Artikulatsion apparat mushaklarini bo‘shashtirish bo‘yicha ish ketma - ketligi - mushaklarni umumiy bo`shashtirish;
- bo`yin mushaklarini bo`shashtirish;
- ko`krak mushaklarini bo`shashtirish;
- qo`l mushaklarini bo`shashtirish
yuz mushaklarini bo`shashtirish
Bo`shashtiruvchi (faollashtiruvchi) massajdan so`ng lablarning passiv-faol harakatlari o`rgatiladi
Tilni bo`shashtirish Tilni bo`shashtirish
spastik holatda ko`tarilgan tilni og`iz bo`shlig`ida pastga tushirish uchun bir vaqtning o`zida pastki jag`ning pastga tushishi (og`izni ochish) bilan amalga oshiriladi
avto-trening
Men xotirjamman, butunlay bo`shashdim, tilim og`zimda jimgina yotadi. Pastki jag`imni tushirishim bilan tilimni ham sekin pastga tushiraman
Agar bu usullar etarli bo`lmasa, unda tilning uchiga steril doka yoki steril yengil predmet qo`yish foydali bo`ladi. Rivojlanayotgan taktil sezgi bolaga tilning erkin harakatlariga nimadir xalaqit berayotganini tushunishga yordam beradi, ya`ni spastik holatini his qiladi.
Shundan so`ng, logoped tilga shpatel yoki zond bilan yengil gorizontal bosim o`tkazadi. Keyingi usul - bu tilning yon tomonlarga yengil vibratsion harakatlar bilan ta`sir ko`rsatish. Logoped tilni doka bilan ehtiyotkorlik bilan ushlaydi va ritmik ravishda uni yon tomonlarga siljitadi. Sekin-asta logopedning passiv yordami kamayib boradi va bolaning o`zi bu mashqlarni bajarishga kirishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |