Djurabayeva Z. A. Ona tili


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/214
Sana05.01.2022
Hajmi1.49 Mb.
#225945
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   214
Bog'liq
66onatilipdf

 
 
 
 


21-§. ONA TILI IMLOSI VA UNING ASOSIY TAMOYIL 
(PRINSIP)LARI 
  
Reja: 
1. O‘zbek orfografiyasi haqida ma’lumot. 
2. Imlo tamoyillari haqida ma’lumot. 
3. Nutq madaniyati va yozma savodxonlik. 
 
Tayanch  iboralar:    imlo,  orfografiya,  imlo  qoidalari,  fonetik  tamoyil, 
morfologik  tamoyil,  tarixiy-an’anaviy  tamoyil,  grafik  tamoyil, etimologik  tamoyil, 
farqlash tamoyili.  
 
Topshiriq. Matnni o‘qing, yozma savodxonlik haqida bahslashing. 
 
Professor o‘zining yangi kotibasiga dedi: 
–Xayolingiz qayerda, axir “falsafa” so‘zini “v” harfi bilan boshlabsiz-ku!?. 
– Kechirasiz, ayb menda emas. Klaviaturada “p” harfi yo‘q ekan... 
 
Dunyodagi har bir tilda to‘g‘ri yozish qonun-qoidalari yaratiladi. Bu qoidalar 
amaldagi  yozuv  tizimi  bilan  chambarchas  bog‘langan  bo‘ladi.  Nutq  madaniyatini 
puxta egallash uchun insonda to‘g‘ri yozish malakasi  shakllangan bo‘lishi lozim. 
To‘g‘ri  yozish  qonun-qoidalarini  o‘rgatadigan  til  bo‘limiga  orfografiya 
deyiladi. Orfografiya so‘zi o‘rnida imlo atamasi ham ishlatiladi. 
Xalqning  savodxonligi,  madaniy  darajasi  u  tomonidan  yozuvning  qay  tarzda 
o‘zlashtirilishiga bog‘liq. 
Kirill  alifbosiga  asoslangan  imlo  qoidalari  “O‘zbek  orfografiyasining  asosiy 
qoidalari” 1956-yilda tasdiqlangan bo‘lib, u 1981-yilda tahrir qilindi.  
1989-yilning  21-oktabr  kuni  o‘zbek  tiliga  Davlat  tili  maqomi  berildi. 
Mustaqillikka  erishganimizdan  keyin  til  siyosati  davlat  siyosati  darajasiga 
ko‘tarildi. O‘tgan yillar davomida   til borasida olib borayotgan siyosatimiz yanada 
mustahkamlandi.  Ijtimoiy  hayotimizda  sodir  bo‘lib  o‘tgan  tub  burilishlar  o‘zbek 
tilida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek yozuvini amaliyotga joriy etish zururiyatini 
keltirib  chiqardi.  1993-yilning  2-sentabr  kuni  “Lotin  yozuviga  asoslangan  yangi 
o‘zbek  alifbosiga  o‘tish  to‘g‘risida”  Qonun  e’lon  qilindi.  1995-yilning  6-7  may 
kunlari esa unga ayrim o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi Qonun kuchga kirdi. Bu 
qonunga  ko‘ra  2005  yilning  1  sentabridan  e’tiboran  yangi  alifboga  to‘liq  o‘tish 
nazarda tutilgan edi. Respublika hukumati shuni hisobga olgan holda 1995-yilning 
24-avgust  kuni  yangi  imlo  qoidalarini  e’lon  qildi.  Yangi    imlo  qoidalarida  ayrim 
unlilar va undoshlar imlosi, bosh harflar imlosi, qo‘shma, juft va qisqartma so‘zlar 
imlosi, qo‘shib yozish, ajratib yozish, chiziqcha bilan yozish, bo‘g‘in ko‘chirishga 
alohida e’tibor berilgan. 
Imlo  qoidalari  ma’lum  bir  tamoyillarga  asoslanadi.  O‘zbek  tilida  quyidagi 
imlo tamoyillariga rioya qilinadi. 
1.  Fonetik  tamoyil.  Bu  tamoyiliga  ko‘ra  so‘zlar  qanday  aytilsa,  shunday 
yoziladi. Masalan: yuragim, bilagim, soqqani, eshikka, bog‘im, ko‘ngli, o‘g‘li kabi. 
2.  Morfologik  tamoyil.  Bu  tamoyilda  so‘zlar  grammatik    qonun-qoidalarga 
mos ravishda yoziladi. Masalan: ishning, ketdi, kelib, xirurgga kabi. 


3. Etimologik yoki grafik tamoyil. Bu tamoyil ba’zan shakliy yozuv deb ham 
yuritiladi. Unga ko‘ra o‘zbek tiliga arab, fors-tojik, rus va boshqa tillardan kirgan 
so‘zlar  o‘sha  tildagi  shakli  bo‘yicha  yoziladi:  makler,  menejer,  injenering, 
voleybol,  kollej,  paynet,  diller,  kompyuter,  tadbirkor,  muomala,  rahmdil,  poytaxt, 
do‘st, balandparvoz kabi. 
4.  Tarixiy-an’anaviy  tamoyil.  Ayrim  so‘z  va  birikmalar  tarixan  qanday 
yozilsa,  o‘shanday  yozishga  majburmiz.  Masalan:  borg‘ali,  man,  kelurmen. 
“Qutadg‘u bilik”, al-Xorazmiy kabi. O‘sha davr ruhini, uslubiy o‘ziga xosliklarni 
ifodalash uchun mazkur yozuv turidan foydalaniladi. 
5.  Differensial  (farqlash)  tamoyili.  Bu  tamoyilga  ko‘ra  so‘zlar  bir-biridan 
farqlanib  turilib  yoziladi.  Masalan,  bolali  –  bolalik,  borlik  –borliq,  yuvindi  – 
yuvundi, urush – urish. Bu farqlashda shakl va ma’no hisobga olinadi. 
 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling