Ularga DP-3B, Kaktus, DP-2 va boshqalar kiradi. Radiometrlar – radioaktivlikni va uning solishtirma miqdorini o‘lchaydi. Asboblar ishlatilish joyiga qarab: -cho‘ntakda olib yuriladigan - shaxsiy dozimetri va radiometrik nazorat uchun mo‘ljallangan. Cho‘ntak dozimetrlari sifatida sanoatda havodagi ekspozitsion dozani o‘lchashga mo‘rjallangan rentgenometr kabi ishlaydigan («Master-1», «Gorizont», «Bela-2», «Sosna» va boshqa) asboblar rusumlari ishlab chiqariladi. Ularni radioaktiv ifloslangan zonalarda gamma-fonni nazorat qilish va seziy-137 bilan kuchli ifloslangan joydan chiqish maqsadida ishlatiladi. Download 150.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling