Djurabayeva Z. A. Ona tili
-§. ONA TILI IMLOSINING ASOSIY QOIDALARI. AYRIM
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
66onatilipdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- UNLILAR IMLOSI
22-§. ONA TILI IMLOSINING ASOSIY QOIDALARI. AYRIM
HARFLAR, O‘ZAK-NEGIZ VA QO‘SHIMCHALAR, QO‘SHMA SO‘ZLAR IMLOSI; BO‘G‘IN KO‘CHIRISH, BOSH HARFLARNING YOZILISH QOIDALARI Reja: 1. Ayrim harflar imlosi. 2. Asos va qo‘shimchalar imlosi. 3. Qo‘shib yozish. 4. Chiziqcha bilan yozish. 5. Ajratib yozish. 6. Bosh harflar imlosi. 7. Ko‘chirish qoidalari. Tayanch iboralar: unlilar imlosi, undoshlar imlosi, asos va qo‘shimchalar imlosi, ajratib yozish, qo‘shib yozish, bo‘in ko‘chirish, chiziqcha, defis. Topshiriq. Berilgan matnni ko‘chirib yozing. So‘zlarning yozilishiga diqqat qiling. Mutaxassislarning ma’lumotiga qaraganda, bolalar maktabda o‘qish davomida 750 dan ortiq turli xil grammatik tushuncha va ta’riflarni o‘rganadilar, 6500-7000 atrofidagi topshiriq hamda mashqlarni bajaradilar. Bularning tayanch, poydevor qismi boshlang‘ich sinfda o‘rgatiladi. Bola 1-sinfga qadam qo‘yganda uning so‘z boyligi 3000-7000 atrofida bo‘lsa, 4-sinfni bitirganda bu miqdor 8000 mingdan 15000 tagacha yetishi kuzatilgan. Yozuv xalqlar va millatlar madaniyatini ko‘rsatuvchi eng muhim belgilardan biri sanaladi. Xalq hayotidagi o‘zgarishlarning yozuvda o‘z aksini topib borishi qonuniy holdir. Shunga mos ravishda imlo qoidalari ham takomillashib boradi. Zamon talabi bilan kirill yozuviga asoslangan imlo qoidalari eskirdi va amaliy ehtiyojlarimizga javob bermay qoldi. 80-yillarning boshlaridayoq uni yangilashga harakatlar boshlandi. 1989-yilning 21-oktabr kuni o‘zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi bu jarayonni yanada tezlashtirib yubordi. Musaqillikning qo‘lga kiritilishi esa yangi imlo qoidalarini ishlab chiqish uchun qulay imkoniyatlar yaratdi. Lotin yozuviga asoslangan yangi alifboning joriy etilishi imlo qoidalarini tubdan ko‘rib chiqish ehtiyojini keltirib chiqardi. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1995-yil 24-avgust kuni “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida” gi 339-sonli qarori qabul qilindi. “Imlo qoidalari” 82 banddan iborat bo‘lib, quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi: 1. Harflar imlosi: a) unlilar imlosi (1—7-bandlar); b) undoshlar imlosi (8— 32-bandlar). 2. Asos va qo‘shimchalar imlosi (33—37-bandlar). 3. Qo‘shib yozish (38–50-bandlar). 4. Chiziqcha bilan yozish (51—56-bandlar). 5. Ajratib yozish (57—56-bandlar). 6. Bosh harflar imlosi (66—74-bandlar). 7. Ko‘chirish qoidalari (75—82-bandlar). UNLILAR IMLOSI Yangi imlo qoidalarida unli harflarning yozilishiga keng o‘rin ajratilgan. A a harfi savol, zamon, bahor so‘zlarida o kabi aytilsa ham har vaqt a yoziladi. O o harfi boshqa tillardan kirgan quyidagi so‘zlarda a singari talaffuz etiladi, biroq hamisha o yoziladi: kollej, monitoring, dekoratsiya, omonim, okulist va h.k. Shuningdek, o ba’zan o‘ kabi aytilishi ham mumkin, lekin baribir o yozilaveradi: tonna, noyabr, boks, tort va h.k. I i harfi bilan, bilim, til, tilak, har xil, qism kabi so‘zlarda qisqa aytiladi va i yoziladi, badiiy, ommaviy, Lutfiy singari so‘zlarda i cho‘ziq aytiladi, lekin doimo iy yoziladi. U u harfi yutuq, butun, tovuq, sovuq, sovun kabi so‘zlarda i ga monand talaffuz etilsa-da, qoidaga binoan u yoziladi. O‘ o‘ harfi o‘zbek, o‘lka, o‘simlik kabi so‘zlarda old qator, o‘rta-keng, lablangan unli tovushni ifodalash uchun yoziladi. E e harfi e’lon, ehtirom, fe’l, bermoq, meros, mone, tole, kofe kabi so‘zlarda old qator, o‘rta-keng, lablanmagan unli tovushni ifodalash uchun yoziladi: “e”, “ё”, “ю”, “я” harflari yangi alifboda quyidagicha yoziladi: ye: yetti, yetmish, yetim; yo: yolg‘iz, yomon, yong‘oq; yu: yulduz, yumshoq, yumuq; ya: yakka, yangi, yaroqsiz. Milliard, material, million, radio, ukrain, said, doim, shoir, teatr, okean singari so‘zlar talaffuzida unlilar orasida y undoshi qo‘shib aytilsa-da, yozuvda tushib qoladi. Taassurot, taalluqli, taajjub, matbaa, saodat, maorif, muomala, inshoot kabi so‘zlar o‘rtasidagi unlilar yozuvda saqlanadi. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling