Dizel yoqilgilarining ish xususiyatlari va ulardan qishloq xo‘jaligi texnikalarida foydalanish


Tez yurar dizellar uchun yonilg‘ilar rusumlari, navlari va xossalari


Download 43.13 Kb.
bet4/4
Sana27.10.2023
Hajmi43.13 Kb.
#1726593
1   2   3   4
Bog'liq
dizel

4. Tez yurar dizellar uchun yonilg‘ilar rusumlari, navlari va xossalari

Avtotraktor dizel yonilg‘ilari beshta navda ishlab chiqariladi: yozgi, qishki, shimoliy, arktik va maxsus. Agar yonilg‘i kam oltingugurtli neftdan olingan bo‘lsa, ikki xarf bilan markalanadi., masalan, DL (YOD) -yozgi dizel yonilg‘isi. Bu yonilg‘ida oltingugurt miqdori 0,2 foizdan oshmaydi. Agar yonilg‘i oltingugurtli neftdan olinsa, bir xarf va rakamlar bilan markalanadi; masalan, L( YO )-0,2-40. Bu yonilg‘ining ikki kichik guruxi chiqariladi: birinchisi tarkibida 0,2 foizgacha, ikkinchisida 0,21... 0,5 foizgacha oltingugurt bo‘ladi.


Dizel yonilg‘isi rusumi (marka)sidagi xarflar: YO-yozgi, K-kishki, KSH-qishki shimoliy, A-arktika sharoitlarida ishlatiladigan yonilg‘idir.
Odatda, yonilg‘i rusumida xarflardan tashqari rakamlar ham bo‘ladi, u foizda o‘lchanadigan oltingugurt miqdori (0,2 yoki 0,5)dir. Bundan tashqari, yozgi yonilg‘ida o‘t olish xarorati (40), qishki yonilg‘ida qotish xarorati (-35 yoki-45)lari ham ko‘rsatib qo‘yiladi. Masalan;
DYO-0,2-40, DYO-0,5-40, K-0,2-35, YO-0,5-45 va xk.

Ayrim davlatlarda ishlab chiqariladigan dizel yonilg‘ilarining xossalari


2-jadval

Kursatkichlar nomi

Buyuk Britaniya

AQSH


A1

A2

1-D

2-D

Tashqi, kurinishi

och rangda va tiniq

och rangda va tiniq

och rangda va tiniq

och rangda va
tiniq

Fraksiya tarkibi, gradus S kaynashning boshlanishi

187,8

181,1

165,6-198,9

171,1-204,4

10 foiz bug‘lanish xarorati

210,0

222,2

18708-221,1

204,4-237,8

50 foiz bug‘lanish xarorati

272,2

267,2

210,0-248,9

243,3-282,2

90 foiz bug‘lanish xarorati

357,2

357,2

237,8-271,1

287,8-321,1

Kaynashning oxiridagi xarorati

364,4

367,2

260-293,3

304,4-348,9

15,6 gradus S xaroratdagi zichligi, kg/l

0,838

0,865

0,806-0,826

0,840-0,860

Oltingugurt mikdori, foiz

Ko‘pi bilan 0,5

Ko‘pi bilan 1,0

0,05-0,20

0,2-0,5

CHaqnash xarorati, gradus S

Kamida 54

Kamida 54

Kamida 49

Kamida 54

37,8 gradus S dagi qovushoqligi, mm2/s

1,6-6,0

1,6-6,0

1,6-6,0

2,0-3,2

Setan soni

Kamida 50

Kamida 45

48-54

42-50

MDX davlatlarida qullanilib kelinayotgan dizel yonilg‘ilarining xossalari 3-jadvalda keltirilgan.


Dizel yonilg‘ilarining asosiy xossalari


3-jadval

Ko‘rsatkichlar nomi

YOzgi

Qishqi

Arktika

Setan soni (kamida)

45

45

45

Fraksiya tarkibi, xarorati (ko‘pi bilan), gradus C
yonilg‘ining 50foiz qaynab bug‘lanishi
yonilg‘ining 90foiz qaynab bug‘lanishi
20 gradus C xaroratdagi kinematik qovushoqligi, mm2/s

280
360

3,0-6,0


280
340

1,8-5,0


255
330

1,5-4,0


Xiralashish xarorati (ko‘pi bilan), gradus C
past iqlim zonasi uchun
sovuq iqlim zonasi uchun

-5
-

-25
-35

-
-

Qotish xarorati (kupi bilan), gradus C
past iqlim zonasi uchun
sovuq iqlim zonasi uchun

-10
-



-35
-45



-
-55



Chaqnash (o‘t olish) xarorati (kamida) gradus C

40


35


30


Oltingugurt miqdori (ko‘pi bilan),%
I turdagi yonilg‘i uchun
II turdagi yonilg‘i uchun

0,2
0,5



0,2
0,5



0,2
0,4



Xaqiqiy smolalar miqdori (ko‘pi bilan), mg/100 sm3

40


30


30


Kislotaligi ,mg KON/100g (ko‘pi bilan)

5

5

5

Yod soni, g/100 g yonilg‘ida (ko‘pi bilan)

6

6

6

Kul, foiz (ko‘pi bilan)

0,01

0,01

0,01

Filtrlanish koeffitsienti, (ko‘pi bilan)

3


3


3


Mexanik aralashmalari miqdori

yuk

yuk

yuk

Suv miqdori

yuk

yuk

yuk

20 gradus S xaroratdagi zichligi

860

840

830

Suvda eriydigan kislota va ishqorlar

yuk

Yuk

yuk

Mis plastinkada sinash

chidaydi

chidaydi

chidaydi



5.Dizel yonilg‘ilarini tashishda, saqlashda sifatini buzilmasligi
va isrof qilmaslik

Dizel yonilg‘ilari avtomobil benzinlariga nisbatan fraksion tarkibi og‘irroq va kam bug‘lanuvchan bo‘lishiga qaramasdan saqlash va tashish jarayonlarida bug‘lanishi va oksidlanishi mumkin, natijada og‘ir fraksiyalar miqdori oshadi. Bu xol yonilg‘ini to‘la yonmasligiga va demak, isrofgarchilikka olib keladi.


YOnilg‘i uzoq muddat saqlanganda uning tarkibi o‘zgara boradi. Bunda mexanik aralashmalar (chang va zanglash maxsulotlari), oksidlanish maxsulotlari, suv miqdori oshadi. YOnilg‘i tashiladigan va saqlanadigan rezervuarlar toza xolatda bo‘lishi va unga xar xil yonilg‘i, moylar quyilmasligi lozim. Aks xolda, qoldiq moy yoki yonilg‘ilar bilan dizel yonilg‘isi aralashib, o‘z xususiyatlarini o‘zgartiradi.
YOzgi va qishki yonilg‘ilar o‘z mavsumida ishlatilish shart. Agar, qishki yonilg‘i yozda saqlansa, tashilsa yoki qo‘llanilsa, uning isrofgarchiligi oshadi, chunki qishki yonilg‘ilarni engil fraksiyalari nisbatan ko‘p. Ishlatilganda esa yonilg‘i sarflari nisbatan ko‘p. Xuddi shunday yozgi yonilg‘ini kishda ishlatilsa u yaxshi to‘zimaydi, chala yonadi va yonilg‘i sarfi oshadi.
YOnilg‘i rezeruvarlarini er sharoitida saqlash maqsadga muvofik xisoblanadi, bunda yuqorida aytilgan aralashmalarni tushish extimoli bir necha marta kamayadi. Rezervuarlarni esa yonilg‘i bug‘larini ushlab qoladigan qurilmalar bilan jixozlash yonilg‘i sarfini bir muncha kamaytiradi. Eng asosiysi, yonilg‘i ruxsat etilgan mexanizatsiyalashgan yonilg‘i qo‘yish moslamalari bilan qo‘yilish lozim, agar chelaklaklarda yonilg‘i quyilsa, uning isrofgarchiligi ortib ketadi va chang, suv aralashib qolish extimoli ortadi.
Nazorat uchun savollar:



  1. Dizellarda aralashma xosil bo‘lish jarayonini qanday o‘tishi xaqida tushuntirib bering.

  2. Dizel yonish kamerasida yonilg‘i-xavo aralashmasining yonishi qanday kechadi. YOnish davrlarini aytib bering.

  3. Dizel yonilg‘ilariga bo‘lgan ishlatish talablarini aytib bering.

  4. Dizel yonilg‘ilarining o‘z-o‘zidan alangalanish xususiyatini tushuntirib bering.

  5. Setan soni deb nimaga aytiladi va u qanday aniqlanadi?

  6. YOnilg‘i fizik-kimyoviy xususiyatlari aralashma xosil bo‘lish jarayoniga qanday ta’sir qiladi?

  7. Aralashma sifatiga yonilg‘idan boshqa omillarning ta’sirini qanday bo‘lishini tushuntirib bering.

  8. Xozirda ishlab chiqarilayotgan dizel yonilg‘ilarining rusumlari haqida ma’lumot bering.

  9. Xorijda ishlab chiqarilayotgan dizel yonilg‘ilarining o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?

Download 43.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling