Djurabayeva Z. A. Ona tili


- bob. GRAFIKA VA   ORFOGRAFIYA


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/214
Sana05.01.2022
Hajmi1.49 Mb.
#225945
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   214
Bog'liq
66onatilipdf

4- bob. GRAFIKA VA   ORFOGRAFIYA 
 
20-§. ONA TILI GRAFIKASI (YOZUV TIZIMI). TOVUSH VA HARF. 
ALIFBO 
 
Reja: 
1. Alifbo haqida ma’lumot. 
2. O‘zbek yozuvi tarixi. 
3.  Lotin  yozuviga  asoslangan  o‘zbek  alifbosiga  o‘tishning  sabablari  va 
ahamiyati.  
 
Tayanch  iboralar:    grafemologiya,  grafika,  grafema,    punktema,  harf,  
alifbo,  chiziq  (defis),      xatboshi  (abzats),  ishora,  oromiy  yozuvi,  sug‘d  yozuvi, 
xorazm yozuvi, avesto yozuvi,   kushon yozuvi, o‘rxun-enasoy yozuvi, arab yozuvi,   
kirill yozuvi, lotin yozuvi.  
 
Topshiriq.  Amir  Temur  o‘gitlarini  o‘qing,  tovushlarning  aytilishi  va 
yozilishiga e’tibor bering. 
 
Bir  kunlik  adolat  –  yuz  kunlik  toat-ibodatdan  afzal.  Kechira  olishlik  – 
mardlik,  kechira  bilmaslik  nomardlik  sanaladi.  Yaxshi  odam  yurt  tuzar,  yomon 
odam yurt buzar.    
 


Tilshunoslikning  yozuv  haqidagi  ma’lumotlarni  o‘rgatuvchi  bo‘limiga 
grafemologiya deyiladi. Grafika so‘zi yunoncha graphike so‘zidan olingan bo‘lib, 
chizuv, yozma degan ma’nolarni bildiradi. 
Quyidagilar grafika belgilari sanaladi: 
– grafemalar – harflar majmui; 
–  punktemalar – tinish belgilari majmui; 
–  so‘zlar oralig‘i – nol belgi; 
–  urg‘u belgisi; 
–  chiziqcha – defis; 
–  xatboshi – abzats; 
–  raqamlar, paragraf, protsent belgilari; 
–  transkripsion belgilar; 
 – qo‘shuv, oluv kabi maxsus belgilar: 
Grafikaning asosiy (markaziy) va yordamchi (qo‘shimcha) belgilarini farqlash 
lozim. Harflar va ishoralar grafikaning asosiy belgilari sanaladi. 
Tilda har bir tovush uchun shartli belgi olinadi. Mana shu shartli belgiga harf 
deb ataladi. 
Harflarning  qat’iy  tartibdagi  joylashuviga  alifbo  deyiladi.  Yozuvda  nutqni 
to‘liqroq  ifodalash  uchun  tinish  belgilaridan  ham  unumli  foydalaniladi.  O‘zbek 
tilida 10 ta tinish belgisi mavjud: nuqta, vergul undosh belgisi, so‘roq belgisi, ikki 
nuqta, nuqtali vergul, ko‘p nuqta, tire, qavs, qo‘shtirnoq. 
Kirill yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida  33 ta harf, ikkita belgi bor. 
Lotin  yozuviga  asoslangan  o‘zbek  alifbosida  esa  26  ta    harf  va  3  ta  harflar 
qo‘shimchasi (sh, ch, ng) mavjud. 
Hozirgi  o‘zbek  alifavitining  eng  muhim  xususiyatlari  sifatida  quyidagilarni 
ko‘rsatish mumkin. 
Unda aksariyat harflar bir tovushni ifodalash uchun ishlatiladi: v, j, s, t, u, a, o 
kabi. 
Sh, ch, ng harflari bir tovushni ifodalash uchun xizmat qiladi. 
Yangi  yozuvimizda  ayirish  belgisini  ifodalash uchun  apostrof  (tutuq  belgisi) 
ishlatiladi. 
Masalan:  ma’no, e’tibor, ta’kid kabi 
Lotin yozuviga asoslangan yangi alifbomizdan hozirga qadar grafemalar deb 
yuritilgan  е,  ё,  ю,  я  harflari  chiqarib  tashlangan.  Ularning  o‘rniga  ye,  yo,  ya,  yu 
tarzida  har  ikki  tovushni  ifodalay  oladigan  harfiy  shakllar  olingan.  Shuningdek, 
o‘zbek tili uchun xos bo‘lmagan ц harfi ham yangi yozuvga kiritilmagan. O‘zbek 
tili  uchun  o‘ziga  xos  tovushlar  sanalgan  o‘,  g‘,  h  tovushlari  uchun  qo‘shimcha 
diakritik belgilar yoki maxsus harfiy shakllar olingan. 
Xullas,  grafemologiya  nutq  tovushlarining  yozuv  shakllari  sistemasini 
o‘rgatuvchi til sohasi sanaladi. 
O‘zbek xalqi o‘z yozuviga ega bo‘lgan eng qadimiy xalqlardan biri sanaladi. 
Ma’lumki,  finikiya  yozuvi  dunyodagi  barcha  yozuvlarning  ibtidosi  sanaladi.  U  
dunyodagi  juda  ko‘p  yozuvlar  uchun  asos  vazifasini  o‘taydi.  Shu  yozuv  asosida 
O‘rta Osiyoda yashagan qadimiy ajdodlarimiz tomonidan keng ishlatilgan oromiy 
yozuvi yuzaga kelgan. Undan esa sug‘d va xorazm yozuvlari kelib chiqqan. 
Kushon imperiyasi hududlarida kushon yozuvidan keng foydalanilgan. 


Shuningdek,  zardushtiylarning  muqaddas  kitobi  “Avesto”  bitilgan  avesto 
yozuvi  haqida  ham  ma’lumotlar  bor.  Bu  yozuv  mixxat  yozuvi  sanalib,  “Avesto” 
oyatlari 10000 ho‘kiz terisiga o‘yib yozilgan. 
V-VIII asrlarda O‘rta Osiyo hududida so‘g‘d yozuvini qayta ishlash natijasida 
o‘rxun-enasoy  yozuvlari  yaratildi.  Kul  Tegin,  Bilka  Hoqon,  To‘nyuquq  bahodir 
bitiktoshlari,  “Irq  bitigi”  kabi  700  ga  yaqin  bizgacha  yetib  kelgan  qadimiy 
yodgorliklar aynan mana shu yozuvda yozilgan. 
VII-VIII  asrlarda  O‘rta  Osiyoning  arablar  tamonidan  zabt  etilishi  natijasida 
hayotimizga islom dini  va madaniyati bilan birgalikda arab yozuvi kirib keldi. 
Ota-bobolarimiz  arab  alifbosidagi  28  ta  harf  yoniga  yana  to‘rtta  (p,  j,  ch,  g) 
harflarini  qo‘shib  arab  alifbosi  asosidagi  umumturkiy  yozuvni  yaratganlar. 
Bugunga  kelib  bu  yozuv  eski  o‘zbek  yozuvi  nomi  bilan  shuhrat  topdi.  X-XIII 
asrlarda  shu  yozuvga  o‘xshash  uyg‘ur  yozuvi  ham  ishlatilgan.          Zahiriddin 
Muhammad  Bobur  shu  yozuv  negizida  “Xatti  Boburiy”  alifbosini  yaratib, 
xalifalikdan uning tasdig‘ini olishga harakat qilgan. 
Eski  o‘zbek  yozuvidan  1929-yilgacha  foydalanganmiz.  1929-1940  yillar 
oralig‘ida hayotimizga lotin yozuvi kirib keldi. 
1940-yilning  may  oyidan  e’tiboran  kirill  yozuvi  asosidagi  o‘zbek  yozuvini 
ishlatib kelyapmiz. 
1993-yilning  2-sentabr  kuni  “Lotin  yozuviga  asoslangan  yangi  o‘zbek 
alifbosiga o‘tish to‘g‘risida Qonun” qabul qilindi. Yangi  alifbodan 31 ta harf va 
apostrof (tutuq belgisi) o‘rin olgan. 
1995-yilning  6-7  may  kunlari  “Lotin  yozuviga  asoslangan  yangi  o‘zbek 
alifbosiga  ayrim  o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida  Qonun”  chiqarildi.  Unda 26 ta 
harf  va  3  ta  harflar  qo‘shilmasi  bor.  Shu  yilning  24-avgust  kuni  lotin  yozuviga 
asoslagan imlo qoidalari joriy etildi. Hozirda mazkur yozuvni va unga asoslangan 
imlo qoidalarini takomillashtirish ustida ishlanmoqda.  
 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling