93-mashq. Uyga vazifa. Matnni o‘qing, undagi maslahatga amal qilishga
urinib ko‘ring. Natijasi bo‘yicha o‘rtoqlashing.
Shifokorlarning fikricha, ba’zi tovushlarni talaffuz qilib ham shifo topish
mumkin. Buning uchun o‘pkaga imkon boricha havo to‘ldirilib, nafas chiqarganda,
tovushni uzoq cho‘zishga harakat qilinadi. Mashq 2-4 martagacha takrorlanadi.
Masalan:
A,O – tovushlari imunitetni ko‘taradi;
B – bosh miya faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;
YE – organizmni tozalaydi;
M – asablarni tinchlantirib, kishiga sokinlik bag‘ishlaydi, qon bosimini
pasaytiradi, kayfiyatni ko‘taradi;
PA – yurak faoliyatini kuchaytiradi, miyada qon aylanishini yaxshilaydi;
N – ijod bilan shug‘ullanuvchi insonlarga tavsiya qilinadi;
TE – yurak xastaliklariga chalingan bemorlar uchun foydali;
YU – buyrak, siydik, pufagi xastaliklarida yordam beradi;
YA – insonning o‘ziga ishinchli ortishiga yordam beradi, og‘riqni qoldiradi.
(“Shifo-info” gazetasidan)
Do'stlaringiz bilan baham: |