Djurabayeva Z. A. Ona tili
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
66onatilipdf
Tayanch iboralar: nutq, konvergensiya, divergensiya, tovushlar o‘zgarishi,
tovushlar orttirilishi, tovushlar tushushi, pozitsion o‘zgarishlar, kombinator o‘zgarishlar, assimilyatsiya, progressiv assimilyatsiya, regressiv assimilyatsiya, dissimilyatsiya, metateza, prokopa, sinkopa, apakopa, proteza, epenteza, epiteza, gaplologiya, reduksiya, singramonizm, lab garmoniyasi, tanglay garmoniyasi, geminatsiya, umlautlashuv. Topshiriq. Alisher Navoiy qalamiga mansub hikmatli so‘zni yodlang. So‘zlardagi tovush o‘zgarishlarini toping. Har kishikim, birovga qozg‘ay choh, Tushgay ul choh aro o‘zi nigoh. Nutq jarayonida tovushlar bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi. Natijada tovush o‘zgarishlari ro‘y beradi. Bu o‘zgarishlar kombinator va pozitsion o‘zgarishlarga bo‘linadi. Pozitsion o‘zgarishda tovushlar faqat ma’lum bir o‘rinlardagina o‘zgaradi. Masalan: uch so‘zi tarkibidagi ch tovushi usso‘m birikmasida keyingi so‘z taribida kelayotgan s ta’sirida o‘zgaradi; sambolam, besso‘m birikmalarida ham shunday holat kuzatiladi. Yonma-yon tovushlarning bir-biriga ta’siri natijasida ro‘y beradigan o‘zgarishlarga kombinator o‘zgarishlar deyiladi. Kombinator o‘zgarishlardan biri assimilyatsiya hodisasi sanaladi. Yonma-yon tovushlarning bir-biriga ta’siri natijasida sodir bo‘ladigan tovush o‘zgarishlariga assimilyatsiya (lotincha assimlatio – o‘xshashlik degan ma’noni bildiradi) deyiladi. Agar birinchi tovush ikkinchi tovushga ta’sir qilib aynan o‘ziga o‘xshatib olsa, progressiv (ilgarilama) assimilyatsiya hodisasi sodir bo‘ladi. Masalan: ketti, oshshi, akammi kabi. Uning to‘liq (qorri, uyyi, bizzi) va to‘liqsiz (qisman) assimilyatsiya (uydi, bizdi, sizdi) kabi turlari bor. Assimilyatsiyaning to‘liq turlari o‘zbek tilining Toshkent va Namangan shevalarida ko‘p kuzatiladi: toshshi, kitoppi, qorri, ko‘ddi, boddi kabi. Andijon tip shevalarida esa uning to‘liqsiz turi mavjud: toshti, kitopti, qordi singari. Ikkinchi tovush birinchi tovushga ta’sir qilib o‘ziga o‘xshatib olsa regressiv (qaytma) assimilyatsiya sodir bo‘ladi. Masalan: ko‘rdi – ko‘ddi, bordi – boddi, mahkam – makkam, surnay – sunnay, karnay – kannay kabi. O‘xshash bo‘lib qolayotgan tovushlar yonma-yon bo‘lsa, kontakt assimilyatsiya, bir-biridan uzoqroqda bo‘lsa, distant assimilyatsiya hodisalari bo‘ladi. Kontakt-yondosh, distant-masofali deb ham ataladi. H.Ne’matov assimilyatsiyani singish hodisasi deb atagan. Dissimilyatsiya (lotincha dissimilation – o‘xshamaslik so‘zidan olingan) nutqdan bir-biriga o‘xshash bo‘lgan so‘zlarning o‘xshamay qolishidir. Shu bois unga farqlanish ham deydilar. Masalan: kista (kissa), bironta (birorta), zaril (zarur), zaral (zarur) kabi Dissimilyatsiyaga ajraluv ham deyiladi. Turkiy tillarning barchasi, jumladan o‘zbek tili uchun ham singarmonizm hodisasi xarakterli sanaladi. Ayniqsa, tilimizning oldingi bosqichlarida singarmonizm hodisasi juda keng tarqalgan edi. Hozirgi o‘zbek adabiy tili va unga asos bo‘lgan shevalarda singarmonizm hodisasi asta-sekin zaiflashib bormoqda, lekin qipchoq va o‘g‘uz lahjasiga oid shevalarda hali ham singarmonizm mustahkam o‘rin tutadi. Nutqda tovushlarning bir-biriga ohangdoshliligiga singarmonizm hodisasi deyiladi. Unga unlilarning uyg‘unlashuvi ham deyiladi. Singarmonizmga assimilyatsiyaning bir turi sifatida qarash ham mavjud. A.A.Reformatskiy esa unga fundamental struktur hodisa sifatida baho beradi. I.A.Boduyen de Kurtene singarmonizmni so‘z bo‘g‘inlarini bog‘lovchi sementga o‘xshatadi. Singarmonizmning ikki turi mavjud: 1. Tanglay garmoniyasi yoki lingvial garmoniya. Bu qonuniyatga ko‘ra so‘z boshida til oldi unlisi kelsa, so‘z o‘rtasi va oxirida ham shunday unlilar keladi. Masalan: aylandi, kishi, bilim kabi. Birinchi bo‘g‘inda til orqa unlisi kelsa, qolganlari ham shunga moslashadi: barg‘an, ata, tulku. Ayniqsa, keyingi ko‘rinish qipchoq lahjasiga kiruvchi shevalarimizda kuchli: barip, jarip, jardam kabi. Ayrim olimlarning fikricha, singarmonizm hodisasi morfologiyaga ham ta’sir qiladi. O‘zakka qo‘shilgan qo‘shimchalar singarmonizm qonuniyatlariga bo‘yinsunadi. Masalan: turup, akamiz, tursun kabi Singarmonizmning ikkinchi turi lab garmoniyasi yoki labial garmoniyadir. Lab garmoniyasida unlilar lablanish nuqtai nazaridan bir-biriga moslashadi. O‘zbek tilida 2 ta lab unlisi bor: u va o‘. Lab garmoniyasi qonuniyatlariga ko‘ra birinchi bo‘g‘inda lab unlisi kelsa, keyingi bo‘g‘inlardagi unli ham shunga moslashadi. Masalan: bo‘ru, o‘run, tulku (qipchoq shevalarida). Singarmonizm hodisasi garchi unlilarga taalluqli bo‘lsa ham, uning undosh tovushlarga ham ta’siri bo‘ladi. Tovushlarning kuchsizlanishi, tushib qolishi va orttirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan hodisalar. Yonma-yon kelgan tovushlarning bir-biriga ta’siri natijasida yuzaga keladigan fonetik hodisalar nihoyatda ko‘p kuzatiladi. Akkomadatsiya (moslashish), reduksiya (kuchsizlanish), geminatsiya (qo‘shoqlanish), prokopa, sinkopa, apakopa, eliziya, sinerezis, gaplologiya, proteza, epenteza, epiteza, metateza kabi hodisalar bunga misol bo‘la oladi. Akkomodatsiya qonuniyatlariga unli va undosh tovushlar bir-biriga moslashadi. Old qator unlilariga til oldi undoshlari, orqa qator unlilariga chuqur til orqa undoshalri moslashadi. Masalan: kiyim, ilik, bitik; qiyqim, g‘azab, xunob kabi Qon, tong, tom, non, ming kabi so‘zlarda burun tovushlari ta’sirida unlilar nazalizatsiya qilinadi, ya’ni o‘pkadan chiqayotgan havoning bir qismi burun orqali o‘tadi. Tovush o‘zgarishlarining yangi bir turi ularning jaranglashishi, sirg‘aluvchan va parchalanuvchan bo‘lishi bilan bog‘liq. Reduksiya nutq tovushlarining sifat o‘zgarishi deb baholanadi. Kitob, hisob, obod, savod, dod kabi so‘zlar oxirida kelayotgan undoshlar jarangsizlashadi. Shuningdek, yakka, tikka, tizza, jizza, oppoq kabi so‘zlarda tovushlar geminatsiya hodisasiga uchraydi – ikkilanadi. Buning zid holatiga esa degeminatsiya deyiladi: metall, gramm, taalluqli kabi. Tovushlarning tushishi bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi hodisalar bor. Tovushlar tushib qoladi: a) so‘z boshida: iroq, ag‘ach, im (prokopa). b) so‘z o‘rtasida: blan, brga, trnoq (sinkopa). v) so‘z oxirida: parzan, gazit, xursan (apakopa). Tovushlar orttirinadi: a) so‘z boshida: ustol, o‘raza, istansa (proteza). b) so‘z o‘rtasida: sinif, sabir, qadir (epenteza). v) so‘z oxirida: kioska, tanka, banka (epiteza). H.Ne’matov protezani ilovalanish, epentezani kiritma, epitezani qo‘shish deb nomlaydi. Sinerezis hodisasida yonma-yon kelgan unlilardan biri tushib qoladi va biri cho‘ziq talaffuz qilinadi: maorif (mo:rif), taassurot (ta:surot), zoologiya (zo:logiya) Eliziya – unli bilan tugovchi va unli bilan boshlanuvchi so‘zlar bir-biri bilan qo‘shilganda ulardan biri tushib qoladi: bora oladi – boroladi, kela olmadim – kelolmadim kabi. Gaplologiya – so‘z bo‘g‘inlaridan birining tushib qolishi: Andijon-Anjon, Abdujabbor-Abjabbor singari. Metateza – tovushlarning o‘rin almashishi. Yonma-yon undoshlarning o‘rin almashishi – kontakt metateza: yomg‘ir – yomg‘ir, tuproq – turpaq, aylanmoq – aynalmoq. Bulardan uchinchisi distant metateza sanaladi. Diareza – so‘z oxirida undoshlarning tushib qolishi: go‘sh(t), g‘ish(t), farzan(d) kabi Umuman olganda, tovush o‘zgarishlari og‘zaki nutq uchun xos bo‘lib, u xalq shevalarida keng iste’molda bo‘ladi va jonli tilning doimiy hamrohi sanaladi. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling